2. Oziq-ovqat maxsulotlarini qalbakilashtirilishi.
Qalbakilashtirish xaridor va/yoki sotuvchini sotib olish sotish ob’yektini qabix niyatda soxtalashtirish orqali aldashga qaratilgan xarakatlar hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini qalbakilashtirish ko‘p hollarda eng axamiyatli xususiyatlar – oziqaviy qiymati va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yo‘qotilishi bilan unga eng tipaviy belgilarni, misol uchun, rang, konsistentsiya, xushbo‘ylik berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qalbakilashtirilgan mahsulotlar ko‘p hollarda o‘rnini bosadigan yoki nuqsonli tovarlar bilan chalkashtiriladi. Ammo, o‘rnini bosadigan tovarlar yoki surrogatlar, agar ular tegishlicha markirovka qilinsa, ya’ni ushbu tovarni nomi va tarkibi ko‘rsatilsa, qalbakilashtirilgan tovarlar hisoblanmaydi. Misol uchun, shunday nom bilan ishlab chiqariladigan qaxfali ichimliklar qaxfa qalbakisi hisoblanmaydi. Iste’molchi iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotining xaqiqiy xususiyatlari to‘g‘risida xaqqoniy axborotga ega bo‘lishi kerak.
Qalbakilashtirishda tovarni bir yoki bir necha tavfsiflari soxtalashtiriladi. Shu sababli quyidagi qalbakilashtirish turlari farqlanadi:
assortimentli (turi);
sifatiy;
miqdoriy;
qiymatli;
informatsion;
texnologik.
Har bir qalbakilashtirish ko‘rinishida mahsulotning o‘z qalbakilashtirish usullari mavjud.
Assortimentli qalbakilashtirishda tovarni bir yoki bir necha belgilari o‘xshashligini saqlab qolgan holda uni o‘rnini bosadigan boshqa ko‘rinish yoki nomdagi tovarlar bilan to‘liq yoki qismli almashtirilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Assortimentli qalbakilashtirish vositalari sifatida ko‘p hollarda suv, oziqaviy va oziqaviy bo‘lmagan o‘rin bosuvchilardan (immitatorlar) foydalaniladi.
Sifatiy qalbakilashtirish - iste’mol xususiyatlarni saqlab qolish yoki yo‘qotilishi davomida mahsulotni organoleptik xususiyatlarini yaxshilash uchun uni oziqaviy yoki oziqaviy bo‘lmagan qo‘shimchalar bilan soxtalashtirishdir; yuqori sifat gradatsiyasidagi tovarni pasti bilan almashtirish.
Bunday qalbakilashtirish vositalari bir assortimentdagi, ammo past navli qo‘shimchalar va tovarlar hisoblanadi.
Sifatiy qalbakilashtirishni quyidagi asosiy usullari farqlanadi:
sifatni oshirilganligini immitatsiya qiluvchi qo‘shchalardan foydalanish;
navini oshirish.
Miqdoriy qalbakilashtirish – bu tovar parametrlarini (massasi, xajmi, uzunligi va b.) yo‘l qo‘yiladigan chetlanishlar me’yorlaridan oshib ketadigan ancha chetlanishi xisobiga xaridorni aldashdir.
Qiymatli qalbakilashtirish – past sifatli tovarlarni yuqori sifatli tovar narxlarida yoki kichik o‘lcham tavfsifli tovarlarni katta o‘lcham tavfsifli tovar narxlarida sotish yo‘li iste’molchini aldashdir.
Informatsion qalbakilashtirish – tovar to‘g‘risidagi aniq bo‘lmagan va buzilgan informatsiya berish yo‘li bilan iste’molchini aldashdir.
Bunday qalbakilashtirishni asosiy vositalari markirovka va reklama hisoblanadi.
Texnologik qalbakilashtirish – tovarlarni ishlab chiqarish texnologik tsikli jarayonida soxtalashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |