Qirg`iziston Respublikasi
Respublika hududi 198.5 ming km. kv. bo’lib, Markazny Osiyo davlatlari orasida to’rtinchi o’rinda turadi. Aholisi 4.5 mln. kishi. Aholi zichligi 1 km. kv. ga 21 kishi to’Іri keladi. Respublika ma'muriy jihatdan oltita viloyatga bo’linadi: Chuy (yaqin vaqtlargacha Bishkek atrofidagi respublikaga bo’ysunuvchi rayonlar guruhi edi), Issiqko’l, Norin,Hsh, Jalolobod va Talas viloyatlari.
Qirg`iziston respublikasi halqaro mehnat taqsimotida ko’pchilik (go’sht—jun yetishtirish), go’sht—sut chorvachiligi, yengil va oziq—ovqat sanoati, oltin qazib olish, rangli metallar, surma (MDH da I—o’rin), simob, gidroenergetika, qishloq xo’jaligi va elektroenergetika mashinasozliklari bilan ishtirok etadi.
Tabiiy sharoiti va boyliklari
Qirg`iziston respublikasi Tog`li respublika sifatida ajralib turadi. Bu yerda Tyan—shan va Pomir—Oloy sistemalarining Tog` tizmlari o’tgan. Tog`larning baland cho’qqilari—G'alaba (7439m) va Lenin cho’qqilari (7134) ham respublika hududida joylashgan. Yuksak Tog` zanjirlarining cho’qqilari abadiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Respublika hududining 1G'3 qismi dengiz sathidan 3000 m va undan balandda joylashgan. Norin,Qoradaryo, Talas, Chuv va boshqa sersuv daryolar huddi shu Tog`lardan boshlanadi. hududining yarmiga yaqini 1000—3000 m balandda joylashgan. Tog` vodiylari va yaylovlar xalq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga egadir. hududining 30% ga yaqin qismini o’rmonlar qoplagan.
Daryolarning asosiy qismi Tog` daryolari bo’lganligi sababli suІorish va gieroenergetika sifatida katta ahamiyatga ega. Gidroenergetika resurslari bo’yicha MDHda Rossiya va Tojikistondan keyingi o’rinda turadi. Daryolari orasida Norin kaskadlari katta ahamiyatga egadir.Qirg`iziston respublikasida Yirik oltin konlari (Issiq ko’l oblastida), surma va simob (O’sh viloyatidagiQadamjoy va haydarkent) rudalari, Toshko’mir konlari va ko’ngir ko’mir konlari (Toshko’mir,Hzgan, Ko’k yonІoq),Farg`ona vodiysida qisman neft va gaz konlari topilgan. Rangdor metallurgiyaQirg`izistonning ixtisoslashgan tarmoІiga aylandi.
Aholisi
Qirg`izistonda 80 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qilishadi. Jami aholisi 4.5 million kishi. Aholisining asosiy (70%) daryo vodiylari va Tog` etaklarida, hududining 15% ida yashashadi. Tog`lar bilan yaylovlarda doimiy yashaydigan aholi kam. Respublika aholisining 38 % i shaharlarda, 63% i esa qishloqlarda yashaydi. Aholisining milliy tarkibida qirІizlar ko’pchilikni tashkil -etadi. Jami aholining 60% ga yaqini qirgІzlardir. Bundan tashqari o’zbeklar (asosan, O’sh va Jalolobod viloyatlarida yashashadi), ruslar, ukrainlar (shimolida), tatarlar, qozoqlar, tojiklar, dungan va boshqalar yashashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |