О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017


 Bakteriya klonlari va shtammlarini olish



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

2. Bakteriya klonlari va shtammlarini olish.
 Qadim zamonlarda insoniyat 
hayotiy  jarayonlar  asosida  ongsiz  ravishda  sutdan  qatiq,  bug‘doydan  bо‘za  va 
xamirturush 
hamda 
meva 
sharbatidan 
sharob 
yoki 
sirka 
tayyorlash 
texnologiyasidan foydalanganlar. Lekin bu mahsulotlar mikroblar yoki bakteriyalar 
ishtirokida hosil bо‘lishini bilmaganlar. 
Buyuk  fransuz  olimi  Lui  Paster  tomonidan  pasterizatsiya  usulining 
yaratilishi  (sut  yoki meva  sharbatini  100-50°S  qizdirish  yо‘li  bilan  ularni bijg‘ish 
jarayonidan 
xalos 
qilish 
pasterizatsiya 
deb 
ataladi) 
biotexnologiyada 
mikroorganizmlardan ongli ravishda foydalanishga asos soldi. 
Paster  о‘zining  keyingi  tajribalarini  bakteriyalarni  klonlashga  bag‘ishladi. 
Bakteriyalarni  klonlash  quyidagicha  amalga  oshiriladi:  sun’iy  suyuq  ozuqada 
о‘sayotgan bakteriya steril sharoitda agar-agar moddasi bilan aralashtirilgan qattiq 
sun’iy ozuqa sathiga о‘tkaziladi. Qattiq agar-agar sathiga tushgan har bir bakteriya 
hujayrasi  ketma-ket  bо‘lina  boshlaydi.  Natijada  bir  ona  hujayradan  hosil  bо‘lgan 
bakteriyalar avlodining koloniyasi vujudga keladi va bu koloniya klon deb ataladi. 
Klon  tarkibidagi  har  bir  hujayra  barcha  irsiy  xossalari  jihatidan  ona  hujayraga 
о‘xshashdir.  Klondan  ajratib  olingan  har  bir  hujayra  bо‘linganda  irsiy  belgilari 
о‘zgarmasdan avlod hujayraga о‘tadi. 


95 
 
Biotexnologiya  jarayonida  faqat  maqsadga  muvofiq  xossalarga  ega bо‘lgan 
bakteriya klonlari tanlab olinib, kо‘paytiriladi (о‘stiriladi) va ishlatiladi. 
Insoniyat X1X asr о‘rtalarigacha bakteriyalar plastik о‘zgaruvchandir, ya’ni 
irsiyatsiz  deb  hisoblab  kelgan.  L.Paster  bakteriyalarning  xilma-xilligini,  ularda 
irsiyati  mavjudligini  va  ularning  xususiyatlari  irsiyatga  tо‘la  bog‘liqligini, 
bakteriyalarni klonlash usulini kashf etish bilan ilk bor kо‘rsatib berdi. Tabiatdagi 
mavjud  mikroorganizmlar  maqsadga  har  doim  ham  mos  kelavermaydi. 
Tadqiqotchilar  ma’lum  irsiy  belgiga  ega  bо‘lgan  bakteriya  shtammlari  (shtamm 
irsiy  о‘zgargan  klon)  xilma-xilligini  mutagen  moddalarni  qо‘llash  natijasida 
kо‘paytiradilar klonlash orqali seleksiya qiladilar. 
Bakteriya  yoki  zamburug‘lar  irsiyatining  mutatsion  о‘zgarishi  ularning 
biologik  xususiyatlarini  о‘zgarishiga  olib  keladi.  Buning  sababi  hujayrada 
kechayotgan  biokimyoviy  jarayonlarning  har  bir  bosqichini  alohida  genlar 
tomonidan  boshqarilishidadir.  Agar  genlarning  nukleotidlar  ketma-ketligi  tashqi 
nomuqobil  omillar  ta’sirida  о‘zgarsa,  bu  genlar  sintez  qilayotgan  fermentlarning 
faolligi ham о‘zgaradi. 
Mutatsion  jarayon  mutagen  moddalar  yoki  rentgen  va  ultrabinafsha  nurlar 
ta’sirida  bir  necha  yuzlab  marta  oshishi  mumkin.  Klonlash  usuli  bilan  mutant 
shtammlarning  maqsadga  muvofiqlari  seleksiya  qilinadi  va  biotexnologik 
maqsadlarda foydalaniladi. Sо‘nggi yillarda gen muhandisligi usuli bilan hohlagan 
genning istalgan nukleotidini almashtirish biotexnologiyasi ishlab chiqildi.

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish