Gormon retseptor kompleks
– gormon va oqsil retseptorining birikishi,
gormon ta’siri amalga oshishining birinchi bosqichi.
Gormon statusi
– ontogenezda о‘simlik va hayvon gormon tizimining
umumiy holati, endogen va ekzogen ta’sirlarga nisbatan hosil bо‘lish jarayonlarida
gormonlar miqdori va ular orasidagi nisbati, harakati, foydalanilish va
inaktivatsiyasi.
Destruksiya
– moddalarning parchalanish orqali fiziologik faolligini
yо‘qotishi.
Didifferensiya
-
ixtisoslashgan,
bо‘linmaydigan
hujayralarning
differensiyalanmasdan bо‘linayotgan kallus hujayralariga aylanish.
Diploid
– mazkur turga xos sonlarni kо‘rsatuvchi gomologik
xromosomalarning ikkita tо‘plami bilan xarakterlanuvchi yadro, hujayra va
organizm.
Diploidlash
– xromosoma tо‘plamini ikki marta kо‘paytiruvchi model.
Xromosomalarning diploid tо‘plami (avtodigaploid) ota yoki ona xromosomalarini
tutuvchi ikkita gaploid xromosomalar tо‘plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |