Ozon qatlami



Download 1,79 Mb.
Sana21.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#570020
Bog'liq
2 5470012774149000982

OZON QATLAMI MUAMMOLARI

Mavzu: Ozon qatlami va uning insoniyat uchun ahamiyati

  • Reja:
  • 1.Ozon qatlami haqida tushuncha va uning mohiyati.
  • 2.Ozon qatlamining yemirilish sabablari.
  • 3.Ozon qatlaminining yemirilishiga qarshi bajarilayotgan chora-tadbirlar.
  • 4.16-sentabr xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni.

Ozon qatlami

  • Ozon qatlami yer Atmosferasining bir qismini tashkil etadi va ozonning yuqori konsentratsiyasiga ega. Ushbu qatlam quyoshning qattiq ultrabinafsha nurlarining qariyb 93-99% ini tutib qoladi, aks holda ushbu nurlanish sababli yerda hayot qolmasdi. Ozon qatlami asosan strotosferaning pastki qismida, yer sathidan 10-50 km balandlikda joylashgan.
  • Olimlar XX asr boshidan atmosferadagi ozon qatlami holatini kuzatib kelarkan, bugungi kunga kelib nafaqat mutaxassislar, balki maktab o'quvchisi ham ozon qatlami ultrabinafsha nurlarning atmosferaning pastki qatlamlariga o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydigan o'ziga xos tabiiy filtr ekanini yaxshi biladi.
  • O'tgan asrning 70-yillari oxiriga kelib olimlar ozon qatlamining to'xtovsiz qisqarayotgani haqida bong ura boshlashdi. Bu emirilishga sanoatda foydalaniladigan xlor yoki brom molekulalari mavjud ozonni emiruvchi moddalar (OEM) sabab bo'ldi.
  • Inson tomonidan atmosferaga chiqarilgan xlorftoruglerodlar (XFU) va boshqa OEMlar stratosferaga ko'tarilgach, quyoshning qisqa to'lqinli ultrabinashfa nurlari ta'siri natijasida xlor atomlari molekuladan ajralib chiqadi. Xlor o'z navbatida ozon molekulalarini birma-bir parchalaydi, lekin bu jarayonda o'zi hech qanday o'zgarishga uchramaydi. XFUlar atmosferada 74 yildan 111 yilgacha "yashaydi".
  • Shifokorlarning fikricha, bir foiz ozon yo'qolganda Er yuzida katarakta xastaligi 150 mingtagacha ortadi, teri raki 2,6 foizga ko'payadi, inson immun tizimi zaiflashishi bilan bog'liq kasalliklar soni oshadi. UB-nurlanishdan faqatgina odamlar emas, balki boshqa jonzotlar ham aziyat chekadi..
  • Ozon qatlamining yemirilishi biz yashab turgan olam, bashariyat halokati bilan barobardir.
  • Ma’lumki, yer yuzasidan 10 dan 50 kilometrgacha bo‘lgan masofada joylashgan ozon qatlamining miqdori uch milliard tonnadan iborat bo‘lib, u havoning milliondan uch foizini tashkil etadi. Ammo taraqqiyot shiddati va odamzotning o‘ziga qulaylik yaratishi natijasida ozon qatlamiga jiddiy shikast yetayotganini ham yoddan faromush qilmasligimiz kerak.
  • Vulqon otilishi jarayonida tarkibida oltingugurt birikmalari bo‘lgan gazlar, sovutgich uskunalari, havo almashtirgich qurilmalari, dezinfektsiya va meditsina jihozlarini sterillashda ishlatiladigan aerozollar hamda boshqa ko‘plab sohalarda ishlatiladigan xlorftoruglerod va bromxloruglerodlar ozon qatlamini yemiruvchi moddalar sirasiga kiradi. Xlorning bir atomi ozonning yuz ming molekulasiga ta’sir etishi mumkin. U o‘zi hech qanday o‘zgarishga uchramagan holda, ozon molekulalarini birma-bir parchalaydi. Shuningdek, bugungi kunda turli kosmik apparatlarning uchirilishi jarayonida samoga yuzlab tonna ozonni yemiruvchi kimyoviy moddalar tarqalmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, bitta raketa parvozi davomida o‘n ming tonnaga yaqin ozon yemiriladi.
  • Hozirda eng katta ozon tuynuklari yer sharining janubiy va shimoliy qutblarida paydo bo‘lgani taassuf va xavotir bilan aytilmoqda. 1985 yili Antarktida, 1992 yili Arktikada ozon tuynugi hosil bo‘lganligi qayd etildi. Quyosh ultrabinafshanurlarining hech qanday to‘siqsiz yerga yetib kelishi havo haroratining ko‘tarilishi va asriy muzliklarning erishiga sabab bo‘lmoqda. Suv ostida yashaydigan planktonlar, mayda qisqichbaqalar, krablar, suv o‘tlariga bu o‘zgarish, ayniqsa, halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, iqlimning o‘zgarishi, cho‘llanish, aholi o‘rtasida turli xastaliklarning tarqalishi, global isish jarayoni sodir bo‘ladi.
  • Ozon qatlamining yemirilib borishida faqat freon gazlarining emas, balki insonning tabiatga bo’lgan ta’sirining ortib borishi ham sabab bo’lmoqda.Hozirgi kunda fan texnalogiya rivojlanib texnikadan chiqayotgan va zavod fabrikalardan chiqayotgan gazlar butun insoniyat, o’simlik va hayvonot olamiga katta havf tug’dirib turibdi. Transport vositalarini ko’payishi yer ostidan neft, tabiiy gazlarni chiqarilishi havoni chiqindilar ummoniga aylanishiga sabab bo’lmoqda.Shuningdek, ular ozon qatlamining ham yemirilishiga sabab bo’lmoqda.
  • Jahon hamjamiyati bu xatarning oldini olish maqsadida ko'pgina chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. 1985 yilda "Ozon qatlamini muhofaza qilish to'g'risida"gi Vena konventsiyasi qabul qilingan bo'lsa, 1987 yilning 16 sentyabrida OEMning alohida shakllarini cheklash, ularni ishlab chiqarish va foydalanishni butunlay to'xtatish majburiyatini ko'zda tutadigan chora-tadbirlar belgilab qo'yilgan Monreal bayonnomasi imzolandi. Ma'lumotlarga qaraganda, Vena konventsiyasiga 184 mamlakat qo'shilgan bo'lsa, Monreal Bayonnomasini 183 davlat imzolagan. Bayonnomaning London tuzatishini 163 davlat, Kopengagen tuzatishini – 141, Monrealdagini – 81, Pekin tuzatishini esa 34 mamlakat ratifikatsiya qilgan.
  • 1993 yilda Vena konventsiyasi va Monreal bayonnomasiga qo'shilgan mamlakatimiz bu borada muayyan majburiyatlar olgan. Ularni bajarish yuzasidan ko'plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bunda Vazirlar Mahkamasining "Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda "Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo'lgan mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O'zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish to'g'risida"gi qarorlari muhim dasturil amal bo'lmoqda.
  • Tabiatga salbiy ta'sir ko'rsatadigan vositalarning chetdan kirib kelishi va xorijga olib chiqilishini nazorat qilish bojxona idoralari xodimlari zimmasiga alohida mas'uliyat yuklaydi. O'zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi, BMTning Taraqqiyot dasturi hamkorligida "Bojxona xizmatchilarini o'qitish dasturi" doirasida tegishli mutaxassislar maxsus sertifikatga ega bo'ldi. Bir qancha bojxona nazorati maskanlari ozonni emiruvchi moddalarni aniqlashda qo'llaniladigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlandi.
  • Dunyo miqyosida ozon qatlamini tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar besamar ketayotgani yo‘q. Jahon meteorologiya tashkiloti va BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi hamkorligida o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 2050 yilda Arktika, 2065 yilga kelib Antarktida ustidagi ozon tuynuklari to‘liq tiklanishi kutilmoqda.

16-sentabr xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni.

  • 1987 yil 16 sentyabrda ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli ishlab chiqildi. Ushbu hujjat asosida ozon qatlamini buzadigan kimyoviy moddalarning ro‘yxati tuzilib, ulardan foydalanish to‘xtatildi yoki ma’lum cheklovlar qo‘yildi. Har yili 16 sentabr Monreal protokoli qabul qilingan kun — Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish