Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


- To‘la tormozlanish rejimi



Download 15,88 Mb.
bet34/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

- To‘la tormozlanish rejimi. Bu rejimda tokning qiymati qisqa tutashuv tokiga ( I = Iqt ), burovchi moment maksimal qiymatiga ( Ms = Mmax ), aylanish chastotasi nolga ( ns = 0 ) teng bo‘ladi.
Salt ishlash va to‘la tormozlanish rejimlari - nazorat rejimlari bo‘lib, ularning ko‘rsatkichlari startorlarning texnik holatini tekshirish uchun xizmat qiladi.
Elektrolit temperaturasining pasayishi yoki kuchli zaryadsizlanish natijasida akkumulatorlar batareyasining sig‘imi kamayib, dvigatelni ishga tushirish tavsifnomasi yomonlashadi, ya’ni startorning quvvati va burovchi momenti kamayadi.


Startorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi

Avtomobil elektrostartorlarining uyg‘otish va boshqarish usulini, yuritma mexanizmining turi va atrof muhit ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin.


Startorlarda uyg‘otish uslubiga qarab ketma-ket va aralash uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar qo‘llaniladi. Dvigatelni ishga tushirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tortish xususiyatlarining ustunligi tufayli ketma-ket uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar ancha keng tatbiq topgan. Startor salt ishlaganda, uning yakori aylanish chastotasini cheklash maqsadida, ba’zan aralash uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar ham ishlatiladi (masalan St.221, 26.3708 belgili startorlarda). Oxirgi vaqtda ba’zi startorlarda doimiy magnit yordamida uyg‘otiladigan elektrodvigatellar ham ishlatilmoqda. Bu elektrodvigatellarning tuzilishi sodda, uyg‘otish chulg‘ami bo‘lmaganligi tufayli elektroenergiyani nisbatan kam iste’mol qiladi. Ammo, bu elektrodvigatellar va ichki yonuv dvigatellarning mexanik tavsifnomalari bir-biriga yaxshi mos tushmaydi. Shu sababli, doimiy magnitli elektrodvigatellar kam quvvatli startorlarda qo‘llaniladi.
Barcha turdagi startorlarning elektrodvigatellari deyarli bir xil tuzilgan bo‘lsa, ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilish va ishlash bo‘yicha bir-biridan ko‘p jihatdan farq qilishi mumkin.
Yuritma mexanizmlarning turi va ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- yuritma shesternasini mexanik yoki elektromexanik usulda majburiy ravishda harakatlantirish;
- shesternani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxovikning tishli gardishiga ilashtirish va dvigatel ishga tushgandan keyin shesternani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish;
- shesternani inersiya kuchi ta’sirida harakatlantirish;
- shesternani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel yakorining harakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish.
Hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda, asosan, yuritma shesternasini elektromexanik usulda majburiy harakatlantirish hisobiga ilashuvga kiritish prinsipida ishlaydigan startorlar qo‘llanilgan (2.6-rasm). Bu turdagi startorlarda dvigatel ishga tushgandan keyin teskari burovchi moment ta’sirida yakor o‘zaklari va chulg‘amlari sochilib ketmasligi uchun erkin yurish muftasi o‘rnatiladi. Erkin yurish muftasi burovchi momentni bir tomonlama, ya’ni startor yakoridan shesterna va u orqali dvigatel maxovigiga uzatadi. Dvigatel ishga tushib, shesterna maxovik tomonidan aylantirilganda, erkin yurish muftasi sirg‘aladi va teskari tomonga, ya’ni shesternadan yakor valiga harakatni uzatmaydi.
Startorlarning quvvati ortishi bilan erkin yurish muftalarining ishonchlilik darajasi kamayadi. Shuning uchun, quvvati katta bo‘lgan va asosan dizel dvigatellariga o‘rnatiladigan startorlarda shesternani ilashtirish majburiy, dvigatel ishga tushgandan keyin ilashishdan chiqarish avtomatik ravishda amalga oshriladigan yuritma mexanizmlari qo‘llaniladi.
Shesternasi inersiya kuchlari ta’sirida ilashuvga kiradigan va undan chiqadigan yuritma mexanizmlar tuzilishining soddaligi, o‘lchamlari kichikligi va tannarxining pastligi bilan tavsiflanadi. Ammo, bu turdagi yuritma mexanizmlarda ilashuv jarayoni shesternani maxovikning tishli gardishiga kuchli urilish hollari bilan bog‘liq. Shuning uchun, bu turdagi yuritma mexanizmlarning qo‘llash doirasi quvvati 1 kVt gacha bo‘lgan startorlar bilan cheklangan.
Elektrodvigatel qutblarining magnityuritish kuchlari ta’sirida yakorni harakatga keltirib, shesternani ilashtirish prinsipiga asoslangan startorlar, asosan, xorijiy mamlakat avtomobillarida tatbiq etilgan. Bu yuritma mexanizmi quvvati 3-5 kVt bo‘lgan startorlarga o‘rnatiladi. Bunday yuritma mexanizmi o‘rnatilgan startorlarning tuzilishi ixcham, dvigatelga mahkamlash qulay bo‘ladi, ammo ularda qimmatbaho mis nisbatan ko‘p ishlatilishi va avtomobillar qiyalikda turganda yuritma mexanizmining ishonchlilik darajasini pasayishi (yakorning og‘irlik kuchi ta’sirida) ularning asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
Startorlar tuzilishini avtomobillarda ancha keng tatbiq topgan St130-A3 belgili startor misolida ko‘rish mumkin. Startor (2.6-rasm) quyidagi detallardan tashkil topgan: qutb boshmoqlari 22 va uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari 21 o‘rnatilgan qobiq 15; asosiy chulg‘am 20 va kollektor 18 joylashtirilgan yakor 16; erkin yurish muftasi 12, shesterna 11 va bufer prujinasi 13 ni o‘z ichiga olgan yuritma mexanizmi; elektromagnit tortish relesi; yuritma va kollektor tomonidagi qopqoqlar 9, 19; cho‘tkalar o‘rnatilgan cho‘tkatutqichlar.
Startor qobig‘i yaxlit tortilgan quvurdan yoki po‘lat tilimni kavsharlash yo‘li bilan tayyorlanib, elektrodvigatel magnit sistemasining bir qismini tashkil qilishi bilan birga startor qopqoqlari mahkamlanuvchi qurilma xizmatini ham bajaradi. Qobiqning ichki yuziga vintlar yordamida to‘rtta qutb boshmoqlari 22 mahkamlanadi. Yakor va qutb boshmoqlari orasida doimiy tirqish bo‘lishini ta’minlash maqsadida qutb o‘zagining ichki yuzi yo‘niladi.Qutb boshmoqlariga uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari 21 o‘rnashtirilgan. G‘altaklar soni qutblar soniga teng, ya’ni ular ham to‘rtta. Ketma-ket ulangan uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari ko‘ndalang kesimi to‘rt burchak bo‘lgan, izolyatsiya qilinmagan PMM markali mis simdan o‘raladi. Ba’zan misni kamroq ishlatish va startorning massasini kamaytirish maqsadida g‘altaklar aluminiy simlaridan o‘raladi. Bunda g‘altaklar bir-biriga sovuq kavsharlash yo‘li bilan ulanadi.


Soni uncha ko‘p bo‘lmagan g‘altak o‘ramlari bir-biridan 0,2-0,4 mm qalinlikdagi elektrkarton bilan ajratiladi. G‘altaklar tashqi tomonidan lok singdirilgan paxta ip yoki polimer tasmalar bilan izolyatsiya qilinadi. Ketma-ket uyg‘otish tizimli startorlarda g‘altaklar ketma-ket, juft-parallel yoki parallel usulda ulanishi mumkin. Aralash uyg‘otish tizimli startorlarda parallel ulangan uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari emal izolyatsiyali, yumaloq kesimli mis simdan o‘raladi.
Tok uyg‘otish chulg‘amiga elektrmagnit tortish relesining asosiy kontaktlari 1 orqali qobiq yoki kollektor tomondagi qopqoqqa o‘rnatilgan izolyatsiya vtulkadan o‘tgan ko‘p tolali sim (yoki mis shina) bo‘ylab keladi.
Startor yakori 16 po‘lat valning ariqchalari bo‘ylab o‘rnatilgan, qalinligi 1,0-1,2 mm bo‘lgan po‘lat plastina paketlardan iborat o‘zak, paket o‘zaklar oralig‘iga joylashtirilgan asosiy chulg‘am 20 va startor valiga presslangan kollektor 18 dan iborat. Yakor o‘zagini yupqa plastina paketlardan tayyorlanishi , ularda uyurma toklarga bo‘ladigan isrofni kamaytiradi.
Startor elektrodvigatelining yakorlarida bir va ikki o‘ramli seksiyadan iborat oddiy to‘lqinsimon yoki halqasimon chulg‘amlar qo‘llaniladi. Bir qator afzalliklari borligi tufayli startor yakorlarida ko‘proq to‘lqinsimon chulg‘amlar tatbiq topgan. Yakor chulg‘amining bir o‘ramli seksiyasi izolyatsiya qilinmagan, kesim yuzi to‘rtburchak bo‘lgan PMM markali simdan tayyorlanadi. Ikki o‘ramli seksiya chulg‘amlari esa yumaloq kesimli izolyatsiya qilingan simdan o‘raladi. Yakor ariqchalari ochiq, yarim ochiq holda tayyorlanib, ular to‘g‘ri to‘rtburchak yoki noksimon ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin (2.7-rasm). To‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishdagi ariqchalarga kesim yuzi to‘rtburchak bo‘lgan simlar yaxshi joylashadi. Bu holda simlar ikki qatlam ko‘rinishida joylashtiriladi va ular bir-biridan va yakor o‘zagidan S simon shakldagi elektrkarton yoki polimer plenka yordamida izolyatsiya qilinadi. Noksimon ko‘rinishga ega bo‘lgan ariqchalar , asosan, chulg‘amlari ikki seksiyali o‘ramlarga ega bo‘lgan, quvvati katta bo‘lmagan startorlarda qo‘llaniladi. Yakor chulg‘amlarining kollektor tomonidagi qismiga (peshana qismiga) bir necha o‘ram po‘lat simdan, sintetik lok singdirilgan paxta ip yoki shisha tolasidan tayyorlangan chilvirdan belbog‘ qo‘yiladi. Yakor chulg‘ami seksiyalarining uchi kollektor plastinalari orasidagi ariqchaga kiritiladi, chekiladi va payvandlanadi.
Startorlar ishonchli ishlashi nuqtai nazaridan elektrodvigatellarning eng muhim qismi, mis plastinalardan yig‘ilgan kollektor hisoblanadi. Yakorning aylanishlar chastotasi yuqori, cho‘tkali kontaktlardan o‘tayotgan tok zichligi katta va vibratsiya mavjud bo‘lganligi tufayli kollektorlarga qiymati ancha katta bo‘lgan mexanik, issiqlik va elektr yuklamalar ta’sir ko‘rsatadi. Startorlarda metall vtulkaga joylashtirilgan yig‘ma silindrsimon, plastmassa asosli silindrsimon va ko‘ndalang kollektor ishlatiladi (2.8-rasm).
Quvvati katta bo‘lgan startorlarda qo‘llaniladigan yig‘ma silindrsimon kollektorlar (2.8-a rasm) alohida mis plastinalardan yig‘ilib, bir-biridan qalinligi 0,4-0,9 mm bo‘lgan mikant, sludinit yoki sludoplastdan tayyorlangan qistirmalar, yakor valiga presslangan metall vtulka 3 dan esa, silindrsimon mikant vtulka 4 yordamida izolyatsiya qilinadi. Kollektorning mis plastinalari 5 ikkala tomonda joylashgan konussimon siquvchi metall halqalari 1, konussimon izolyatsiya halqalari 2 va gayka 6 yordamida siqib mahkamlanadi.
Quvvati 3,5 kVt gacha bo‘lgan startorlarda o‘rnatiladigan plastmassa asosli silindrsimon kollektorlarda (2.8-b rasm) plastmassa - kollektorni shakllantiruvchi element bo‘lib, mis plastinalarni yakor validan izolyatsiya qiladi va yuklama ta’sirini qabul qiladi. Kollektorning mustahkamligini oshirish maqsadida plastmassa asosga metalldan ishlangan sinch halqalar 7 joylashtirilgan.
Ko‘ndalang kollektorlarning (2.8-c rasm) ishchi yuzasi yakorning aylanish o‘qiga tik holda joylashtiriladi (2.8-rasm). Ularning o‘lchamlari kichik va mis nisbatan kam ishlatiladi. Kollektorning har bir plastinasining orqa tomonida halqa bo‘ylab tayanch tumshuqlar ishlangan va ularga plastmassa asos presslangan. Bu kollektorning yuqori mexanik mustahkamligini ta’minlaydi. Bu turdagi kollektorlarda cho‘tkali kontaktlar uzoq va barqaror ishlaydi. Ko‘ndalang kollektorlarning qo‘llanilishi startorlarning umumiy uzunligini va massasini kamaytirish imkonini beradi.

Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish