Eya = eb - Is ( Rb + Rz + Rs ) . (2.6)
Bunda Rb - akkumulator batareyasining ichki qarshiligi; Rz - tok zanjiridagi o‘tkazgichlar Ro‘tk va "massa" Rm qarshiligi; Rs = Ruch + Rya + 2Rch - elektrodvigatelning umumiy ichki qarshiligi; Ruch- uyg‘otish chulg‘amlarining qarshiligi; Rya - yakor chulg‘amlarining qarshiligi; 2Rch - cho‘tka va cho‘tka bilan kollektor orasidagi kontakt qarshiligi.
Akkumulator batareyasi qisqichlaridagi kuchlanish
Ub = eb - Is Rb , (2.7)
Startor qisqichlaridagi kuchlanish
Us = Ub - Is Rz , (2.8)
Startorning tok zanjiridagi kuchlanishning pasayishi 1000 A ga hisobiga 2V dan ortmasligi, ya’ni o‘tkazgichlar va "massa" ning qarshiligi 0,002 Om dan kam bo‘lishi kerak.
Cho‘tka bilan kollektor orasidagi kontakt qarshiligi Rch yakor ning aylanishlar chastotasiga va undagi tok qiymatiga bog‘liq. Elektrodvigatellarni hisoblashda cho‘tka kontaktlaridagi kuchlanish pasayi-shi doimiy deb qabul qilinadi va qo‘llanadigan cho‘tkalarning turiga qarab 1,5-2,5 V ga teng olinadi.
Startor elektrodvigatelining elektromagnit quvvati, elektromagnit burovchi moment Melm ni yakor aylanishining burchak tezligi ga ko‘paytmasi bilan aniqlanadi:
Pelm = Melm , (2.9)
ligini, hamda (2.2) va (2.5) larni hisobga olsak
, (2.10)
Bu ifodaga Eya ning (2.6) dagi qiymatini qo‘ysak
Pelm = Is Eb - Is 2 ( Rb + Rz + Rs ) , (2.11)
Elektromagnit quvvatning (2.11) ifodasi simmetrik parabola bo‘lib, u quyidagi ildizlarga ega
Is1 = 0 va , (2.12)
Bunda Iqt - startor elektrodvigateli to‘la tormozlangan rejimdagi "qisqa tutashuv toki" nomi bilan yuritiladigan tok. Bu rejimda yakor aylanishlar chastotasi ns va yakor chulg‘amlarida induksiyalangan teskari EYUK - Eya , nolga teng bo‘ladi.
P=f (Is) funksiyaning (2.11) ekstremal qiymati, elektrodvigatelning maksimal quvvatiga to‘g‘ri keladigan yakor tokini aniqlash imkonini beradi
, (2.13)
Demak, startorning elektrodvigateli o‘zining maksimal quvvatiga qisqa tutashuv tokining yarim qiymatida erishadi.
IPmax ning (2.13) dagi qiymatini elektromagnit quvvatning ifodasi (2.11) ga qo‘ysak, elektrodvigatelning maksimal elektromagnit quvvatini aniqlash ifodasi hosil bo‘ladi:
, (2.14)
Startorning elektromexanik tavsifnomasi 2.5-rasmda keltirilgan. Elektrodvigatelning iste’mol toki ortishi bilan uyg‘otish magnit oqimi F ham magnitlanish egri chizig‘i bo‘ylab ortib boradi. Yuklama qiymati kam bo‘lganda magnit oqimining o‘sishi tokning ortishiga proporsional bo‘ladi, yuklama qiymati ortishi bilan po‘latning magnit to‘yinishi natijasida tavsifnomaning bu qismida magnit oqimi juda ham sekin o‘sadi va amalda uni doimiy deb hisoblasa bo‘ladi. Startor validagi burovchi moment Ms , yuklama tok past bo‘lganda parabola bo‘ylab, yuklama ortishi bilan tok qiymatiga proporsional holda ortadi va o‘zining eng katta qiymatiga startor to‘la tormozlangan rejimda, ya’ni qisqa tutashuv tokida erishadi. Startorning salt ishlash rejimiga to‘g‘ri keladigan tok qiymatida, ya’ni I = I0 bo‘lganda burovchi moment Ms ning qiymati nolga teng bo‘ladi, yakor aylanishlar chastotasi ns esa maksimal qiymatga erishadi. Startorga yuklama berishning boshlang‘ich qismida yakorning aylanishlar chastotasi taxminan giperbola bo‘yicha kamayadi, yuklama qiymati I > 0,5 Iqt dan ortganda, aylanish chastotasining tavsifnomasi deyarli to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga o‘tadi va nihoyat I = Iqt bo‘lganda, ya’ni to‘la tormozlanish rejimida ns = 0 bo‘ladi.
Startor validagi mexanik quvvat Ps elektrdvigatelining elektromagnit quvvat Pelm dan mexanik, magnitli isroflar qiymaticha kam bo‘ladi:
Ps = Pelm - Pmex - Pmag ,
Bunda Pmex - podshipnik va cho‘tkalardagi ishqalanishga isrof bo‘lgan quvvat; Pmag - yakorning po‘lat o‘zagini qayta magnitlash va undagi uyurma toklarga isrof bo‘lgan quvvat.
Startorlarning elektromexanik tavsifnomasida quyidagi rejimlar alohida ahamiyatga ega:
- Salt ishlash rejimi; Bu rejimda yakorning aylanish chastotasi eng katta qiymatga ( ns = nmax ) ega bo‘ladi, burovchi moment qiymati nolga ( Ms = 0 ), tok qiymati salt ishlash tokiga ( Is = I0 ) teng bo‘ladi;
- Startor validagi quvvatning maksimal qiymatidagi nominal rejim; Aynan shu rejimda startorning nominal parametrlari belgilanadi: quvvati Psn, burovchi momenti Msn, aylanishlar chastotasi nsn va nominal toki Isn. Nominal rejimda startor qisqichlaridagi kuchlanish qiymati berilmaydi, lekin odatda, u akkumulatorlar batareyasining qisqichlaridagi kuchlanish Ub ning taxminan 75% ni tashkil qiladi. Masalan, 12 V li startorlar uchun Us = 8 V bo‘ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |