Oziq-ovqat texnologiyalari



Download 8,72 Mb.
bet95/99
Sana13.07.2022
Hajmi8,72 Mb.
#789742
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI fanidan o`quv uslubiy majmua (1)

12-LABORATORIYA ISHI
Yog’ va moylarning triglitserid tarkibini aniqlash


Ishning maqsadi: Uchgliseridlar yog’ kislotalar tarkibini aniqlashda gaz-suyuqlik xromatografiyasi uchun yog’-kislotalarning metil efirlari tayyorlanadi.
Moylarning va ular tarkibiga kiruvchi sovunlanuvchi lipidlarning (uchgliseridlar, fosfolipidlar, glikolipidlar va boshqalar) yog’ kislotalari tarkibi ularning asosiy fizik xossalarini belgilaydi. Xususan, yog’ kislotalarning to’yinmaganlik darajasi ayni lipidni erish vaqotish haroratiga bevosita ta’sir etadi.
Gliseridlarni yog’ kislota tarkibini aniqlash uchun gliseridlar gidrolizlanib, gliserin va yog’ kislotalar aralashmasiga ajratiladi. Bu ishni bir nechta usullarda amalga oshirish mumkin: gliseridlarni etanolda qizdirib sovunlash; gliseridlarni gliserinda qizdirib sovunlash; gliseridlarni sovuq sovunlash:

Yog’ kislotalar aralashmasidan hosil bo’lgan sovun molekulalari HCl yoki H2SO4 ta’sirida parchalangadagina yog’ kislotalar aralashmasi hrsil bo’ladi:


RCOONa + HCl → RCOOH + NaCl
Shu tariqa hosil qilingan yo0 kislotalar aralashmasi tarkibini aniqlash uchun ularning metil efirlari hosil qilinib, gaz-suyuqlik xromatografiyaga beriladi. Yog’ kislotalar metil efirini tayyorlanishining sababi, ularning qaynash harorati yog’ kislotalarining qaynash haroratidan ancha past. Yog’ kislotalar metil efirlarini tayyorlashda asosan ikkita usul qo’llaniladi.
1.Xlorid kislota ishtirokida metanol bilan metillash.
2.Diazometan bilan metillash.


Reaktiv va asboblar:
1. Paxta moyi uchgliseridlar fraksiyasi, 2. 2N KOH (spirtli eritma), 3. Distillangan suv, 4. 10% HCl, 5. Metil oranj, 6. Petroley efiri, 7. Suvsiz H2SO4, 8. Mochevina, 9. Metilamin xlorid, 10. Muz, 11. Kons. H2SO4


Ishning bajarilishi
Uchgliseridlar yog’ kislotalarini etanolda qizdirib, sovunlash
usulida ajratib olish

Buning uchun 2 gr. uchgliseridlar fraksiyasi 30 ml KOH ning spirtli eritmasi bilan qaytaruvchi sovutgich o’rnatilgan kolbada 30-40 minut qaynatiladi va so’ngra 30 ml issiq distillangan suv quyiladi.
Sovunlanish tugagach issiq sovun eritmasi suv hammomida ushlanib, kolbadagi spirt uchirib yuboriladi. So’ngra kolbaga 5-6 tomchi metiloranj tomizilib, 10%li HCl yoki H2SO4 quyilib, eritmadagi sovun parchalanadi (tiniq eritma hosil bo’lgancha). Kolba sovutilib, undagi aralashma bo’lish voronkasiga o’tkaziladi va voronkaga uch marta 5 millilitrdan petroley efiri (qaynash harorati 40-600S) quyilib, hosil bo’lgan yog’ kislotalar unda eritilib, suvli qatlamdan ajratiladi va HCl qoldig’idan yuviladi. Ajratish voronkasidagi yog’ kislotalarning efiridagi eritmasi suvsiz H2SO4 qatlami orqali o’tkazilib, yana kolbaga yig’iladi va undagi vakuum ostida suv isitib uchiriladi. Kolbada uchgliseridlar tarkibiga kiruvchi yog’ kislotalar aralashmasi qoladi.


Yog’ kislotalarni diazometan bilan metillash
Diazometanni o’zini tayyorlash uchun sintezida ishlatiladigan metilmochevina va nitrozometilmochevinalar hosil qilinadi.
A) metilmochevina olish
Buning uchun 250 g mochevina va 85 g metilaminxloridga 350 ml distillangan suv qo’shilib, elektrplitkada qaytar sovutgichli kolbada, 3 soat qaynatiladi. So’ngra sovutilib, 92,5 g NaNO2 qo’shiladi.
B) Nitrozometilmochevina olish.
Buning uchun 3 litrli stakanga 500 g muz solib, unga asta-sekin 46,2 ml konsentrlangan H2SO4 qo’shiladi. Stakan tuz sepilgan muzli katta idishga quyib sovutiladi (-5°C). So’ngra stakanga kam-kam, juda ehtiyotkorlik bilan yuqorida tayyorlangan NaNO2 va metilmochevina aralashmasi solinadi. Reaksiya tugagach hosil bo’lgan nitrozometilmochevina Byuxner kolbasiga o’rnatilgan Shote voronkasida muzdek suv bilan yuvib, ajratilib olinadi. Xolodilnikda saqlanadi.
V) Diazometan sintezi
Stakan muz solingan sovutish hammomiga quyilib, unga 400 ml dietilefir va 30 ml 40%li KOH solib aralashtirib turib, 10 g olingan nitrozometilmochevina qo’shiladi. Reaksiya tugagach diazometanning efirli eritmasi filtrlab, ajratib olinadi.
CH3N(NO)CONH2+KOH→CH2N2+KCNO+2H2O
G) Yog’ kislotalarni metillash.
Nihoyat olingan yog’ kislotalarga tayyorlangan diazometan tomchilab, quyiladi va ajralib chiqayotgan gazlar to’xtaguncha qushiladi. Bu vaqtda yog’ kislotalarning metil efirlari hosil bo’lib, ularni xromatografga kiritish mumkin.
Diazometanni sintezlash va metillash jarayonlarini aktiv ventilyasiya shkafida bajarish shart. Chunki diazometan nafaqat zaxarli balki portlovchi modda hamdir. Diazometanni oftob yoki boshqa sun’iy kuchli yoritkich nurlari ta’sirida qoldirish qat’iy man qilinadi.



Download 8,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish