Brassinosteroidlar.
Bu fitogormonlar 1979-yilda
Grouv
va boshqa
olimlar (Grovtt et al.) tomonidan raps (Brassica napus) о‘simligi changining
yog‘dagi ekstrakti nihollarining bо‘yiga о‘sishini stimullashi aniqlangan, 10 kg
raps changidan 4 milligramm regulyator ta’sirga ega moddalar ajratib olingan. Bu
moddalarning steroid birikmalar ekanligi aniqlangan. Rapsning lotincha nomidan
kelib chiqib brassinolid deb, boshqa shunga о‘xshash fiziologik faol moddalar
brassinosteroidlar deb atalgan. Keyinchalik ma’lum brassinosteroidlar soni ortib
bordi. Haqiqiy kashtandan (Castanea sativa) – kastasteron, atirguldan (Typha) –
tifasterol, choydan (Thea) – teasteron, katarangusdan (Catharanthus) – kamasteron
va boshqalar ajratib olingan. Hozirgi kunga qadar 60 ga yaqin brassinosteroidlik
faollikka ega birikmalar aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |