energetik ichimliklar
— tarkibida 150 mg/l.dan ortiq miqdorda kofein va (yoki) inson
organizmiga tonusni o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdordagi boshqa komponentlar
mavjud bo‘lgan ichimliklar.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi O‘RQ-514-sonli
Qonuniga
asosan o‘n
sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y.,
03/19/514/2450-son — 2019-yil 11-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
3-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasida
oziq-ovqat
mahsulotining
sifati
va
xavfsizligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat
boshqaruvi
Oldingi
tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati,
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda qonunchilik bilan
belgilanadigan boshqa organlar (bundan keyin matnda davlat nazorati organlari deb yuritiladi)
tomonidan amalga oshiriladi.
(4-moddasining birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 27 apreldagi O‘RQ-685-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat tomonidan normalash;
oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga
tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
oziq-ovqat mahsulotini sertifikatlash;
davlat nazorati va tekshiruvi;
oziq-ovqat mahsulotining sifatini va xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |