О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

Gibberlinlar.
  1926-yilda  aniqlangan  bо‘lib  1938-yilda  Yaponiyada 
patogen  zamburug‘  Gibberella  fujjcuroining  prdusenti  sifatida  ajratib  olingan. 
1955- yilda uning kimyoviy strukturasi va qator о‘simliklar hujayralarida ishtirok 
etishi aniqlangan. Gibberlinlarni о‘rganish ishlari Hozirgi kunda ham jadal davom 
etmoqda. Hozirda bu moddalarning 100 ga yaqin vakillari ma’lum bо‘lib, ulardan  
45 tasi о‘simliklardan ajratilgan. 
Gibberlinlar  biosinteziga  tо‘sqinlik  qiluvchi  qator  birikmalar  ham 
aniqlangan. Bu moddalarning deyarli hammasi retardant ta’sirga ega, ya’ni о‘sishni 
tо‘xtatuvchi  moddalardir.  Gibberlinlarning  biosintezini  muayyan  fermentlar 
faoliyatiga ta’sir etish orqali tо‘xtatish mumkin. 
Gibberlinlar  transporti  qarama-qarshi  tomonga  yо‘nalgan  emas.  Ular 
akropetal  va  bazipetal  ravishda  ksilema  va  floema  naylari  bо‘ylab  suvli  eritmalar 
oqimga qо‘shilib ketadi. Shuning uchun bu fitogormonning tashilishi  va tarqalish 
tezligi nisbatan yuqori. 
Gibberlinlarning 
fiziologik 
ta’siri, 
о‘simlik 
hujayralarining 
chо‘ziluvchanligi va meristema tо‘qimalarining mitotek faolligini oshishi hisobiga, 
о‘sish  jarayonlarini  stimullanishida  namoyon  bо‘ladi.  Gibberlinlar  ta’sirida 
hujayralar  chо‘zilishining  stimullanishi,  auksinlardagi  kabi  proton  pompalarining 
faollashishi  hisobiga  emas,  balki,  hujayra  qobig‘i  materiallari  sintezining  oshishi 
bilan bog‘liq. 
Gibberlinlarning  kо‘pchiligi  kislotalar  bо‘lgani  uchun,  ularni  о‘ziga  mos 
indeks  bilan  Gibberal  kislota  (G)  deb  belgilash  qabul  qilingan.  Masalan:  GK24,  
GK53   va hakazo. 
Turli  oilalarga  mansub  о‘simliklarning  о‘sish  reaksiyasida  u  yoki  bu 
gibberlinga  nisbatan  muayyan  spetsifikligini  kuzatish  mumkin.  Masalan, 
qovoqdoshlar  va  butguldoshlar oilasiga  kiruvchi  о‘simliklarning    о‘sishiga    GK3  
ta’sir  etmaydi,    lekin  uning    boshqa  ba’zi  oilalarga  mansub  о‘simliklar  о‘sishiga 


124 
 
ta’siri kuzatilgan, GK4 ta’sirida esa ularning bо‘yiga о‘sishidagi sezilarli ta’sirini 
kuzatish  mumkin.  Gibberlinlar  darajasini  oshishiga  о‘simlik  turlarining 
spetsifikligidan  tashqari,  turli    organlarning  turlicha  spetsifik  reaksiyasini  ham 
kuzatish  mumkin.  Gibberlin  poyaning  о‘sishini  tezlashtirib,  barglar  о‘sishiga 
deyarli ta’sir etmaydi va ildiz о‘sishini tо‘xtatadi.  Gibberlinlarning ildizga salbiy 
ta’siri  oziqa  moddalarni  qayta  taqsimlanishi  natijasida  о‘simlikning  yer  ustki 
qismining о‘sishi tezlashishi bilan bog‘liq bо‘lishi mumkin. 
Gibberlinlarning  tanqisligi  о‘simlikning  pakanaligiga  kо‘ra  aniqlanadi. 
О‘simliklarning  pakana  bо‘lishining  sababi,    ushbu  fitogormonlarning  ferment 
biosintezi tizimi ishining buzilishi bilan bog‘liqdir. 
Gibberlinlar  о‘simliklarning  generativ  organlarining  shakllanishi  va 
gullashga  о‘tish  jarayonlarida  katta  rol  о‘ynaydi.  Kо‘p  yillik  о‘simliklarda 
meristemalar  rivojlanishini  generativ  yо‘li  determinatsiyasi  davrida  gibberlinlar 
darajasining oshishi generativ organlarning hosil bо‘lishiga salbiy ta’sir etadi. Shu 
bilan  bir  vaqtda  gibberlinlar  darajasining  kamayishi  ham  meristemada  gul 
elementlarining  shakllanishini  sо‘nggi  bosqichida  generativ  rivojlanishga  salbiy 
ta’sir kо‘rsatadi. 
Ba’zi  tо‘p  bargli  о‘simliklarga  gibberlin  bilan  ishlov  berilganda,  hatto 
kunning  noqulay  sharoitida  ham,  uning  gullashi  tezlashadi.  Uning  bu  xususiyati 
akademik    M.X.Chaylaxyanga  (1988-y.)  gibberlinni  gipotetik  gormon 
florigenining zaruriy qismi deb aytishiga asos bо‘ldi. Taxmin qilinishicha, florigen 
tarkibiga gibberlindan tashqari, hali ajratilmagan fitogormon- antezinlar ham kirar 
ekan. 
Gibberlinlarni  tashqaridan  kiritilishi  kо‘pincha  urug‘lar  rivojlanishini  
tо‘xtatadi va partenokarpik mevalar shakllanishini ta’minlaydi. 
Gibberlinlar  yordamida  о‘simliklarning  jinsini  о‘zgartirish  bо‘yicha  1970 
yilda  bodring  va  kanop  о‘simliklarida  tajribalar  о‘tkazilgan.  Bodringda  changchi  
ham  urug‘chi  gullarini  bitta  о‘simlikda  joylashadi,  kanop  esa  ikki  uyli 
о‘simliklarga kiradi. Gibberlin bilan ishlov berilganda, kanop о‘simligida changchi 
о‘simliklarning, bodring о‘simligida esa erkak gullarning paydo bо‘lishi ortgan. 
Gibberlinlar  urug‘  va  tugunaklarni  tinim  holatidan  chiqarish  xususiyatiga 
ham  egadir. Ular  zahira  kraxmallarni  parchalab  murtaklarning  oziqalanishi  uchun 
qulay  shaklga  keltirib  beruvchi  fermentlar,  asosan 
-  amilaza  fermentining 
sintezini indusirlaydi. Bu jarayon g‘alla ekinlari (bug‘doy, javdar, arpa)da yaxshi 
о‘rganilgan.  Ularning  donlari  murtak,  endosperm  va  urug‘  qobig‘idan  iborat. 
Zahira  moddalar  endospermda  kraxmal  xolatida  tо‘plangan.  Don  pishish  vaqti 
yaqinlashganda 
kraxmal 
qavatida 
tirik 
hujayralar 
qolmaydi, 
faqatgina 
endospermning  ustki  qismida  zahira  oqsillarga  boy  hujayralar  yupqa  aleyron 
qavatida  qoladi. Boshoq zarodishi endosperm bilan qalqoncha orqali aloqa qiladi 
(qalqoncha  oziqa  moddalarni  endospermdan  olib,  murtakka  berib  turish  uchun 
xizmat  qiladi).  Qalqoncha  о‘sganda  gibberlin  ajratadi.  Bu  murtakning– 
uyg‘onganidan  va  unga  oziqa  moddalar  zarurligidan  dalolat  beradi.  Gibberlinlar 
endospermning 
kraxmal 
donachalari 
zonasidan 
endosperma 
qavatiga 


125 
 
diffundirlanadi.  Tirik  hujayralarda  aleyron  qavatidan  kraxmallarni  parchalovchi 
ferment amilazaning sintezi uchun axborot RNKsi sintezi boshlanadi. 
Gibberlinlarning  oziqa    moddalarni  о‘ziga  tortish  xususiyatiga  yana  bir 
misol,  uning  urug‘siz  mevalarni  rivojlanishini  stimullashidir.  Ularning  bu 
hususiyati ayniqsa, urug‘siz uzum navlarini yetishtirishda juda muhimdir. 
Gibberlin  qо‘llanilganda  mevalar  yiriklashadi  va  hosildorlik  oshadi. 
Gibberlinlar  nafaqat  boshoqli  о‘simliklarni,  shuningdek,  boshqa  о‘simliklarning 
ham  о‘sishini  stimullaydi.  Kungaboqar  va  qovoq  о‘simliklarida  bu  gormonlar 
zahira yog‘larni parchalaydi va ularni qandgacha oksidlaydi, dukkaklilarda zahira 
oqsillar  granulalarini  va  boshqalar  moddalarning  tashilishini  amalga  oshiradi. 
Shuning  uchun  ham  urug‘,  tugunak  va  piyozlarga  ekishdan  oldin  gibberlin  bilan 
ishlov berilsa, urug‘larning unuvchanlik darajasi ortadi va о‘sishi jadallashadi. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish