Partiyali identifikatsiya - taqdim etilgan tovar qismini (namuna, birlik ekzemplyar) aniq tovar partiyasiga tegishliligi baholanadi.
Bu eng murakkab identifikatsiya ko‘rinishi hisoblanadi, chunki u yoki bu oziq-ovqat mahsuloti namunasini bir partiyaga tegishliligini belgilash xamma vaqt ham mumkin emas.
Markirovka oziq-ovqat mahsulotini identifikatsiyalashning eng muhim vositasi hisoblanadi. Identifikatsiyalashning boshqa vositalariga sifat ko‘rsatkichlarni reglamentatsiya qiluvchi me’yoriy xujjatlar (standartlar, texnik shartlar, qoidalar va boshqalar), texnik xujjatlar, jumladan tovar-jo‘natish xujjatlari (sifat sertifikatlari, sifat guvoxnomalari, suqma xujjatlar va b.) tegishli.
Ko‘rsatilgan xujjatlarni mo‘ljallanishi identifikatsiyalash mezonlarini reglamentatsiya qilish hisoblanadi.
Identifikatsiyalash mezonlari bu taqdim etilgan tovar nomini markirovka va/yoki me’yoriy, tovar-jo‘natish xujjatlarida ko‘rsatilgan nom bilan, shuningdek me’yoriy xujjatlarda belgilangan talablar bilan taqqoslash imkonini beruvchi mahsulotning tavfsiflaridir.
Identifikatsiyalash mezonlari uch guruxdagi ko‘rsatkichlarni qamraydi:
organoleptik;
fizik kimyoviy;
mikrobiologik.
Oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol xususiyatlarini tavfsiflash uchun faqat organoleptik va fizik-kimyoviy sifatlar maqbul. Mikrobiologik ko‘rsatkichlar xavfsizlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi va identifikatsiyalash mezonlari bo‘la olmaydi.
Identifikatsiyalash mezonlarini tanlashda quyidagi talablarni e’tiborga olish lozim:
aniq tur uchun tipikligi;
ob’yektivligi va solishtirilishi;
tekshiriluvchanligi;
qalbakilashtirish qiyinligi.
Identifikatsiyalash mezonlari sifatida eng axamiyatlisi tipiklik hisoblanadi. Chunonchi, natural qaxfa uchun tipaviy identifikatsiya mezonlari kofein miqdori va mikrostruktura hisoblanadi. Bu holda identifikatsiyalash mezonlari ob’yektiv va solishtiriladigan bo‘lishi kerak.
Identifikatsiyalashning muhim talablaridan biri sub’yektlari xar xil bo‘lgan bir xil mahsulotlarni baholashda bir xil yoki bir biriga yaqin natijalarni olinishi hisoblanadi, ya’ni qabul qilingan mezonlarni tekshiriluvchanligi ta’minlanishi kerak. Bundan tashqari identifikatsiyalash mezonlari shunday tavfsiflarni tanlash imkoniyatini keltirib chiqarishi kerakki, ular soxtalashtirilganda qalbakilashtirish qimmatbaho va ma’nosiz bo‘lib qoladi.
Qiyin qalbakilashtiriladigan mezonlarga, misol uchun, sariyog‘ni yog‘-kislotali tarkibi, qaxfani mikrostrukturasi, vinoni kolloid tizimlari dispersligi va boshqalar tegishli.
Shunday qilib standartlar va texnik shartlarni ishonchli identifikatsiyalash mezonlari bilan to‘ldirish shuxba tug‘dirmaydi, buni ustiga bu mezonlar aloxida guruxga ajratilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |