2. O’zgaruvchan tok haqida tushuncha, sinusoidal EYUKni hosil qilish
2. O’zgaruvchan tok haqida tushuncha, sinusoidal EYUKni hosil qilish
Sinusoidal o’zgaruvchan tok asosan elektrostantsiyalarda bug’ va gidravlik turbinali generatorlar yordamida hosil qilinadi. Mazkur generatorlarning ishlash printsipi elektromagnit induktsiyasi qoidasiga, elektromagnit kuch qonunlariga asoslangan: Stator chulg’amiga maxsus pazlar o’yilgan bo’lib bu pazlarga mis chulg’amlar joylashtiriladi: Rotor o’zgarmas magnit yoki elektromagnitning bir turi bo’lib, generatorning asosiy magnit maydonini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Kuchli generatorlarning rotori, elektromagnit rejimida ishlaydigan qilib tayyorlanadi, bunda u hosil qilgan magnit maydonini oqimini boshqarish mumkin bo’ladi. Sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklarni xarakterlovchi quyidagicha parametrlari mavjud:
O’zgaruvchan tokning davri, chastotasi, amplitudasi va faza siljishi. Davr deb yo’nalishi va kattaligi jihatidan bir marta to’la o’zgarishiga aytiladi. CHastota deb bir sekund ichida to’la o’zgarishlar soniga aytiladi. Amplituda deb sinusoidaning musbat va manfiy yarim qiymatlarda parametrning erishgan eng katta qiymatlariga aytiladi

3. Sinusoidal tok zanjirida aktiv, induktiv va sig’im iste’molchilari
3. Sinusoidal tok zanjirida aktiv, induktiv va sig’im iste’molchilari
O’zgaruvchan tok zanjiri iste’molchilari ideallashtirilgan holatda shu turlarga bo’linadi. 1) aktiv iste’molchilar – ular elektr energiyasini o’ziga qabul qilib uni faqat issiqlik yoki yorug’lik energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi qarshiligi va o’tkazuvchanligi bo’ladi. Birligi Om larda o’lchanadi. 2) induktiv iste’molchilar – ular elektr energiyasini o’ziga qabul qilib uni magnit maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi magnit singdiruvchanligi hisoblanadi. Birligi Gn larda o’lchanadi. 3) sig’im iste’molchilari – ular elektr energiyasini o’ziga qabul qilib uni elektr maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi sig’imi hisoblanadi. Birligi Faradalarda o’lchanadi.