PEREGONDA TUTASHUVLAR MAVJUDLIGIDA
POEZDLAR HARAKATI
120. Peregonda yordamchi post xizmat ko’rsatmaydigan tutashuv mavjud bo’lganda, tutashuv strelkasi holati jezl yoki jezl-kalit bilan qattiq birikuvchi tutashuv strelkasining nazorat qulfi kaliti yordamida nazorat qilinadi.
121. Yordamchi post xizmat ko’rsatmaydigan tutashuvga vagonlarni qo’yish (tozalash) zarurati tug’ilganda, lokomotiv jo’nagan stansiyasiga qaytsa yoki qo’shni stansiyaga yo’nalsa, mashinistga jezl bilan tutashuv strelkasining nazorat qulfi kaliti ham beriladi. Qo’shni stansiya navbatchisi lokomotiv vagonlarni tutashuvga qo’yish (olish) uchun jo’nagani hamda stansiyaga qaytgani xaqida ham xabar beradi.
122. Peregonda yordamchi post xizmat ko’rsatadigan tutashuv bo’lgan hollarda, ushbu post peregonning biron-bir stansiyasi bilan qo’shimcha jezl aloqasi orqali bog’lanadi.
Qo’shimcha aloqaning apparat va jezllaridagi seriya va yozuvlari peregon apparatiniki bilan bir hil bo’lishi kerak.
Peregonda poezdlar mavjud bo’lmasa, peregon stansiyalarini bog’lovchi apparat juftliklarida - juft, stansiyani post bilan bog’lovchi apparatlarda esa - toq sonli jezllar bo’ladi.
Poezdlarning stansiyalar oralig’idagi harakatida yordamchi postlar ishtirok etmaydi. Tutashuv strelkalari quyidagilarni istisno qiladigan tegishli bog’liqlik bilan jihozlanadi:
post navbatchisida olingan jezl mavjud bo’lmaganda strelkalarni o’tkazish;
tutashuv strelkasi normal holatta - asosiy yo’l bo’yicha o’rnatilguncha, jezlni postga o’rnatilgan apparatga solish.
123. Yordamchi post xizmat ko’rsatayotgan tutashuvga poezd jo’natilayotganda, stansiya navbatchisi o’zi tomonga poezd jo’naltilayotganini post bilan kelishib, qo’shni stansiyaga so’rov yuboradi va qo’shni stansiya navbatchisi roziligi bilan, ushbu stansiyaga jo’natilayotgan poezd mashinistiga berish uchun jezlni oladi. Poezd jo’nagani xaqida post va qo’shni stansiya navbatchilariga telefon orqali xabar beriladi.
124. Poezd yordamchi postga yetib kelib, tutashuvga olingandan so’ng, strelka normal holatga keltiriladi, post navbatchisi apparatga tutashuvga yetib kelgan poezd jezlini joylaydi va ikkala stansiya navbatchilariga poezdning yetib kelgan va asosiy yo’lni bo’shatgan vaqtini aytadi. Shundan so’ng, post jezl aloqasi bilan bog’langan stansiya navbatchisiga jezlni qo’shimcha apparatdan asosiysiga o’tkazish uchun olishga ruxsat beradi.
125. Poezd postdan biron-bir stansiyaga post jezl aloqasi bilan bog’langan stansiya navbatchisining ruxsati bilan olingan jezl bo’yicha jo’natiladi.
Ushbu stansiya navbatchisi poezdni jo’natish eshtimolini qo’shni stansiya navbatchisi bilan kelishadi va jezlni asosiy apparatdan qo’shimchasiga olib qo’yadi.
126. O’tkazish qobiliyatini ko’paytirish maqsadida yo’l postlari ochilgan peregonlarda poezdlarning jezl tizimi bo’yicha harakatlanishi DATK boshqaruvi raisi tasdiqlagan Yo’riqnoma bo’yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |