Oʻzinduksiya — elektr zanjiridagi tok kuchining oʻzgarishi natijasida bu zanjirda elektr yurituvchi kuch hosil boʻlishi. Zanjirda tok oʻzgarganida shu zanjir konturi bilan cheklangan yuzada magnit induksiya oqimi ham oʻzgaradi, natijada unda oʻzinduksiya hosil boʻladi. Uning yoʻnalishi Lens qoidasi bilan aniqlanadi. oʻzinduksiya hodisasi elektrotexnika va radiotexnikada muhim ahamiyatga ega. Masalan, induktivlik gʻaltagiga ketma-ket ulangan kondensator oʻzinduksiya tufayli oʻz-oʻzidan qayta zaryadlanadi, natijada konturda elektromagnit tebranishlar paydo boʻladi.
O’zaro induksiya- tоkning boshqa qo’shni kоnturda o’zgarishida kоnturda tоk uyg’оtilishi o’zaro induksiya dеb ataladi.
Тransformator-elektrdan foydalanishda asosiy uskuna hisoblanadi. U past kuchlanishdagi elektrni yuqori kuchlanishga yoki yuqori kuchlanishdagi elektrni past kuchlanishga aylantirib beradi. Тransformator qo‘zg‘almas tuzilma hisoblanadi. Iste’molchilar elektr manbayidan uzoq bo‘lganligi tufayli, elektr stansiyada ishlab chiqilgan elektr energiyani ularga yetkazib berishi kerak.
Тransformatorning ishlash prinsipi
1.53-rasmda ko‘rsatilgan magnit o‘tkazgich po‘latga (1) sim (2) o‘ramlar o‘ralgan. Тransformator ikki o‘ramli bo‘lsa, bir fazali, agarda uch o‘ramli bo‘lsa uch fazali bo‘ladi. Birinchi o‘ramiga U1 kuchlanish manbadan ulanadi. Buni transformatorning birinchi o‘rami deb, uning o‘ramlarini w1 deyiladi. Ikkinchi o‘ramni w2 ikkinchi o‘ram deb aytiladi. Unda hosil bo‘lgan kuchlanishni E2 deyiladi. O‘ramlarning uchlarini A va a, oxirlarini X va x deyiladi. O‘zgaruvchan kuchlanish U1 ta’sirida birinchi o‘ramning o‘ramlaridan o‘zgaruvchan tok I oqib o‘tib, o‘zgaruvchan magnit yurgazuvchi kuch i w1 hosil qiladi, bu esa magnit o‘tkazuvchi
po‘lat temirdan kesib o‘tuvchi asosiy o‘zgaruvchan magnit oqimi F ni hosil qiladi. Katta magnit o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan magnit o‘tkazuvchini qo‘llash o‘ramlar orasidagi o‘zaro elektromagnit aloqasidagi magnit oqimini oshirishga imkoniyat yaratadi. Magnit oqimi F birinchi o‘ramni ikkinchi o‘ram bilan ulab, ularni birlashtiradi.
Birinchi o‘ramning sinusoidal kuchlanishi sinusoidal magnit oqimini hosil qiladi:
bu yerda: F – magnit oqimi; Fm – birinchi o‘ramdagi elektr yurituvchi kuchning amplitudasi (EYK); sinωt – tezlik burchagi. Magnit oqimi birinchi o‘ramda o‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchini induksiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |