Mikrobiologik preparatlarni qo‘llash samaradorligi.
O‘simliklarni oziqlantirishda mineral va organik o‘gitlar bilan birga
mikrobiologik preparatlardan aniqrogi mikroorganizmlar faoliyatidan foydalanish
ham yaxshi samara beradi.
A)
Azotobakteriyalar yashash sharoiti va faoliyati o‘rganilganidan keyin,
azotobakteriyalar kulturasi saqlagan preparatlarni yerga kiritishni akademik
S.P.Kostichev 30-yillarda tavsiya qilgan edi. Azotobakteriyani qo‘llashda
o‘simliklar ildiziga yuqtirish yo‘li, tuproqga kiritish yo‘li tadqiq etilgan va yaxshi
natijalar olingandir. Tuproqni bakterizatsiyalash rizosferada ularning ko‘payishiga
va o‘simlik yaxshi rivojlanishiga olib keladi.
B)
Fosforning organik shakllarini parchalab uni o‘simlik o‘zlashtiradigan
holatga o‘tkazuvchi spora hosil qiluvchi bakteriyalar (Basillus megaterium)
ekilayotgan uruglar bilan aralashtirilib tuproqqa kiritilganda o‘simlik hosildorligini
10%dan ortiq ko‘payishi mumkin. Bu bakteriya ildiz o‘simlikni yaxshilaydi,
chunki Bas.megaterium tiamin, biotin, piridoksin, pantoten kislotasi, nikotin
kislotasi, vitamin V12 kabi fiziologik aktiv moddalarni ishlab chiqaradi.
V)
Simliklar azotlik oziqlanishini yaxshilash maqsadida ko‘k-yashil suv
o‘tlaridan foydalanish ham ko‘p mamlakatlarda o‘rganilgan. Bu mikroorganizm
kulturasini tuproqqa kiritishni algolizatsiya deb nomlangan. Hozirgi kunda
molekulyar azotni o‘zlashtiradigan 130 turdan ortiq ko‘k-yashil suv o‘ti
aniqlangan. Bu usuldan O‘zbekistonda ham galla, paxta, pomidor, bodring ekilgan
joylarda (qator rayonlarda) O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi mikrobiologiya
instituti xodimlaridan alohida bir guruxi samarali ishlar olib borishgan va olib
borishmoqda. Algolizatsiya bizning sharoitimizda sholchilikda kam o‘tkaziladi,
chunki sholiga yetarli miqdorda azotli o‘git beramiz. Ammo, Vetnam, Hindiston,
Xitoyda ko‘p ishlatiladi. Ular ko‘proq suv paparotnigi Azollani shu maqsadda
ishlatadilar. Azollani kichikroq suv xavzasida ko‘paytirib, uning suspenziyasini
suv bilan yuborishadi. Suv yuzi azolla ko‘payishidan yashil ko‘rpadek bo‘lib
qoladi. Issiq ko‘tarilganda azolla o‘ladi (sholi ruvaklash vaqtlarida) minerallashadi.
Uni o‘simlik o‘zlashtirish, natijasida hosildorlik oshadi. O‘simliklar hosildorligi
oshishida kremniyning ahamiyati ham juda katta. Ammo, tuproqdagi alyuminiy
silikatlari o‘simlikka o‘zlashtirilmaydi. Uni o‘zlashtirish uchun parchalash lozim.
Alyumosilikatlar CO
2
va kislotalar ta’sirida parchalanadilar. Shu maqsadda
V.G.Aleksadrov Basillus mukilaginosus siliksus bakteriyalaridan foydalanishni
tavsiya etgan. Tekshirishlar «silikat»li bakteriyalar preparati ham samara berganini
ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |