О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017


Abdukarimov Abdusattor Abdukarimovich



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

Abdukarimov Abdusattor Abdukarimovich 
– 04.04.1942 yilda Toshkent 
viloyatida  tug‘ilgan.  Oliy  ma’lumotni  Toshkent  Davlat  Universitetida  olgan 
(1966).  1961-1967  yillarda  О‘zRFA  Yadro  fizikasi  institutida  faoliyat  yuritgan. 
1967-1969 yillarda О‘zRFA Biokimyo instituti aspiranti, shu institutda 1967-1992 
yillarda  shu  institut  kichik, katta  ilmiy  xodimi  va  laboratoriya  mudiri. 1982  yilda 
respublikamizda  ilk  bor  gen  muhandisligi  laboratoriyasini  tashkillashtirgan.  1979 
yilda  akademiklar  YO.X.Tо‘raqulov  va  D.X.Xamidovlar  rahbarligida  fan  doktori 
ilmiy  darajasiga  erishgan.  1992  yildan  О‘zRFA  Genetika  va  о‘simliklar 
eksperimental  biologiyasi  institute  direktori  lavozimida  faoliyat  olib  bormoqda. 
1994  yildan  О‘zRFA  muxbir  a’zosi,  2000  yildan  О‘zRFA  akademigi.  Ilmiy 


90 
 
faoliyati  gen  muhandisligi  va  molekulyar  genetikaga  asoslangan  biotexnologiya 
fanini  rivojlantirishga  bag‘ishlangan.  Gen  muhandisligi  bо‘yicha  О‘zRFA  va 
DFTQ  sining  transgen  о‘simliklar  yaratish  bо‘yicha  qо‘shma  dasturi  “Geninmar” 
ning  ilmiy  rahbari,  ilmiy  texnik  kengash  raisi,  institutning  molekulyar  genetika 
bо‘limi mudiri, ayni paytda О‘zR о‘simlik genetik resurslarini saqlash va о‘rganish 
bо‘yicha DFTQ tarkibidagi muvofiklashtiruvchi kengash raisi. О‘simlik genetik 
resurslarini saqlash bо‘yicha FAO xalqaro instituti (IPGRI) ning Markaziy 
Osiyo  mamlakatlari  bо‘yicha  muvofiklashtiruvchi  kengash  rahbari.  Uning  asosiy 
ilmiy  yо‘nalishi  Respublikamizda  ekiladigan  g‘о‘za  navlarini  gen  muhandisligi 
usuli bilan yanada yaxshilash muammolariga bag‘ishlangan. Shu bilan bir paytda 
g‘о‘zaning  yangi  navlarini  yaratishning  molekulyar,  fiziologik,  genetik  va 
seleksion  hamda  agrotexnologik  asoslarini  bir  tizimga  keltirish  borasida  samarali 
mehnat  qilmoqda.  “Umumiy  biologiya”  darsligi  mualliflaridan  biri,  Maorif 
Vazirligining biologiya fanini о‘qitish uslubiy kengashi raisi sifati jamoat ishlarida 
ham  faol  ishtirok  etib  kelmoqda.  Bir  darslik,  bitta  monografiya  va  100  dan  ortiq 
ilmiy maqolalar muallifi, 4 nafar fan doktori va 11 nafar fan nomzodlariga ilmiy 
rahbarlik qilgan. Ayni kunlarda ham  yoshlarga ilmiy rahbarlik qilish bilan 
birga  О‘zbekistonning  molekulyar  genetika  va  biotexnologiya  fani  yutuqlarini 
jahon miqyosiga olib chiqish va rivojlantirish bо‘yicha samarali mehnat qilmoqda. 
Bu  kabi  biotexnologik  ishlab  chiqarish  nazariyalarini  yaratish,  uni 
amaliyotga  tadbiq  etish  ishlari  yuzasidan  О‘zFA  Mikrobiologiya  instituti, 
M.Ulug‘bek  nomidagi  О‘zbekiston  Milliy  Universiteti,  biologiya  va 
tuproqshunoslik  fakultetining  Biotexnologiya  kafedrasi,  Toshkent  kimyo-
texnologiya  institutining  Biotexnologiya  kafedrasi  va  Toshkent  davlat  agrar 
universiteti,  qishloq  xо‘jalik  biotexnologiyasi  va  fitopatologiyasi  kafedrasi, 
О‘simliklar biotexnologiyasi laboratoriyasi hamda Samarqand Davlat Universiteti 
Biotexnologiya  kafedrasi  olimlari  ham  faol  ilmiy  izlanishlar  olib  bormoqdalar. 
2004  yilda  Toshkent  kimyo  texnologiya  instituti  tarkibida  ham  biotexnologiya 
kafedrasi tashkil etilib, ayni 
kunlarda  respublikamizda  birinchi  bо‘lib,  biotexnologiya  yо‘nalishi 
bо‘yicha 
mutaxasslar tayyorlaydigan oliy о‘quv yurtiga aylandi. 
Mamlakatimiz ravnaqi, uning iqtisodini yanada yuksaltirish maqsadida eng 
avvalo quyidagi biopreparatlarni ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ymoq zarur: 
— 
Oziq-ovqat va chorvachilik uchun oqsil moddalari; 
— 
Aminokislotalar (lizin, metionin va boshqalar); 
— 
Organik kislotalar (limon kislotasi va uni о‘rnini bosadiganlar); 
— 
Antibiotiklar (birinchi navbatda 4-5 avlodga mansub 
antibiotiklar); 
— 
Vitaminlar; 
— 
О‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish va h.k. 
Afsuski,  yuqoridagilar  hozirgacha  mamlakatimizga  tashqaridan,  valyutaga 
keltiriladi.  Olimlarimizning  qolaversa  bugungi  kunda  ta’lim  olayotgan 


91 
 
talabalarning  oldilariga  qо‘yiladigan  kо‘p  sonli  masalalarning  eng  dolzarblari 
yuqoridagilardan iborat. 
Hozirgi  vaqtda  qaysi  produsent  (mikroorganizm)  dan  foydalangan  holda 
foydali  maxsulotlar  sintez  qilish  mumkinligini  aniq  kо‘rsatib  berish  mumkin. 
Agarda  bunday  produsent  bо‘lmasa,  qay  tariqa  va  qanday  sharoitda  yuqori 
darajada,  istalgan  turdagi  maxsulotni  olish  xususiyatini  namoyon  qiluvchi 
produsentni yaratish mumkinligini oldindan aytib berish imkoniyatlari mavjuddir. 
Biotexnologik  ishlab  chiqarishda  bugungi  kunda  mikroorganizmlarni 
minglab shtammlaridan foydalanilmoqda. 
Oziq-ovqat  sanoati  biotexnologiyasida  gen  muhandisligi  sohasini 
о‘rganishdan maqsad: 
— 
tirik  organizmlar  irsiy  belgilari  xaqidagi  axborot  joylashgan 
DNKmolekulasining tuzilishi, roli hamda uning molekulyar biologiyasi; 
— 
genetik 
muhandislikning 
moddiy 
asoslari: 
transformatsiya, 
transduksiya,  kо‘chib  yuruvchi  genetik  elementlar-transpozonlar,  plazmidalar, 
viruslar, 
bakteriofaglar,  restriktazalar,  rekombinant  DNK  olish,  genlarni  klonlash, 
hujayra  muhandisligi,  hujayra  va  tо‘qimalarni  sun’iy  sharoitda  о‘stirish 
texnologiyasi; 
— 
genetik muhandislikning oziq-ovqat sanoatida, hayvonlar va о‘simliklar 
seleksiyasida qо‘llanilishi; 
— 
gen  muxandisligiga  asoslangan  biotexnologiyaning  oziq-ovqat 
sanoatidagi ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishdagi roli; 
— 
gibridomalar  olish  texnologiyasi  va  uning  yuqorida  keltirib  о‘tilgan 
mahsulotlarni  ishlab  chiqarishda  qо‘llashni  hamda  genetic  muhandislikning 
istiqbollari haqida aniq bilimlarni о‘zlashtirishdan iborat. 
Ushbu fanning asosiy vazifasi zamonaviy gen muxandisligi yutuqlarini xalq 
xо‘jaligi amaliyotida keng kо‘lamda qо‘llashdan iborat. 
Gen muhandisligi an’anaviy tanlash (seleksiya) usullarini inkor qilmasdan, 
aksincha  uning  imkoniyatlarini  yanada  kengaytiradi.  Gen  muhandisligi  usullari 
quyidagi vazifalarni hal qila oladi: 
— 
produsentlarning  alohida  olingan  genlarini  о‘zgartirish,  ularni  kerakli 
funksiyalarini  kuchaytirish,  ya’ni  yangi  genetik  axborot  kiritmasdan,  о‘zida 
mavjud  inshaklsiyani  modifikatsiya  qilish  orqali  shtammning  samaradorligini 
oshirish yoki yaxshilash; 
— 
aniq  vazifaga  javobgar  bо‘lgan,  alohida  genni  ajratib  olish  va  uni 
о‘zgartirish  (mutatsiya  qilish),  hujayra  ichida  uning  nusxalarini  kо‘paytirish  va 
shu orqali ma’lum mahsulot sintezini kuchaytirish; 
— 
promotorlarni  genning  faolligini  aniqlovchi  mutatsiyaga  uchragan 
turini olish, enxanserlar (promotorlar faolligini kuchaytiruvchilar) kiritish
— 
ishlatiladigan  substratlar  spektrini  kengaytirish.  Masalan,  sut  zardobi, 
sellyuloza  saqlovchi  chiqindilarda  tez  rivojlanib,  oqsil  sintez  qiluvchi 
mikroblarning shtammlarini yaratish; 


92 
 
— 
ksenobiontlar  (inson yaratgan biologik  faol  moddalar), neft  qoldiqlari, 
har xil toksinlar va atrof muhitni ifloslantiruvchi kimyoviy moddalarni va boshqa 
keraksiz 
birikmalarni 
utilizatsiya 
qilish 
imkoniyatiga 
ega 
bо‘lgan 
mikroorganizmlar shtammlarini yaratish; 
— 
qо‘shila  olmaydigan  mikroorganizmlarga  qо‘shilishni  ta’minlab 
beruvchi 
plazmidalar  kiritish  va  shu  tufayli  shtammlarning  xossalarini  yaxshilash 
maqsadida rekombinatsiya usullaridan foydalanish; 
— 
boshqa  guruh  organizmlar  genini  kiritish  va  shu  orqali  kiritilgan  gen 
mahsulotini olish. Masalan, о‘simliklardan shirinligi saxarozadan 3000 marotoba 
ortiq  bо‘lgan  polipeptid  genini  E.coli  ga  yoki  Sacch.cerivisiae  kulturalariga 
о‘tkazish va shu orqali shirin ta’m beruvchi maxsulotlar tayyorlash; 
— 
Yangi  gen  konstruksiya  qilib,  yangi  oqsil  olish,  keyinchalik  oqsil 
molekulasini  “arxitekturasi”  (birlamchi,  ikkilamchi,  uchlamchi  va  tо‘rtlamchi 
strukturalari)  va  ularning  biokimyoviy  xossalari  aniq  bо‘lgandan  keyin,  sun’iy 
genlar sintez qilish va ularni klonlash orqali yangi oqsillar yaratish va h.k. 
Hozirgi  davrda 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish