24. Rabdoviruslar guruhi.
Batsillasimon zarralarga ega bo`lib, murakkab tuzilishga ega: ularning eni
50-100 nm, uzunligi 200-300 nm. Zarrachalar tashqi tomondan oqsil-lipid
membranaga ega: nukleokapsidi spralsimon shaklli bo`lib, u oqsil va RNK dan
tuzilgan. Bu guruhga baliq (forel), hashoratlar (drozofil), hayvon (qutirish)
kasalliklari viruslari kiradi.
Virioidlar
O`simliklarda virusga o`xshash kasalliklar yuzaga keltiradi. Xarakterli
xususiyatlaridan biri, ular nukleokapsidi hosil qilmaydi. Bir o`simlikdan
ikkinchisiga mexanik usulda oson o`tadi. RNK molekulyar massasi 50*103 dan
125*103 gacha. Eng yaxshi o`rganilgan virioid bu kartoshkaning duksimonlashishi
viroididir. Virioidlari, birinchi marta Diner tomonidan (1972) aniqlangan.
Xrizantema o`simligining pakanalashishi kasalliligiga uning viroidi
sababchi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |