Yopishqoq uchlar -komplementlar holdagi DNK molekulasining bitta ipli
uchi bо‘lib, endonukleazalar yordamida kesib olinadi.
Jinsiy jarayon – erkak (spermiya) va urg‘ochi (tuxum hujayra) jinsiy
hujayralarining qо‘shilish, natijada diploid hujayra (zigota) hosil bо‘ladi va
asosning jinsi belgilanadi.
Jinsiy xromosomalar – asosning jinsini belgilovchi xromosomalar (X, Y,
W, Z va boshqa harflar bilan belgilanadi).
Zatravka – DNKning bitta zanjiri bilan komplementar hamkorlik qiluvchi
qisqa izchillik (kо‘pincha RNK); erkin 3 – ON – uch hosil qilib, u asosida DNK-
polimeraza dezoksiribonukleotid zanjir sintez qila boshlaydi.
Identifikatsiya -aynan
о‘xshatish,
tenglashtirish-moddayoki
mikroorganizmlar turi va xillarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar turi.
168
Immobilizatsiya (tо‘plash) – membranalarda hujayra, fermentlarni
tо‘plashda foydalaniladigan fizik va kimyoviy jarayon.