8-Mavzu. Elektr bilan ta’minlash tizimining nosozliklari va ularni diagnostika qilish.
I. Mavzu rejasi:
1. . Elektr bilan ta’minlash tizimining nosozliklari va ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish
2. Elektr bilan ta’minlash tizimining nosozliklari.
3. Elektr bilan ta’minlash tizimining diagnostika qilish.
4. Elektr bilan ta’minlash tizimi.
II. Tayanch so‘zlar va iboralar:
Generator, gabarit o‘lcham, cho‘tka, kollektor, Uyg‘otish chulg‘ami, yuklama tok, rostlash tizimi, aylanuvchi rotor, kontakt halqalar, cho‘tkatutqich, shkiv.
III. Maqsad:
Talabalarda elektr bilan ta’minlash tizimi bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
IV. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
Generator ishga tushishi uchun qaysi omillar kerak bo‘ladi?
Kuchlanish hosil qiluvchi generatorning asosiy elementlarini sanab bering?
Kuchlanish regulyatorlarining qanday turlari mavjud?
Elektromexanik kuchlanish regulyatorlarining qanday afzallik va kamchiliklari bor?
Akkumulyator batareyalari plastinalari qanday metalldan tarkib topgan?
oshirilmoqda?
Yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan elektromagnitli kuchlanish rostlagichlari bir qator afzalliklari, chunonchi tuzilishining nisbatan soddaligi, tannarxining pastligi va foydali ish koeffitsientining ancha yuqoriligi bilan birga jiddiy kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, tebranuvchi kontaktlarning borligi, ulardan o‘tishi mumkin bo‘lgan uyg‘otish toki qiymatini 1,5-1,8 A bilan cheklaydi va hozirgi zamon quvvati nisbatan katta bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini, bu turdagi rostlagichlar bilan birga ishlash imkonini bermaydi. Oldingi bo‘limlarda ta’riflangan, kontaktlarga tushadigan yuklama va ular orasida uchqun hosil bo‘lishini kamaytirishga yo‘naltirilgan usullar rostlagichlar ishlash doirasini bir muncha kengaytiradi xolos, lekin ularga xos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf qilmaydi.
Ikkinchidan, bu rostlagichlarda generatorning rostlanilayotgan kuchlanishi qiymatini belgilovchi element - prujinaning tortish kuchidir (rostlagichning asosiy tenglamasi 1.14 ga qarang). Rostlagichning ishlash jarayonida vaqt o‘tishi bilan muqarrar ravishda prujinaning qayishqoqligi susayadi, binobarin, uning tortish kuchi ham o‘zgara boshlaydi. Natijada, rostlanilayotgan kuchlanish qiymati ham oldin belgilangandan ancha kamayib ketish hollari yuzaga kelib, bu akkumulatorni zaryad qilinmay qolishiga va muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Xullas, elektromagnitli rostlagichda kontaktlar va prujinaning borligi ularning ishonchlilik darajasini ancha pasaytiradi va doimo nazorat qilib, zarurat tug‘ilganda prujinaning tortish kuchini rostlab turishni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik avtomobillarga elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining yuqorida keltirilgan kamchiliklaridan ko‘p jihatidan holi bo‘lgan yarim o‘tkazgichli rostlagichlar o‘rnatilmoqda. Ularning kontakt-tranzistorli va kontaktsiz-tranzistorli turlari mavjud.
Kontakt-tranzistorli rostlagichlar bizga ma’lum bo‘lgan elektromagnit rostlagichlarning takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, ularga o‘rnatilgan tranzistor generatorning uyg‘otish zanjiriga ulanadi va u rostlash elementi vazifasini bajaradi. Bu turdagi rostlagichlarda kontaktlar orasida uchqun hosil bo‘lishini keskin kamaytirish hisobiga ularning ishonchli ishlash muddati sezilarli darajada oshirilgan. Lekin harakatlanuvchi qismlari saqlanib qolgani uchun elektromagnit rostlagichlarga xos bo‘lgan kamchiliklarning ko‘pchiligi bu turdagi rostlagichlarga ham taalluqlidir.
Generator kuchlanishini ishonchli rostlashni ta’minlashdagi keyingi bosqich kontaktsiz-tranzistorli rostlagichlar ishlab chiqilishi va avtomobillarga keng ko‘lamda tatbiq qilinishi bo‘ldi. Bu rostlagichlarda o‘lchov elementi vazifasini ham, rostlash elementi vazifasini ham tranzistorlar bajarib, ularda kontaktlar va prujinaga ehtiyoj yo‘q. Harakatlanuvchi qismlarining yo‘qligi, qo‘llanilgan yarim o‘tkazgichlarning chidamlilik darajasining yuqoriligi va kafolatli xizmat muddatining kattaligi, namlikka, chang-loyga, vibrasiyaga ta’sirchansizligi kontaktsiz-tranzistorli rostlagichlarini uzoq vaqt davomida ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu turdagi rostlagichlarda generator-ning uyg‘otish toki qiymatini sezilarli darajada oshirish imkoniyati mavjud.
Yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlarida ishlatiladigan tranzistorlarning tavsifnomasi ma’lum darajada temperaturaga bog‘liqligi, ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Atrof muhitning yuqori harorati yarim o‘tkazgichli rostlagichlarning barqaror ishlashiga putur etkazishi mumkin. Shuning uchun, yarim o‘tkazgichli rostlagichlarni ishlatishning chegaraviy temperaturasi elektromagnitli rostlagichlarnikiga nisbatan kamroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |