Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Rostlagich quyidagicha ishlaydi



Download 15,88 Mb.
bet24/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

Rostlagich quyidagicha ishlaydi . Generator kuchlanishi, belgilangan rostlanish qiymatidan kam bo‘lganda, stabilitron VD1 dagi kuchlanish uni teshib o‘tish uchun zarur qiymatga erishmaydi va u yopiq bo‘ladi. Bu holda tranzistor VT1 ham yopiq, chunki uning baza toki zanjiri uzilgan. Tranzistor VT1 ning berk bo‘lishi, tranzistor VT2 da baza toki hosil bo‘lishiga olib keladi va u quyidagi zanjir bo‘yicha o‘tadi: "+" qutb - R7 - VD2 diod - VT2 tranzistorning emitter-baza o‘tish joyi - R5 - "-" qutb. Baza toki ta’sirida VT2 tranzistor ochiladi va o‘z navbatida VT3 tranzistorni ham ochiq bo‘lishini ta’minlaydi, chunki unda baza toki mavjud bo‘ladi va u "+" qutb - VT3 tranzistorning emitter-baza o‘tish joyi - VD2 diod - VT2 tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyi - R6 - "-" qutb zanjiri orqali o‘ta-di. Bizga ma’lumki, tranzistor ochiq bo‘lganda uning emitter-kollektor o‘tish joyining qarshiligi hisobga olmasa ham bo‘ladigan darajada kichik qiymatga ega. Demak, VT3 tranzistorning ochiq holda bo‘lishi , generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCH ga qarshiligi juda kam bo‘lgan zanjir orqali tok borishi ta’minlanadi. Generatorning kuchlanishi ortadi.
Generatorning kuchlanishi belgilangan rostlanish qiymatiga yetganda R1, Rp, R3, R4 qarshiliklar kattaligini to‘g‘ri tanlash hisobiga, stabilitron VD1 dagi kuchlanish teshib o‘tish qiymatiga erishadi va stabilitron keskin ochiladi (teshiladi). Stabilitronning ochilishi VT1 tranzistorida baza toki hosil bo‘lishiga olib keladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb - VT1 ning emitter-baza o‘tish joyi - VD1 stabilitron - R3 - L drossel - "-" qutb. Bu tok ta’sirida VT1 tranzistor ochiladi va R5 qarshilikda kuchlanishni pasayishi sodir bo‘ladi.Natijada VT2 tranzistorning emitter va baza orasidagi potensiallar ayirmasi keskin kamayadi, VT2 tranzistor yopiladi va VT3 tranzistorining baza toki zanjirini uzadi. Bu VT3 tranzistorning ham yopilishiga olib keladi va tok generatorning uyg‘otish chulg‘amiga qarshilik R8 orqali o‘tishga majbur bo‘ladi. Uyg‘otish toki kamayadi, generatorning kuchlanishi pasaya boshlaydi va, demak, stabilitrondagi kuchlanish ham kamayadi. Stabilitrondagi teskari kuchlanish, teshib o‘tish kuchlanishi qiymatidan kamayishi bilanoq, u yopiladi. Bu esa VT1 tranzistorning ham yopilishiga, VT2 hamda VT3 tranzistorlarning ochilishiga va generator kuchlanishining yana ortishiga olib keladi. Bu jarayon davriy ravishda 300 Gs gacha chastota bilan sodir bo‘ladi va shuning uchun rostlanayotgan kuchlanishning amplitudasi 0,1-0,2 V dan ortmaydi.
PP-350 rostlagichdagi qolgan elementlar uning barqaror ishlashini ta’minlash va ba’zi tranzistorlarni himoya qilish uchun xizmat qiladi.
So‘ndiruvchi diod VD4 uyg‘otish toki keskin kamayishi natijasida generatorning uyg‘otish chulg‘amida hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYUK ta’sirida VT3 tranzistorni kuyishdan saqlaydi. Berkituvchi diodlar -VD2 va VD3 dagi kuchlanishning pasayishi hisobiga VT2, VT3 germaniyli tranzistorlarning yopilishi tezlashadi.
Drossel L generatordan rostlagichga, ya’ni stabilitronga kelayotgan kuchlanish pulsasiyasini silliqlash uchun xizmat qiladi. O‘zgaruvchan tok generatoridagi magnit zanjirining va to‘g‘rilash sxemasining o‘ziga xos tomonlari tufayli kuchlanish sezilarli pulsasiyaga ega bo‘lishi mumkin. Drossel L bo‘lmagan holda stabilitron ana shu kuchlanishning pulsasiyasi ta’sirida ochilib, rostlanish jarayoni buzilishiga olib keladi.
Tranzistor Rtk harorat ortishi natijasida drossel qarshiligi va stabilitron tavsifnomasini o‘zgarishini kompensasiya qilish vazifasini bajaradi.
Teskari aloqa qarshiligi R9 tranzistorlar ochiq holdan yopiq holga o‘tish vaqtini kamaytiradi va shuning hisobiga tranzistorlarni ortiqcha qizishdan saqlaydi. Bundan tashqari, teskari aloqa qarshiligi sxemaning bir holdan ikkinchi holga o‘zgarish chastotasini kerakli qiymatlargacha (50-300 Gs) kamaytirishni ta’minlaydi. Aks holda, ya’ni teskari aloqa qarshiligi bo‘lmasa, sxemaning o‘zgarish chastotasi generator kuchlanishning pulsatsiyasi bilan belgilanib, u bir necha kilogersga yetishi va tranzistorlardagi quvvat yo‘qotilishi sezilarli darajada ortishi mumkin.
Uzoq vaqt davomida avtomobillarda juda keng tatbiq topgan PP-350 kuchlanish rostlagichlari o‘rniga hozirgi kunda 201.3702, 2012.3702, 13.3702 belgili kontaksiz tranzistorli rostlagichlar chiqarilmoqda. Volga GAZ-31029 va Gazel GAZ-33021 avtomobillariga o‘rnatilayotgan 13.3702-01 belgili rostlagich sxemasi 1.32 - rasmda keltirilgan. Bu rostlagich sxemasining boshqalardan farqi shundan iboratki, stabilitron VD1 tranzistor VT1 ning baza zanjiriga emas, balki emitter zanjiriga ulangan. Tranzistor VT1 emitter-baza o‘tish joyidan o‘tadigan tok ta’sirida ochilishini hisobga olganda, stabilitronni sxemaga bu tarzda ulanishi rostlagichning ishlash prinsipiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo emitter zanjiridagi tok kuchi baza zanjiridagidan katta bo‘lishi stabilitronni va umuman rostlagichning barqaror ishlash darajasini orttiradi. Bu rostlagich sxemasining yana bir diqqatga sazovor joyi - VT4,VT5 tranzistorlarning qo‘shma tranzistor sxemasi bo‘yicha ulanishidir. Bunday usulda ulangan ikkita tranzistorni kuchaytirish koeffitsienti oshirilgan bitta tranzistor sifatida ko‘rish mumkin. Rostlagichning chiqish zanjirida qo‘shma tranzistor sxemasini qo‘llash natijasida unda baza toki kamaydi va baza zanjirida qiymati kichik bo‘lgan rezistor ishlatiladi. Bu rostlagichda quvvat ortiqcha isrof bo‘lmasligini ta’minlaydi va uning o‘lchamlarini kichraytirish imkonini beradi.



Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish