О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017


-MAVZU: QISHLOQ XО‘JALIK BIOTEXNOLOGIYASI FANNING



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

14-MAVZU: QISHLOQ XО‘JALIK BIOTEXNOLOGIYASI FANNING 
MOHIYATI, VAZIFASI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
 
REJA: 
1.
 
Biotexnologiya fanining mohiyati va vazifalari 
2.
 
Biotexnologiyaning asosiy yо‘nalishlarini
 
3.
 
O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi 
4.
 
Biotexnologiya faning rivojlanish istiqbollari 
 
Biotexnologiya yoki biologik jarayonlar texnologiyasi biologik agentlar yoki 
ularning  majmualaridan  (mikroorganizmlar,  о‘simliklar  va  hayvon  hujayralari, 
ularning  komponentlaridan)  kerakli  maxsulotlar  ishlab  chiqarish  maqsadida 
sanoatda foydalanish degan ma’noni beradi.  


79 
 
Adabiyotlarda  «Biotexnologiya»  terminiga  mutaxassis  olimlar  tomonidan 
turli  xil  ta’riflar  berib  kelinmoqdaki,  fanning  hozirgi  rivojlangan  davrida  ham 
birorta  aniq  tо‘xtamga  kelinmagan.  Quyida  biotexnologiya  sohasining  yetuk 
olimlari tomonidan ushbu terminga berilgan ta’riflarga tо‘xtalib о‘tamiz. 
a) 
Anbash, A.Xemferi, N.Millislarning (1975) fikriga kо‘ra 
“Biotexnologiya” - yangi biokimyoviy ishlab chiqarishlar mahsulidir (vitaminlar, 
antibiotiklar). 
b) “Biotexnologiya” moddalarni biosintez usuli orqali ozuqa olish fanining 
bо‘limi bо‘lib, u «bioinjeneriya» sohasi bilan bog‘liqdir. 
v)  A.Xasting  (1983)  fikri  bо‘yicha  «Biotexnologiya»  -pivo,  vino,  pishloq, 
vitaminlarni sanoat asosida olish jarayonidir. 
g) 
1980 
yil 
Yevropa 
federatsiyasi 
Kengashi 
muhokomasida 
“Biotexnologiya” - biologik tizimlar asosidagi sanoat jarayoni deb qaralgan. 
d)  1983  yil  Bratislavada  bо‘lib  о‘tgan  kengashda  «Biotexnologiya»  - 
moddalarni  katta  miqdordagi  sanoat  asosida  (biokatalizatorlar  orqali)  olish  va 
atrof  muhitni  himoya  qiladigan  fan  deb  ta’riflangan.  ye)  A.A.Bayev  (1986), 
Y.A.Ovchinnikov  (1982)  “Biotexnologiya”  biologic  jarayonlarni  ishlab 
chiqarishga joriy etish tо‘g‘risidagi fan deb ta’riflashgan. 
Biotexnologiya  jarayonlari  mikroorganizmlardan,  о‘simlik  va  hayvon 
hujayralari  va  tо‘qimalaridan,  hujayra  organnellalari,  ularni  о‘rab  turgan 
membranalarning  sof  yoki  ularning  immobillashgan  holatida  oqsil,  organic 
kislotalar,  aminokislotalar,  spirtlar,  dorivor  moddalar,  fermentlar,  gormonlar  va 
boshqa organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish (sintez qilishda), sof 
holda metall ajratish, oqova suvlarni va qishloq xо‘jalik yoki sanoat chiqindilarini 
qayta ishlashda keng foydalaniladi. 
Fan 
sifatida 
о‘tgan  asrning  60-yillaridan  shakllana  boshlagan 
biotexnologiyaning  tarixiga  chuqurroq  nazar  tashlasak  mikroorganizmlar 
yordamida “bijg‘itish”, “achitish” jarayonlari insoniyat tomonidan qadimdan keng 
ishlatilib  kelinayotganligining  guvohi  bо‘lamiz.  Sutdan-  qatiq,  uzumdan-  vino  va 
sirka,  achitqilar  yordamida  -non  tayyorlash  va  boshqa  bir  qancha  biotexnologik 
jarayonlarning qachon ixtiro qilinganligi hozircha aniq ma’lum emas. 
Umuman,  yuqorida  zikr  etilgan  mikroorganizmlar  yordamida  amalga 
oshiriladigan  biotexnologik  jarayonlardan  hozirgacha  ham  insoniyatning  rо‘zg‘or 
yuritishida keng qо‘llanilib kelinmoqda. 
Biotexnologiyaning  mohiyatini  tushunish  uchun  misollarga  murojaat 
qilaylik.  Bakteriya  hujayrasi  har  20-60  minutda,  achitqi  zamburug‘lari  1,5-2,0 
soatda  ikkiga  bо‘linib  kо‘paysalar,  sut  emizuvchilar  hujayralarining  ikkiga 
bо‘linishi  uchun  24  soat  kerak  bо‘ladi.  Bir  kecha-kunduzda  og‘irligi  500 
kilogrammli  bо‘lgan qoramol  500  gramm  oqsil  moddasi tо‘plasa, 500  kilogramm 
achitqi  zamburug‘i  500000  kilogramm  yoki  undan  1000  marotaba  kо‘proq  oqsil 
tо‘playdi. 
Yana bir misol: 1 kub metr ozuqa muhitida achitqi zamburug‘lari 24 soatda 
30  kilogramm  oqsil  tо‘playdi,  shuncha  miqdorda  oqsil  tо‘plash  uchun  18 
gektar 


80 
 
yerga nо‘xat ekib, uch oy parvarish qilish lozim bо‘ladi. Qolaversa, mikrob 
yetishtirish  na  ob-havoga  va  na  faslga  bog‘liq.  Ularni  eng  arzon  ozuqa  muhitida 
har  xil  chiqindilar,  kletchatka,  metanol,  metan  gazi  va  vodorodda  о‘stirish 
mumkin.  Mikroorganizmlar  nafaqat  oqsil,  balki  turli  fermentlar,  yog‘lar, 
vitaminlar, polisaxaridlar va boshqa bir qator foydali maxsulotlar sintez qiladi. 
Bugunga  kelib,  zamonaviy  biotexnologik  usullar  va  gen  muhandisligi 
yordamida  farmatsevtika  uchun  interferonlar,  insulin,  somatotropin,  gepatitga 
qarshi  vaksina,  fermentlar,  klinik  tadqiqotlar  uchun  diagnostic  ashyolar 
(giyohvandlik,  gepatit  va  boshqa  bir  qator  yuqumli  kasalliklarni  aniqlash  uchun 
test  tizimlar,  biokimyoviy  tekshirishlar  uchun  turli  xildagi  reaktivlar,  egiluvchan 
biologik  plastmassalar,  antibiotiklar,  va  boshqa  kо‘plab  bioaralashmali 
maxsulotlar) ishlab chiqariladi. 
Pivo,  spirt,  kir  yuvish  vositalari  ishlab  chiqarish,  tо‘qimachilik  va  teri 
oshlash  kabi  jaryonlarda  ishlatiladigan  ferment  preparatlari  ishlab  chiqarish  va 
qо‘llash ham keng yо‘lga qо‘yilgan. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish