PEREGONDA TO’XTAB QOLGAN POEZDGA ORTIDAN
KELAYOTGAN POEZD LOKOMOTIVI TOMONIDAN
YORDAM KO’RSATILISHI
205. Avtoblokirovka va poezd radio aloqasi bilan jihozlangan uchastkalarda, ko’rinish yaxshi bo’lgan sharoitda, peregonda to’xtab qolgan poezdga yordam ko’rsatish uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
peregonda to’xtab qolgan poezddan keyin borayotgan yakka lokomotiv;
peregonda to’xtab qolgan poezddan keyin borayotgan yuk poezdi tarkibidan ajratilgan lokomotiv;
lokomotivini uzmasdan ortdan kelayotgan yuk poezdi.
Yordam ko’rsatishning u yoki bu usuli poezd dispetcheri tomonidan yuzaga kelgan vaziyat har tomonlama baholangandan so’ng ikkala lokomotivning mashinistiga beradigan qayd etiluvchi buyrug’i asosida amalga oshiriladi.
Yordam ko’rsatish uchun lokomotivni odamli poezddan va 1 klassli xavfli yuk (VM) ortilgan poezddan ajratish taqiqlanadi. Bunday poezdlardan, lokomotivni tarkibdan uzmasdan yordam ko’rsatish uchun ham foydalanish taqiqlanadi.
206. Yordam peregonda to’xtab qolgan poezddan keyin borayotgan yakka lokomotiv tomonidan ko’rsatilsa, buyruq quyidagi shaklda uzatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |