Yashil o‘simliklardan boshlangan oziq zanjiri o‘tloq tipidagi (produtsent zanjir) oziq zanjir deyiladi. Produtsent zanjir produtsentlardan boshlanadi va turli tartib konsumentlarini o‘z ichiga oladi. Bunday oziq zanjiri quyidagi chizmada keltirilgan:
Konsumentlar
Produtsent
Produtsentlar o‘simlikxo‘r hayvonlar - birinchi tartib konsumentlarning oziq manbayi, ular esa, o‘z navbatida, go‘shtxo‘r hayvonlar (birlamchi yirtqichlar) - ikkinchi tartib konsumentlarning oziq manbayiga aylanadi. Go‘shtxo‘r hayvonlar uchinchi tartib konsumentlar yoki yirik yirtqichlar (ikkilamchi yirtqichlar) tomonidan iste’mol qilinadi
Konsument
o‘simlikxo‘r
hayvonlar
Go‘shtxo‘r
hayvonlar
Xashatorxo‘r
birlamchi yirtqichlar
ikkilamchi yirtqichlar
http://nambiolog.zn.uz https://t.me/nambiolog https://t.me/nambiolog_bot https://t.me/nambiolog_group
Detrit tipidagi oziq zanjiri
Detritofaglar (tuproq bakteriyalari,
yirtqich hasharotlar va hasharotxo‘r ayvonlar
To‘kilgan barg (detrit)
Tuproqda yashovchi hasharotlar, kanalar
O‘tloq tipidagi oziq zanjiri
3.yirtqich hasharot
o‘simlikxo‘r
hasharot
5.yirtqich qush
o‘simlik
4.Hasharotxo‘r
qush
Suv biogeotsenozida ko‘pgina ekologik sistemalardagi kabi energiyaning birlamchi manbayi quyosh nuri bo‘lib xizmat qiladi, o‘simliklar shu tufayli organik moddalarni sintezlaydi. Bir hujayrali hayvonlar o‘simlik qoldiqlari va ularda rivojlanayotgan bakteriyalar bilan oziqlansa, ularni esa mayda qisqichbaqasimonlar yeydi. Mayda qisqichbaqasimonlar, o‘z navbatida, baliqlarga, ular esa yirtqich baliqlarga yem bo‘lishi mumkin.
Suv havzalari oziq zanjiriga misol
Fitoplankton (suvo‘tlari)
Zooplankton (dafniya, sikloplar)
Baliq chavoqlari (qizilko‘z baliq)
Yirtqich baliq (cho‘rtan, olabug‘a)
Trofik darajalar
daraja II-daraja III-daraja IV-daraja
Prodursent
tartib
konsumenti
tartib konsumenti
tartib
konsumenti
savol. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida o‘tloq tipidagi oziq zanjirini tuzing:
tog‘terak, qizilishton, chittak, laylak, oq qayin, kapalak qurti, kalxat.
Oq qayin Kapalak qurti Chittak Kalxat
savol. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida detrit tipidagi oziq zanjirini tuzing: ilon, nobud bo‘lgan qush, tuproq bakteriyalari, pashsha lichinkalari, baqa, mog‘or zamburug‘lari, mineral moddalar.
tuproq bakteriyalari
mog‘or zamburug‘lari
Nobud bo‘lgan
qush
mineral moddalar
Pashsha
lichinkalari Baqa Ilon
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oziq zanjirining har bir trofik darajasida energiyaning 90 % i yo‘qoladi, faqat 10 % i keyingi darajaga o‘tadi. Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ushbu qonuniyatni «10 % qoidasi» deb ta’rifladi.
Bu qonunga binoan, oziq zanjirining bir bo‘g‘inidan ikkinchi bo‘g‘iniga modda va energiyaning faqat 10% i o‘tadi, qolgan 90% i dastlabki bo‘gin tirik organizmlarining hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarflanadi. Shunday qilib, o‘simliklar tomonidan jamg‘arilgan modda va energiya tezda sarflanib ketadi va shuning uchun ham oziq zanjiri uzun bo‘lmaydi.
Oziq zanjirining har bir trofik darajasidagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori aniqlansa, oziq zanjirining oxiriga qadar bu ko‘rsatkichlarning kamayib borayotganini ko‘rish mumkin. Bu qonuniyatni ilk bor 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan va ekologik piramida qoidasi deb atalgan.
Trofik darajadagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori bir xil kattalikdagi to‘g‘ri to‘rtburchaklar shaklida ifodalansa va ustma-ust qo‘yib chiqilsa, ekologik piramida hosil bo‘ladi. Ekologik piramida ekosistemadagi produtsentlar va har xil darajadagi konsumentlar (o‘txo‘rlar, yirtqichlar)ning o‘zaro nisbatini aks ettiruvchi grafik tasvirdir. Ekologik piramida asosini birinchi trofik daraja - produtsentlar tashkil etadi, undan so‘ng ikkinchi trofik darajani - birinchi tartib konsumentlari tashkil etadi. Bir trofik darajadan keyingisiga o‘tgan sari individlar soni kamayadi, lekin ularning tana o‘lchami kattalashib boradi. Bir darajadan keyingisiga 10 % energiya o‘tgani uchun ekologik piramidaning asosi keng, yuqorisi esa cho‘qqili o‘tkir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |