21. Tomat bronzalashishi virusi.
Bu viruslar tripslar yordamida bu viruslar tarqaladi. Kasal o`simlikda
mozaika va nikrpoz hosil qiladi. Mexanik usulda boshqa o`simlikka oson o`tadi,
o`simlik shirasida beqaror zarrachalarning diametri 80 nm, lipidlar tutadi. Bu
viruslar hayvon viruslariga o`xshab ketadi.
Zarrachalari batsillasimon yoki o`qsimon shaklli viruslar
22. Beda mozaikasi virusi.
Bu viruslar batsillasimon shaklga ega bo`lib, to`rt xil uzunlikka ega. Eng
kattasining uzunligi 58 nm. Zarrachalarida RNK ning uch xil fragmenti mavjud.
Ularning yig`indisi virus genomini tashkil etadi. Virus mexanik usulda o`tadi.
Nopersistent usulda shiralar yordamida ham tarqaladi. Kasal o`simlikda mozaika
yoki xalqali dog`lar qiladi. Bu virus guruhi kukumoviruslar guruhiga yaqin.
Do'stlaringiz bilan baham: |