О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017


Hozirgi  paytda  О‘zbekistonda  ishlab  chiqarilayotgan  mikrobli



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

Hozirgi  paytda  О‘zbekistonda  ishlab  chiqarilayotgan  mikrobli 
preparatlar. 
Mikrobli  preparatlardan  yaxshi  foyda  olish  uchun,  ularning 


133 
 
xususiyatlarini,  tuproqqa  bо‘ladigan  ta’sirini  va  tuproqni  preparatga  ta’sirini 
hamda  ishlatish  sharoitlarini  bilish  zarur.  Yuqorida  kо‘rsatib  о‘tilgan  preparatlar 
Rossiya,  Yaponiya,  AQSH,  Gollandiya  va  boshqa  mamlakatlarda  ishlab 
chiqarilgan  va  о‘z  mamlakatlarida  yuqori  samara  bilan  ishlatilib  kelinmoqda. 
Ammo,  bu  preparatlarni  tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri  О‘zbekiston  tuprog‘ida  ishlatish 
mumkinmi? Albatta yо‘q! 
Bunga  asosiy  sabab,  mamlakatimizdagi  yuqori  harorat,  tuproqni 
shо‘rlanganligi,  suv  tanqisligi  va  x.k.  Buning  ustiga  har  bir  mikrobli  preparat 
agrotexnikasiga  ega  bо‘lish  kerak.  Shuning  uchun  ham  О‘zbekiston  Fanlar 
Akademiyasi  Mikrobiologiya  institutida  mahalliy  shtammlar  (ular  issiqlikka, 
shо‘rga  chidamli)  asosida  bir  qator  texnologiyalar  yaratildi  va  bu  texnologiyalar 
asosida tayyorlangan preparatlar mamlakatimiz qishloq xо‘jaligida keng qо‘llanilib 
kelinmoqda.  Shulardan  biri  azotobakter  xrokokkum  asosida  tayyorlangan  “Yer 
malxami” preparati. Hozirgi paytda mamlakatimizning 120 dan ortiq xо‘jaliklarda 
katta samara bilan ishlatib kelinmoqda. Bu texnologiya asosida Namangan viloyati 
Tо‘raqо‘rg‘on  tumanida  bioazot  zavodi  qurilib  ishga  tushirilgan  va  faoliyat 
kо‘rsatmoqda.  Mikrobiologiya  institutida  yaratilgan  "mikrobli  о‘g‘it"  tuganak 
bakteriyalar  asosida  tayyorlangan  preparat  bо‘lib,  soya  о‘simligi  uchun  keng 
qо‘llanilib  kelinmoqda.  Bundan  tashqari  fosforli  birikmalarning  eruvchanligini 
oshirib berish xususiyatiga ega bо‘lgan "FB 1" preparati sinovdan о‘tmoqda. 
Ilgari  bakterial  preparatlarni  ta’siri  faqat  bir  tomondan  preparatga  asos 
bо‘lgan  mikroorganizmni  asosiy  faoliyati  bilan  (azot  yutish  qobiliyati)  bilan 
baholanar  edi.  Endilikda  esa  bunday  preparatlarni  mohiyati  uni  asosi  bо‘lgan 
mikroorganizmlarni har tomonlama faoliyati bilan belgilanmoqda. 
Azotobakter  mikroorganizmlar  assotsiatsiyasi  yoki  tuganak  bakteriyalar 
faqatgina  havodagi  azotni  yutibgina  qolmasdan,  о‘zlaridan  о‘simlikni  о‘sishi  va 
rivojlanishi  uchun  zarur  bо‘lgan  bir  qator  FFM  ishlab  chiqaradilar.  Bir  sharoitda 
mikroorganizmning  faoliyati  ikkinchi  darajali  bо‘lsa,  boshqa  sharoitda  asosiy 
bо‘lishi mumkin. 
Bakterial  preparatlar  о‘simliklarni  ba’zi  bir  kasalliklardan  saqlashlari  ham 
kuzatilgan.  L.M.Dorosinskiy  va  A.A.Morgolarni  fikricha,  tuganak  bakteriyalar 
g‘о‘zani  vilt  bilan  kasallanishini  oldini  oladi.  YE.N.Mishustinnnng  yozishicha, 
azotobakterlarni  ba’zi  bir  turlari  fungistatik  xususiyatga  ega  bо‘lgan  moddalar 
sintez qiladi. 
Fosfobakterin kungaboqar va zig‘irni ba’zi bir kasalliklardan saqlaydi. Kо‘p 
yillik  tajribalar  shuni  kо‘rsatadiki,  mikrobli  preparatlar  hosildorlikni  oshirishga 
xizmat qilsalarda, ular na organik va na mineral о‘g‘itlarni о‘rnini tо‘lig‘icha bosa 
olmaydilar. Faqatgina organik, mineral о‘g‘itlar va bakterial preparatlardan tо‘g‘ri 
foydalanilgandagina serhosil va sifatli mahsulot yetishtirish mumkin bо‘ladi. 
Shu  bilan  bir  qatorda,  ba’zi  paytlarda  bakterial  preparatlar  faqat  foyda 
keltirmasdan,  hatto  zarar  ham  keltirishi  mumkin.  Bu  faqatgina  yoki  preparatning 
sifati  buzilganligi  yoki  qо‘llash  usullariga  rioya  qilinmaganligidan  bо‘lishi 
mumkin.  Salbiy  ta’sirlar  bо‘lmasligi  uchun  tayyorlangan  preparatning  sifatiga 
e’tibor berish, zarur bо‘lgan sharoitda esa tuproq holati, uning tarkibi, о‘simlikni 


134 
 
о‘sish fazasi va boshqa bir qator faktorlarga diqqatni bergan holda, biopreparatlarni 
ishlatish vaqti, meyori, agrotexnikasiga e’tibor qilishga tо‘g‘ri keladi. 
Chet  eldan  keltirilgan  biopreparatlarni  о‘ziga  yarasha  kamchiliklari  borligi 
tо‘g‘risida yuqorida aytib о‘tilgan edi. 1997 yildan boshlab О‘zFA Mikrobiologiya 
institutida  soya  о‘simligiga  spetsifik  bо‘lgan  biopreparat  "mikrobli  о‘g‘it"  nomi 
bilan chiqarila boshlandi. Dastlabki sinovlar preparat ta’sirida soyaning dukkaklar 
hosil qilishi ancha oshib, hosildorligi kо‘tarilgani haqida dalolat berib turibdi. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish