1. Amyobalar turkumi (Amoebina).Sodda tuzilgan, qattiq skelet yoki chig‘anog‘i rivojlanmagan ildizoyoqlilami o ‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, ayrim vakillari tuproqda va dengiz suvida hayotkechiradi. Bir qancha turlari odam va hayvonlaming ovqat hazm qilish sistemasida parazitlik qiladi. Har xil turlari bir-biridan katta-kichikligi va psevdopodivlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Kichik chuchuk suv havzalarining chirindiga boy loyli tubida ancha yirik (0,5 mm) oddiv amvoba uchraydi (2-(A)-rasm). Tanasi tiniq sitoplazmadan tashkil topganligi uchun uni oddiy ko‘z bilan payqab olish qiyin. Amyobaning psevdopodiylari uzun va to‘mtoq uchli (lobopodiylar) bo‘ladi.
Psevdopodiylar shakli va soni doimiy bo‘lmaydi. Qulay sharoitda amyoba doimo harakat qilib turadi. Uning harakatlanishi bir tomchi suvning oqishiga o ‘xshaydi. Sitoplazmasi yangidan hosil bo‘layotgan psevdopodiylari tomoniga oqib o ‘tishi tufayli amyoba siljiydi. Turli tashqi omillar (harorat,yorugijk, kimyoviy moddalar) amyoba harakatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sirlar amyobada to‘g ‘ri yoki aks taksispaydo qiladi; natijada amyoba u yoki bu tomonga harakat qiladi.
Amyobalar sitoplazmasi aniq ikki qismdan iborat. Sitoplazmaning tashqi birmuncha yupqa, lekin tiniq va quyuqroq qatlami ektoplazma,ichki suyuqrog_va donador qatlami endoplazmadeb ataladi
Amyoba endoplazmasida faqat bitta yirik yadro bo‘ladi, lekin tirik hayvonda uni payqab olish qiyin. Yadroni maxsus bo'yovchi moddalar. bilan ishlangan preparatlarda ko‘rish mumkin. Amyoba faqat ikkiga bo‘linish orqali jinssiz ko‘payadi. Bu jarayon haqiqiy mitozdan iborat bo‘lib, dastlab yadro moddalari teng ikkiga ajraladi: so‘ngra amyoba tanasi bo‘linadigan joyidan siqilib, ikkiga ajraladi va har qaysi bo‘lagidan bittadan yadro hosifboTadi. Bo‘linish haroratga bog‘liq bo‘lib, 1-2 sutka davom etadi. Jinsiy ko‘payish faqat ayrim turlarda (.Amoeba diploida )aniqlang
Amyobaning endoplazmasda hazm qiluch vakuollar bilan birga tiniq
va virik pufakcha shaklidagi qisqaruvchi vakuol jovlashgan. Bu vakuola bir daqiqa yo‘qolishi va yana hosil bolishi mumkin. Vakuol sitoplazmadan sizib o ‘tadigan suyuqlik bilan to‘lib turadi. Uning o‘lchami ma’lum bir darajaga yetgach, qisqarish sodir bo‘ladi va suyuqlik maxsus teshikcha orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi. Oddiy amyoba vakuolining suyuqlik bilan to‘lishi va qisqarishi xona haroratida 5-8 mi nut davom etadi.
Qisqaruvchi vakuol tana bosimini muqobillashtirib turuvchi osmoregulyatsiya organoidi hisoblanadi. Tashqi muhitdan amyoba sitoplazmasiga sizib o ‘tadigan suvning ortiqcha qismi ana shu yo‘l bilan chiqarib turiladi.
Vakuoldagi suyuqlik bilan birgahujayrada hosil boladigan modda almashinish mahsulotlari ham chiqarab yuboriladi. Vakuol ishlashi natijasida sitoplazma orqali doimo suv oqib turadi. Amyoba ana shu tarzda suv tarkibidagi kislorod bilan nafas oladi