Ozlari fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi



Download 15,88 Mb.
bet16/153
Sana23.04.2022
Hajmi15,88 Mb.
#576155
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153
Bog'liq
MEETGJ - MAJMUA 2021-2022

7-Mavzu. Kuchlanish rostlagichlari.


I. Mavzu rejasi:
1. Kuchlanish regulyatorlari.
2. Generator qurilmalari.
3. Akkumulyator batareyalari.
4. Elektr bilan ta’minlash tizimining nosozliklari va ularga texnikaviy xizmat ko‘rsatish.


II. Tayanch so‘zlar va iboralar:
Generator, gabarit o‘lcham, cho‘tka, kollektor, Uyg‘otish chulg‘ami, yuklama tok, rostlash tizimi, aylanuvchi rotor, kontakt halqalar, cho‘tkatutqich, shkiv.


III. Maqsad:
Talabalarda elektr bilan ta’minlash tizimi bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.


IV. Mustaqil tayyorgarlik/o‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar

    1. Generator ishga tushishi uchun qaysi omillar kerak bo‘ladi?

    2. Kuchlanish hosil qiluvchi generatorning asosiy elementlarini sanab bering?

    3. Kuchlanish regulyatorlarining qanday turlari mavjud?

    4. Elektromexanik kuchlanish regulyatorlarining qanday afzallik va kamchiliklari bor?

    5. Akkumulyator batareyalari plastinalari qanday metalldan tarkib topgan?

    6. oshirilmoqda?

    7. Akkumulyator batareyasi zaryadini tiklash uchun qanday texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi?

    8. Generator nosozligining eng sodda sababi qanday?

    9. Rostlash ko‘prigida qanday nosozliklar uchraydi?

Avtomobil generatori o‘ziga xos sharoitlarda ishlaydi. U harakatni tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan olganligi sababli, rotorining aylanishlar chastotasi va demak, ishlab chiqargan kuchlanishi ham nisbatan keng doirada o‘zgarib turadi. Generatorning yuklamasi unga ulanayotgan iste’molchilar soni va ularning quvvatiga qarab o‘zgarib turadi. Yuklama tokining o‘zgarishi ham generatorning kuchlanishiga ta’sir ko‘rsatadi (1.9-rasmga qarang). Avtomobilga o‘rnatilgan elektr toki iste’molchilari kuchlanishning ma’lum belgilangan (12 yoki 24 V), o‘zgarmas qiymatida ishlashga mo‘ljallangan. Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, generator ishlab chiqqan kuchlanishni rostlab, uni belgilangan darajada o‘zgarmas holda saqlash zarurati tug‘iladi. Bu vazifani kuchlanish rostlagichlari bajaradi. Ishlash prinsipiga ko‘ra rostlagichlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: kontaktli (vibrasiyali), kontakt-tranzistorli , kontaktsiz-tranzistorli va integral.
Generator kuchlanishini rostlashning asosiy prinsipi quyidagidan iborat. Ichki qismiga to‘g‘rilagich bloki o‘rnatilgan o‘zgaruvchan tok generatorining qisqichlaridagi kuchlanishni quyidagi bog‘lanish orqali ifodalash mumkin:


UG= EG- UO- ZIG= cnF - UO- ZIG . (1.10)
Bunda EG = cnF - generatorning EYUK, c- generatorning tuzilishiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas koeffisient, n - rotorning aylanish chastotasi, F - magnit oqimi, UO - to‘g‘rilagich blokida kuchlanishning pasayishi, Z - stator chulg‘amlarining to‘la qarshiligi, IG - to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati.

Rotorda vujudga keladigan magnit oqimi F ning qiymati quyidagicha




F = IU ( a + b IU ) .

Bunda IU - uyg‘otish toki, a va b - generatorning tuzilishi va ishlatilgan materiallarning magnit xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas koefisientlar.


Magnit oqimining bu ifodasini (1.10) ga qo‘ysak hamda to‘g‘rilagich blokidagi va stator chulg‘amlaridagi kuchlanish pasayishini hisobga olmasak,


UG  c n IU ( a + bIU) . (1.11)



Bu ifodadan ko‘rinib turibdiki, generator rotorining aylanishlar chastotasini va yuklama o‘zgarganda generator kuchlanishini belgilangan darajada saqlab turish uchun faqat uyg‘otish toki IU qiymatini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Rotorning aylanish chastotasi ortishi bilan uyg‘otish tokini kamaytirish va yuklama toki ko‘payishi bilan uyg‘otish tokini ham oshirish zarur.
Generator qurilmaning kuchlanishini rostlashning funksional sxemasi (1.22-rasm) kuchlanish rostlagichi 1 va generator 2 dan iborat. Rostlagich esa, o‘z navbatida, taqqoslash 3, rostlash 4 va o‘lchov 5 elementlaridan tarkib topgan. O‘lchov elementi 5 generator kuchlanishini qabul qilib oladi va uni Uo‘lch. signaliga aylantiradi. Uo‘lch signali solishtirish elementi 3 da uning belgilangan etalon qiymati UE bilan taqqoslanadi. Ular orasidagi farq generator kuchlanishi - UG bilan belgilangan rostlanish kuchlanishi UR orasidagi farqga proporsionaldir. Agar UE bilan Uo‘lch orasida farq bo‘lsa, taqqoslovchi element 3 da UO signal hosil bo‘ladi. Bu signal rostlash elementi 4 ga keladi va natijada u uyg‘otish toki qiymatini, va demak, generator kuchlanishi UG ni UO signal nolga, ya’ni Uo‘lch signal UE ga, UG esa UR ga teng bo‘lguncha o‘zgartiradi.
Amaliy rostlagichlarda etalon signal sifatida kuchlanish bilan bir qatorda o‘zining qiymatini yetarli darajada barqaror saqlab turadigan fizik kattalik, masalan prujinani tortish kuchi ishlatilishi mumkin.



Download 15,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish