Parazit amyobalar. Odam va turli hayvonlaming ichagida parazit amyobalarning bir necha turi topilgan. Ular orasida ichburug amyobasi- Entamoeba histolytica (2-B rasm) odamlaming amyobiaz, ya’ni qonli ichburug‘ bilan og‘rishiga sabab bo‘ladi. Ichbumg‘ amyobasining kattaligi 20-30 mkm bo‘lib, yo ‘g ‘on ichakda vashaydi va ichak epitelivsini jarohatlaydi. Ichburug’ amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo‘lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko‘p sonli kalta va yo‘g ‘on psevdopodiylari yordamida juda faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo‘ladi. Ichbumg‘ amyobasi juda keng tarqalgan. Yer sharining turli hududlarida amyoba bilan l0foizdan 30 foizgachaodamlar zararlanishi mumkin.Lekin amyobiaz bilan kasallanish belgilari asosan issiq tropik va subtropik xududlarda yashovchi xalqlar o‘rtasida uchraydi.
Amyoba bilan zararlangan, lekin ichbumg‘ bilan kasallanmaydigan odamlar amvoba tashuvchilar hisoblanadi.Ba’zi hollarda, masalan issiq iqlimda organizm immuniteti kuchsizlanibqolganida amyobalar ichak devoriga kirib, epiteliy hujayralarini yemiradi va og‘ir qonli ichburug’ kasalligini keltirib chiqaradi. Amyobalar asosan jarohatdan chiqadigan qondagi eritrotsitlar bilan oziqlanadi. Kasallik vaqtida davolanmasa sumnkali formaga о‘tadi. Kasal kishi juda ozib ketishi,ba’zan halok bo‘lishi mumkin. Ichburug’ amyobasi sista orqali tarqaladi. Ovqat qoldig'i bilan yo‘g ‘on ichakdan to‘g ‘ri ichakka tushgan amyobalar psevdopodiylarini tortib olib,yumaloqlanadi.
Ektoplazma esa yupqa va pishiq qobiq ishlab chiqargach,parazit sistadavriga o‘tadi. Shu davrda sista ichidagi amyobaning yadrosi ketma-ket ikki marta bo‘linadi va sista ichidagi amyoba to‘rt yadrolik bo‘lib qoladi. Axlat bilan tashqariga chiqadigan sistalar noqulay sharoit ta’siriga juda chidamli; nam tuprnqlarda 2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo‘qotmasligi mumkin
Lekin sistalar quruq va issiq muhitga ta’sirga uzoq chidab berolmaydi. Sistalami pashshalar ham tarqatishi mumkin.
amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga tushganida uning qobig‘I yemiriladi. Sitoplazmasi esa yadrolar soniga muvofiq ikki maita bolingach. to‘rtta amyoba hosil boladi. Yosh amyobalar faol oziqlanishga o’tadi. Kuchli zararlangan odam ichagidan bir sutka davomida 300 mln.gacha sista chiqishi mumkin.Odam ichagida yashovchi ayrim amyobalar mutlaqo zararsiz hisoblanodi. Ichak amyobasi- Entamoeba coli xuddi shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburug’ amyobasiga o ‘xshash, lekin sistasi 8 yadroli bo‘ladi. Parazit amyobalar kasallangan tishlaming ko^agi; it, cho‘chqa,otva boshqa hayvonlar ichagida: asalarilaming malpigi naychalarida ham topilgan
2
Do'stlaringiz bilan baham: |