JARAYON VA NATIJALARNI QANDAY KUZATISH MUMKIN?
43. OZIQ-OVQAT JURNALI
Qachon va qancha ovqat iste’mol qilganingizni, nimalarni yeganingizni va nimalarni rad etganingizni yozib boring. Hafta oxirida natijalarni tahlil qiling.
44. SURATGA TUSHING
Natijalaringizni solishtirish uchun suratlar oling. Iste’mol qilgan ovqatingizni suratga olsangiz, bu ham, sizga qay sharoitda va qanaqa holatda qancha ovqat yeganingizni eslatish uchun yordam bo’ladi.
ZAMONAVIY OZISH SIRLARI: MASHQLAR
45. MUSIQA RO’YXATINI TUZING
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tez ritmli musiqalar mashg’ulotlar davomida tezlashishga va ko’proq mashq bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, siz yoqtirgan optimistik musiqa charchashdan chalg’itadi, tetiklik va optimistik ruhni saqlab qolishga yordam beradi.
46. JAROHATLARDAN SAQLANING
Mashqlardan oldin qizinib olishni kanda qilmang va o’zingizni ortiqcha zo’riqtirmang. Siz ko’proq mashq bajarishni va tezroq ozishni istaysiz, ammo bunda ortiqcha zo’riqish sizga yordam bermaydi. Charchash tufayli sportga qiziqishni yo’qotasiz yoki undan ham yomonrog’i, jarohat olishingiz mumkin, bu esa sizni mashg’ulotlardan cheklab qo’yadi.
47. FUNKTSIONAL MASHQLAR
Tabiiy harakatlardan funktsional mashqlarni bajaring. Bu nafaqat salomatlikni yaxshilash, moslashuvchanlik va kuch-quvvatni oshirish, balki kundalik hayotni yengillashtiradi, masalan og’ir yuk bilan zinadan ko’tarilish.
48. BIROZ KOFEIN
Mashqlardan oldin ozgina kofein sizning kuchli tomonlaringizni qo’llab-quvvatlaydi va organizmni energiya ishlab chiqarish uchun birinchi navbatda yog’larni yoqishga undaydi.
49. UY SHAROITIDA OZISH HAM MUMKIN
Mashq qilish uchun yugurish yo’lagi sotib olishning hojati yo’q. Siz uyda mashqlar uchun o’z tana og’irligingizdan foydalanishingiz mumkin.
50. SHERIK TOPING
Michigan universiteti olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, agar biz mashqlarni sherik — do’st, qarindosh yoki tanish bilan olib boradigan bo’lsak, o’ziga xos raqobatga kirishib ketamiz va yaxshi natijalarni ko’rsatamiz.
Shunday qilib, do’stingizni sport zaliga yoki stadionga olib boring va birga mashq qiling.
51. TRENAJOR MONITORIGA ISHONMANG
Ko’pincha trenajer monitorida juda ko’p miqdorda yoqilgan kaloriya ko’rsatiladi va agar bunga ishonsangiz, mashqdan so’ng ko’p ovqat yeb qo’yishingiz mumkin.
52. OG’IRLIKLAR BILAN MASHQ QILISH
Og’irlik ko’tarish (oqilona chegaralar doirasida) metabolizmni tezlashtiradi, mushaklar massasini hosil qiladi, yaxshi kayfiyat va o’ziga ishonch beradi.
53. INTERVALLI MASHG’UOT
Mashq qilishda yuqori intensivlik bilan intervallar (vaqt oraliqlari) yog’larni yaxshiroq parchalaydi va ozishni samaraliroq qiladi. Ular modda almashinuvini jadallashtiradi va intervallarni hisobga olgan holda, uni davomiyligi sezilarli darajada oshiradi ham.
54. TIK TURIB ISHLANG
O’troq ish ko’pincha semizlik, bel og’rig’i va boshqa muammolarga olib keladi. Agar imkoningiz bo’lsa, tez-tez tik turig yoki sayr qiling. Bundan tashqari, maxsus ofis stollari bor, ularda tik turib ishlash qulay. Albatta, siz tik holatda o’tirganga nisbatan ko’ra ko’proq kaloriya yoqasiz.
55. KO’PROQ YURING
Bu nafaqat sportga, balki kun davomida normal harakatlarga ham tegishli. Agar siz piyoda yura olsangiz (agar siz yuqori qavatlarda yashasangiz, lift bilan emas, zina orqali ko’tariling), uydan uzoqroqdagi avtobus bekatiga piyoda boring, dam olish kunlari bog’larda sayr qiling. Umuman, ko’proq yurish uchun ongli ravishda qaror qabul qiling.
Bu usullarni qo’llagan holda samarali ozish dasturini ishlab chiqish mumkin va eng asosiysi, sog’likka zarar yetkazmasdan. Yodda tuting, tezda ozishning usullari yo’q, hammasi uchun sabr qilish kerak. Hech qachon oldingizga bir haftada 3-4 kilogrammga ozaman deb maqsad qo’ymang, chunki bunga erisha olmasangiz, umidsizlikka tushib qolasiz.
Qanday qilib qorinni yo’qotish mumkin? Jismoniy mashqlar va ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga vaqt ham, asab ham, kuch ham bo‘lmasa, quyidagi oddiy tavsiyalardan foydalaning. Demak, mashqlar, ozish uchun parhezlar va tavsiyalar, qorin mushaklarini yashirib turgan ortiqcha suvlarni chiqarib tashlash usullari haqida batafsil.
Maqolada:
Qorinni yo’qotish usullari
Muammoli sohalardagi yog’lar
Glikemik indeks
Ovqatlanish
Qorinni yo’q qilish uchun mashqlar
Yugurish
Arg’amchida sakrash
Planka
O’tirib-turish
Vakuum
Umumiy tavsiyalar
Qomatni tik tutish
Ovqatni yaxshilab chaynash
Burundan nafas olish
Gormonlar darajasini nazorat qilish
Yog’ to’qimasida suv ushlab turilishi
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |