Ozog`iston va qirg`iziston respublikalariga umumiy ta`rif



Download 25,56 Kb.
bet3/5
Sana23.07.2022
Hajmi25,56 Kb.
#845403
1   2   3   4   5
Bog'liq
abdullayev asror

Qishloq xo’jaligi
Qozog`iston qishloq xo’jaligi ixtisoslashgan tarmoqlardan biridir. Asosan donli ekinlar yetishtiriladi. Donli ekinlardan buІdoy, eng ko’p ekilib, u barcha donli ekin maydonining 2\3 qismini egallaydi. Bundan tashqari donli ekinlardan tariq, sholi, arpa ekiladi. Texnika ekinlaridan paxta, kungaboqar, qandlavlagi ko’proq ekiladi.
Chorvachilik qishloq xo’jaligining ixtisoslashgan tarmoqlaridan biri bo’lib, Ayniqsa qo’ychilik yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari qoramol, yilqichilik, tuyachilik bilan ham qadimdan shuІullanib kelishadi.
Iqtisodiy geografik rayonlashtirish
Qozog`iston respublikasida 5 ta iqtisodiy rayon ajratiladi: Markaziy, Sharqiy, G'arbiy va Shimoliy iqtisodiy rayonlar.
1. JanubiyQozog`iston (Olmaota, Jambul,Qizilo’rda, Toldiqo’rІon va Chimkent viloyatlari) respublika hududining 26.2%ini, aholining esa 37.9% istiqomat qiladi. Mamlakatdagi aholi eng zich yashaydigan hudud hisoblanadi (1 km.kv.ga 10 kishi) Aholisining 42%i shaharlarda yashaydi. Bu iqtisodiy rayonda alohida ajralib turadigan tarmoqlari yo’k Rivojlangan tarmoqlari rangli metallar va fosforit qazib olish, mashinasozlik, paxta va qand lavlagi yetishtirish, sholi, boІdorchilik, uzumchilik va boshqalardir.
Bu rayonda Olmaota sanoat uzeli, Chimkent va Qoratov—Jambul TICHK lari rivojlangan.
2. Markaziy Qozog`iston. (Jezkazgan va Qarag`anda viloyatlari) respublika hududining 15,9% i aholisining esa 11,4%i to’Іri keladi. Aholisining 82% i shaharlarda yashaydi. Mamlakatning eng urbanizasiyalashgan qismi hisoblanadi Bu rayon nafaqat Qozog`istonda balki MDHdagi eng yirik ko’mir va temir rudasi havzasi hisoblanadi. Bu yerda rangli metallurgiya, mashinasozlik va ximiya sanoati xam yaxshi rivojlangan. JezqazІan—Balxash TICHKsi sanoat mahsulotining 1\5 qismini beradi.
3. Shimoliy Qozog`iston (Ko’kchatov, Kustanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog`iston, Ostona viloyatlari). Respublika hududining 20.9% i, aholisining 27.2 %i to’Іri keladi. Aholi zichligi 1 km.kv.ga 8 kishini tashkil etadi va 49%i shaharlarda istiqomat qiladi. Milliy tarkibida ruslar ko’pchilikni tashkil etadi. Iqtisodiy rayon elektroenergetika, qora va rangli metallar qazib olish va boyitish, don yetishtirish va chorvachilikka ixtisoslashgan. Bu rayonda Pavlodar —Ekibastuz TICHKsi rivojlangan.
4. Sharqiy Qozog`iston. (Sharqiy Qozog`iston—Semipalatinsk oblasti). Rayon respublika hududining 10.2%, aholisining esa 10.8%i to’Іri keladi. 1 km.kv.ra 7 kishi, aholisining 57% shaharlarda yashaydi. Ixtisoslashgan tarmoqlari rangli metallurgiya, gidroelektronika, don yetishtirish hamda rekreasion resurslaridir (Oltoy Tog` yonbaІri, ko’plab daryo va ko’l bo’ylari). Semipalatinsk—asosiy agrosanoat kompleksi markazi hisoblanadi. Bu yerda chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari qayta ishlanadi.
5. G`arbiy Qozog`iston (Aktyubinsk, g`arbiy Qozog`iston, Mang`ishloq va Atirau viloyatlari). Respublika hududining 26%i, aholisining 12.7%ini tashkil etadi. Jami aholining 58%i shaharlarda yashaydi. Mamlakatning asosiy neft ggaz mintaqasi hisoblanadi. Bundan tashqari ximiya sanoati, xrom va nikel qazib chiqarish, chorvachilik, baliqchilik yaxshi rivojlangan.

Download 25,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish