146
Brokkoli – karamdoshlar
oilasiga mansub, bir yillik о‘simlik, gulkaramning
о‘zgargan turi hisoblanadi. Janubiy Italiya brokkolini vatani bо‘lib, qadimgi Rimda
uni 2 ming yil oldin ham yetishtirilgan. Bu ekin Italiyadan Vizantiyaga,
keyinchalik esa boshqa Yevropa davlatlariga keng tarqalgan. AQShda karamning
bu turi 1925 yildan beri ekib kelinadi va bugungi kunda maydoni gulkaramnikidan
ham kо‘payib ketgan. Hozirgi vaqtda brokkoli yetishtirish Yaponiya, Italiya,
Germaniya, Angliya, Fransiya, Kanada, Shvetsiya, Polsha, Rossiya, Ukraina va
boshqa mamlakatlarda sezilarli darajada kо‘paygan. Mamlakatimizda brokkoli
noan’anaviy, kam tarqalgan sabzavot ekinlariga kiradi. Uni ayrim havaskor
sabzavotkorlar cheklangan miqdorda yetishtirib supermarket hamda bozorlarda
sotmoqdalar.
Brokkolli gulkaram kabi gul tо‘plamlari oziq-ovqatga ishlatiladi. Uning gul
tо‘plamlari gulkaramnikiga о‘xshash, lekin rangi tо‘q yashil siyohrang, kо‘k va
ayrim navlari oq tusli bо‘lishi mumkin.
Gulkaram boshchasi qisqa va kо‘p karra shoxlangan qisqa gul poyalar
tо‘plamidan iborat bо‘lib, ayrim karam boshchalarida 2 mingga yaqin qisqa
poyalar bо‘ladi.
Brokkoli gulkaramidan poyada kо‘plab yon shoxlar hosil bо‘lishi va ularda
kichik gul tо‘plamlari(boshchalar) shakllantirishi bilan ajralib turadi. Bu о‘z
navbatida hosil yetishtirish davri davomiyligini uzaytiradi. Shuningdek, brokkoli
gulkaramidan farqlanib, ertapisharlik, tuproq unumdorligiga
juda ham talabi yuqori
emasligi va sovuqqa chidamliligi, yetishtirish osonligi kabi xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Tarkibida kо‘plab ozuqa moddalari bо‘lishi, alohida о‘ziga xos ta’mi
hamda yuqori biologik faolligi bilan boshqa karamlardan ustundir.
K.A.Shuin va V.D.Muxinning ta’kidlashlaricha, gulkaramni ozuqaviy
quvvati 121 Kdj/100 g bо‘lsa, brokolli karamida uning miqdori 150 Kdj/100 g. ga
yetadi.
Tadqiqotchilar о‘z ma’lumotlarida, brokkoli karami boshchalarida quruq
modda – 12,3, oqsil – 3,3, uglevodlar – 5,5, klechatka – 1 foiz, vitaminlar: S –114,
A – 1,9, V2 – 0,21, RR – 10 mg bо‘lsa, gulkaramda bu moddalar miqdori kamroq,
ya’ni quruq moda – 11,7, oqsil – 2,5, uglevodlar – 2,9, klechatka – 0,9 foiz,
vitaminlar: S – 105, A – 0,02, V2 – 0,1, RR – 0,6 mg. da tо‘planishini
aniqlaganlar. Karamlarning bu turlari bо‘yicha о‘tkazilgan kо‘pgina tadqiqotlarda
ularni tarkibidagi faol moddalar miqdoridagi tafovut bundan ham ortiq bо‘lishini
ma’lum qilganlar.
Brokkoli karamini boshchalari va yosh poyalari yangiligicha va qayta
ishlangan holda ishlatiladi. Ularni yosh shoxchalari qaynatilib, qovurilgan holda
shо‘rvalarga solinganda juda mazali bо‘ladi. Turli taomlarga ishlatishdan oldin
brokollini yо‘g‘on poyalari olib tashlanib, shо‘r suvda qaynatib olinadi. Uning
yosh bargi va о‘zagi turli taomlar tayyorlashda foydalaniladi. Brokkolini yangi,
yosh barglari mazasi ismaloq, bargli karamlar mazasiga tenglashtiriladi.
Brokkolidan kо‘plab taomlar tayyorlash mumkin. Jumladan, brokkoli
solingan qо‘ziqorinli salat, о‘simlik yog‘i solinib tayyorlangan brokkoli salati va
boshqalar. Uning mahsuloti boshqa karamlarga nisbatan tez hazm bо‘lishi bilan
147
ajralib turadi. U yengil о‘zlashtiriladigan oqsilga boy (3,2–4,5%) bо‘lib, miqdoriga
kо‘ra kartoshka, shirin jо‘xori hamda ismaloqdan ustun turadi. Undagi oqsil
tarkibida antiskleritik modda va metionini (4mg/100 g) bо‘lishi organizmda
xolesterinni kо‘payib ketishiga tо‘sqinlik qiladi. Oqsili tarkibidagi noyob
aminokislotalar mol gо‘shtidagi lizin, izoleysindan, triftafon miqdori esa
tuxumdagi oqsil tarkibidan kuchlidir.
Brokkoli karamida kо‘plab uglevodlar bо‘lib, uning poyalari qandga boy.
Jami shakar miqdori 1,5–3,8 foizni tashkil etib, uning umumiy miqdorini 5–10
foizini saxaroza, 0,4–0,5
foizini kraxmal, 0,7–1,2 foizini kletchatka tashkil etadi.
Shuningdek brokkoli karami о‘zida kо‘plab mineral moddalarni mujassam
etadi:
100 g quruq massasida kaliy – 490, kalsiy – 105, fosfor – 82 mg bо‘lishi,
uning minerallarga boyligini kо‘rsatadi. Brokkoli gul tо‘plamlarini tarkibida natriy
tuzlari – 13,1, magniy – 31, yod – 12, temir – 1,3 mg, (100 g) miqdorda bо‘ladi.
Brokkoli gulkaramda uchramaydigan karotin (1,9–4,0 mg/100g) kо‘pdir.
Shuningdek, uning tarkibida kо‘plab turli xildagi vitaminlar: V1 – 0,09; V2 –0,21;
S – 61–160; RR – 1; V6 – 0,25 mg/100g mavjud. Brokkoli gul poyalarida
gulkaramga qaraganda S vitamini 1,5–3, quruq modda 1,3–2,7 flavinoidlar 4,0
martaga kо‘p uchrab, karotin miqdori faqat sabzidan kam.
Gulkaramga qaraganda brokkolida mineral tuzlar deyarli 2 marta kо‘proq
bо‘ladi.
Brokkoli tarkibida vitaminlar, pektin va yumshoq kletchatkani, xolin
hamda metionin moddalarini, shuningdek, mineral tuzlar va boshqa biologik faol
moddalari mutanosibligi turli yoshdagi insonlar uchun juda muhim parxez
mahsulot ekanligidan dalolat beradi. Uning mahsulotidan nurlanish kasalliklarini
davolashda samarali foydalanish mumkin.
Karamning bu turi boshchalari tarkibida yodning biologik shakllari mavjud
bо‘lib, u qalqonsimon bezga bu elementni radioaktiv izotoplarini tushishiga
tо‘sqinlik qiladi. Shakllangan, iste’mol uchun tayyor karam boshchalaridagi
changlar tibbiyotda qimmatli davolash mahsuloti sifatida ishlatiladi.
Brokkoli yosh bolalar, homilador ayollar hamda aterosklerozga moyil
bо‘lgan keksalar uchun juda foydalidir.
Undan sog‘lom soch tolalarini tiklashda, teri va suyak tо‘qimalarini
shakllanishida qо‘llash yaxshi samara beradi.
Oziq-ovqatda brokkolini mustaqil iste’mol qilinishi erta qarish oldini oladi.
Brokkoli karamini kelib chiqishi, morfologik belgilari va tashqi muhit omillariga
bо‘lgan munosabati gulkaramga о‘xshashligi mamlakatimizda uni yetishtirish
istiqbolli ekanligini kо‘rsatadi. Ekinni serhosil, mahalliy iqlim sharoitlariga
moslashgan nav va duragaylarini tanlash va ularni yetishtirish texnologiyasi asosiy
elementlarini ishlab chiqish sabzavot turlarini yanada kо‘paytirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: