avtomatlashtirish asboblari va vositalarini o’rnatishga ruxsat etiladi. BRQ
foydalanilgan. BRQning yuklanishi braganing sarflanishi bilan aniqlanadi,
qaynatgichga sarflanayotgan isituvchi bug’ sarfiga bog’liq bo’ladi. Bosimni
O`zg
varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Bet
Halilov F.V
Haqberdiyev I
Hahhhh
Bajardi:
Rahbar:
sistemalardan foydalanilgan, ular bosim datchiklari 2-1, 5-1, 8-1, 8-3, P-
rostlagichli yoki 2-3 va 5-3 PI-rostlagichli ikkilamchi asboblar 2-2, 5-2, 8-2
va truboprovodlarda bug’ni tegishli qaynattichga uzatishni rostlovchi
klapanlar 2-4, 5-4, 8-4 dan iborat har bir kolonnadagi jarayonning holatini
ifodalovchi asosiy parametr apparatdan chiqishda asosiy texnologik
oqimdagi maqsadga yo’naltirilgan mahsulot hisoblanadi.
Bu parametrni avtomatik o’lchash uchun seriya datchiklari
bo’lmagani uchun uni bevosita rostlab bo’lmaydi. Biroq kolonnada
suyuqlikning konsentratsiyasi va qaynash temperaturasi orasidagi
o’zgarmas bosimda nazorat likopchasida bir qiymatli bog’lanish mavjud
bo’lib, undan konsentratsiyani bilvosita rostlashda foydalanish mumkin.
Braga kolonnasida nazorat likopchasidagi temperatura ikki kontur
kaskadli ARS bilan rostlanadi. Temperatura monometri termometr 3-1
bilan o’lchanadi, uning chiqishidan olingan pnevmatik signal PI-rostlagich
3-3 li ikkilamchi asbob 3-2 ga uzatiladi. Bu rostlagichning signali topshiriq
sifatida kolonnaning pastki qismida bosim rostlagichi 2-3 ga keladi.
Sistemaning ishlashida, agar biror sababga ko’ra kolonnaning yuqori
qismida spirt konsentratsiyasi o’zgarsa, masalan, kamaysa, nazorat
likopchasida temperatura berilgandan kichik bo’lib pasayadi, rostlagich 3-3
rostlagich 2-3 uchun bosimning berilgan qiymatini orttiradi, u kolonnaning
pastki qismidagi bosimning joriy qiymatidan katta bo’ladi. Natijada
qaynatgichga sarflanadigan bug’ sarfi ortadi va qaynash jarayoni
jadallashadi, shuningdek, kolonnadagi hamma issiqlik massa almashinish
jarayonlari jadallashadi, bu vaqti kelib, uning talab qilingan ishlash
rejimining tiklanishiga olib keladi.
ARS (6-1, 6-2, 6-3) epyuracion kolonnada texnologik rejimni
barqarorlashtirish uchun qo’llaniladi. Farq shundaki, mazkur ARS da
temperatura kolonnaning pastki qismida rostlanadi, u erdan maqsadga
yo’naltirilgan mahsulot - epyurat olinadi.
Rektifikacion kolonnadan olinadigan spirtning konsentratsiyasini
rostlash sifatiga ayniqsa yuqori talablar qo’yiladi, chunki u ishlab
chiqarishning pirovard mahsuloti hisoblanadi. Buning uchun ikki konturli
ARS xizmat qiladi, u spirt rektifikatni nazorat likopchasidagi temperaturasi
bo’yicha korrektsiyalab, sarfini rostlaydi. Rotometr 9-1 sarflash datchigi
hisoblanib, uning pnevmatik chiqish signali 9-3 PI-rostlagichli ikkilamchi
asbob 9-2 ga va undan keyin rostlovchi klapan 9-4 ga uzatiladi.
Nazorat likopchasidagi temperatura manometrik termometr 10-1 bilan
o’lchanadi, undan kelayotgan pnevmosignal 10-3 PI-rostlagichli ikkilamchi
asbob 10-2 ga keladi. Bu rostlagichning chiqishidan signal topshiriq sifatida
rostlagich 9-4 ga uzatiladi.
O`zg
varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Bet
Halilov F.V
Haqberdiyev I
Hahhhh
Bajardi:
Rahbar:
BRQ ni avtomatlashtirish sxemasida hamma kolonnalarning
deflegmatoriga uzatilayotgan sovituvchi suvning sarflanishini rostlash
ko’zda tutilgan. Bunda braga kolonnali deflegmatoriga sarflanadigan suv
ketayotgan isitilgan suv temperaturasining barqarorlashuvini ta’minlaydi
(4-1-4-4). Epyuracion va refikacion kolonnalarda bosimni kolonnaning
yuqori qismida rostlashning bir turdagi sistemalari qo’llanilgan, ular
datchiklar 7-1 va 11-1 dan, rostlagich 7-3 va 11-3 PI, ikkilamchi asboblab 7-
2 va 11-22 dan va tegishli kolonna deflegmatoriga sovituvchi suvning
uzatilishini rostlovchi klapanlar 7-4 va 11-4 dan iborat.
Braga rektifikasiyalashning asosiy texnologik parametrlarini
barqarorlashtirish bilan BRQ ni avtomatlashtirish sistemasi kollektordagi
bug’ bosimini o’zidan keyin turadigan bevosita ishlovchi rostlagich 13
yordamida rostlashni, shuningdek, issiqlik almashgich V dan keyin (12-1-
12-4) spirt rektifikatining temperaturasini rostlashni ta’minlaydi. BRQ dan
olinadigan hajmni o’lchash va hisobga olish, shuningdek, undagi sof alkogol’
miqdorini o’lchash va hisobga olish nazorat snaryadi deb nomlangan
maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: