Tadqiqot metodologiyasi.
Usmon Nosirning hayoti
to‗g‗risidagi haqiqatlarni bayon qilishda, ilmiy kuzatuv olib
borishda akademik Naim Karimov, olima Nodira Rashidova
hamda ijodkor Mukarrama Murodovaning shoir bilan bog‗liq
tadqiqlarida: ya‘ni tarjimayi holini tiklash, shoirning ijodiy
labaratoriyasiga kirib borish kabi o‗rinlarda bir xil
yondashuvni kuzatishimiz mumkin. Ammo Nodira Rashidova
Usmon Nosirning so‗nggi kunlari hamda vafotidan keyingi
voqeliklar
haqidagi
ma‘lumotlarni
berishda
arxiv
materiallarini aniq, real voqeliklarni hujjatlar asosida bayon
etadi. Akademik Naim Karimov shoirning so‗ngi kunlari
haqida yozar ekan, asarga badiiy tus berish tarzida yozilganligi
bois, olim voqeliklarni badiiy lavhalar orqali tasvirlaydi, ya‘ni
muallif Usmon Nosir hayoti haqida o‗quvchiga rivoyat qiladi.
Olim o‗quvchini Usmon Nosirning qisqa umri davomidagi
turfa xil tavsilotlarga boy hayoti bilan tanishtirishga tayyorlash
maqsadida roviy-yozuvchi bo‗lib ko‗zga tashlanadi. Eng
muhimi roviy o‗z rivoyatida badiiy to‗qimalardan holi tarzdagi
ifoda yo‗sinida hikoya qiladi. Hatto, Usmon Nosir haqida
bo‗rttirma, oshirilgan to‗qima ma‘lumotlarga keskin raddiya
bildirib, asl voqeliklarni keltiradi. ―Darvoqe, mashhur
uydirmachi Adham Hamdamning so‗zlariga karaganda,
Usmon Nosir ilmgoh professorlaridan birining qiziga
uylangan va hatto undan farzand ko‗rgan emish. Ammo
qaynota bilan kuyov o‗rtasiga tushgan sovuqlik tufayli u oilani
ham, ilmgohni ham tashlab kelgan emish. Bu «mish-mish» da
biror haqiqat zarrasi borligiga ishonish qiyin‖.[2]. Aslida esa
1929-1930-yillarda Usmon Nosir Moskva shahrida tahsil olish
uchun o‗qiydi, ammo sog‗lig‗idagi muommolar sabab
Qo‗qonga qaytib keladi. Naim Karimov ushbu fikrga ―Usmon
Nosir o‗zining dastlabki she‘rlaridan ayrim namunalarni
Hamzaga o‗qib bergan. Ehtimol, bu she‘rlar otashin jarchida
katta taassurot qoldirmagan bo‗lishi mumkin. Bugun, shu
voqea ishtirokchilari siyraklashgan bir zamonda, «Hamza
Usmon Nosir oldiga kelib, uni quchoqlab o‗pdi. Havaskor
shoirning asarlaridan ta‘sirlanib, oqqan ko‗z yoshlarini artar
ekan, unga ajoyib istiqbol tiladi. «Mana, mening o‗rnimga
o‗zbek adabiyotida shu bola qoladi!»— dedi...» singari
uydirmalarni to‗qish insofdan emas‖ [2] , - tarzidagi xolis
mulohazasini bayon etadi.
Olima Nodira Rashidova shoirning Samarqand
dorulfununidan ketib qolish sababini ustoz G‗ozi Olim
Yunusov
bilan
bog‗laydi,
ustoz
Usmon
Nosirni
buxarinparastlikda aybsitganligi sabababini izohlaydi. Ya‘ni,
Usmon Nosir sovet yozuvchilarining butunittifoq I sezdida
qatnashganligi, so‗ng dorilfununda shu xususda doklad
qilganligini, vaqt o‗tgach partiyaviy tozalanish jarayoni
boshlanganda, G‗ozi Olim Yunusov Pedakademiyaning bir
majlisida Usmon Nosirni ―dokladda Buxarinning xato
fikrlaridan foydalanganlikda ―ayblaganligi bilan izohlaydi.
Xuddi shunday fikrlarni Adham Hamdam xotiralariga suyanib
Mukarrama Murodova, Nasrullo Davron ham keltirib o‗tadi.
Buyuk ijodkor Shuhrat esa shunga o‗xshash voqeani tilshunos
olim Ulug‗ Tursunov bilan bog‗liklikda va shoirni Toshkentga
shu bois ketganligi keltiradi. Ustoz Olim bu o‗rinda sovet
Do'stlaringiz bilan baham: |