222.
Stansiyadan peregonda bir paytda ishlash uchun yagona poezd tarkibida
jo’natilgan xo’jalik
poezdlari, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi ishlar rahbarining
ko’rsatmasiga muvofiq peregonda ajratilishi yoki birlashtirilishi mumkin.
Bunday poezdlarda maxsus o’zi yurar harakat tarkibining mumkin bo’lgan
tarkibi va
joylashtirilish tartibi ishlar rahbari tomonidan yo’l ishlarini bajarishda poezdlar harakati
xavfsizligini ta'minlash bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq belgilanadi.
Stansiyadan bir necha xo’jalik poezdlari birlashtirilib, peregonda ishlash uchun
jo’natilganda, rahbarning ko’rsatmasiga muvofiq har poezd mashinistiga diagonali bo’ylab
qizil tasmali oq blankadagi alohida ruxsatnoma (DU-64 shaklidagi blank) har bir xo’jalik
poezdiga alohida nomer berilishi bilan taqdim etilishi lozim.
223.
Peregonda yoki stansiyalar hududida ishlar bajarilgan paytda xo’jalik poezdlari,
maxsus o’zi yurar harakat tarkibi ishlar rahbari yoki uning vakolatini olgan xodim tomonidan
kuzatib borilishi shart.
DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining ko’rsatmasiga binoan zarur hollarda
xo’jalik poezdlariga bosh konduktorlar tayinlanishi mumkin.
(223-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
224.
Ishlar bajarilishi uchun poezdlar harakatida belgilangan
tanaffusning tugash
vaqtiga kelib ishlar to’liq yakunlanishi, inshoot va qurilmalar poezdlarning bexatar harakatini
ta'minlaydigan holatga keltirilishi hamda zarur bo’lsa, tezlikni kamaytirish signallari va
tegishli signal belgilari qoldirilib, o’zga to’xtash signallari olinishi lozim.
225.
Peregondan
xo’jalik poezdlari poezd dispetcheri bilan avvaldan
muvofiqlashtirilgan ishlar rahbarining ko’rsatmasiga binoan jo’natiladi.
Xo’jalik poezdlarining peregondan qaytishining rejalashtirilgan tartibini poezd
dispetcheri peregonni chegaralovchi stansiyalar navbatchilariga ma'lum qiladi.
Xo’jalik poezdlari, o’zi yurar harakat tarkibining ishi yakunlanganidan so’ng ishlar
rahbari shaxsan yoki qo’l ostidagi xodimlardan biri orqali ish uchastkasining butun hududi
bo’ylab yo’lni yoki ta'mirlanayotgan qurilmalarni ko’rikdan o’tkazishi, normal harakatga
to’sqinlik qiluvchi aniqlangan kamchiliklarni darhol bartaraf etilishini ta'minlashi,
shuningdek, yuklar belgilangan gabaritlar chegarasidan chiqmaganligini tekshirib ko’rishi
shart.
226.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’llik peregonlarda xo’jalik poezdlari
ishlar yakunlanganidan so’ng stansiyaga to’g’ri yo’ldan jo’natilsa,
ularning harakati
mashinistlarda diagonali bo’ylab qizil tasmali oq blankdagi ruxsatnoma (DU-64 shaklidagi
blank) mavjudligidan qat’iy nazar belgilangan tezlikda avtoblokirovka signallari bo’yicha
amalga oshiriladi.
Boshqa
holatlarda
peregondan
ishlab
qaytayotgan
xo’jalik poezdlarining
(birinchisidan mustasno) tezligi 20 km/soat dan oshmasligi, ular orasidagi masofa esa kamida
1 km bo’lishi lozim.
227.
Peregon (yo’l) poezd dispetcherining buyrug’iga ko’ra, ishlarni qaysi tashkilot
bajarganidan qat’iy nazar, yo’l distansiyasi boshlig’i yoki uning vakolatini olgan (lavozimi
yo’l ustasidan past bo’lmagan) xodimdan (yozma shaklda, telefon yoki radio aloqa orqali),
yo’l yoki sun'iy inshootlarda ishlar yakunlanganligi, peregonda xo’jalik poezdlari,
maxsus
o’zi yurar harakat tarkibining yo’qligi (yoki ular ikki yo’llik peregonni to’g’ri yo’lidan
jo’natilganligi), shuningdek, poezdlarning xavfsiz harakatiga boshqa to’siqlar yo’qligi
to’g’risida xabarnoma olinganidan so’ng ochiladi. Xabarnoma poezd dispetcheriga bevosita
yoki yaqin stansiyaning navbatchisi orqali yetkaziladi. Telefon yoki radio aloqa orqali olingan
xabarnomani poezd dispetcheri dispetcherlik farmoyishlari jurnaliga yozib qo’yadi.
Mavjud signalizatsiya va aloqa yoki elektr ta'minoti (agar ularning ishi buzilgan
bo’lsa) qurilmalarining ishi SSB va aloqa katta elektrmexanigi yoki energodispetcherdan
tegishli xabarnoma olinganidan so’ng tiklanadi.
228.
Avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’llik peregonlarda ta'mir
va qurilish
ishlari yakunlanganligi, poezdlar harakatiga to’siq yo’qligi, avtoblokirovkaning sozligi va ish
joyidan barcha xo’jalik poezdlari (maxsus o’zi yurar harakat tarkibi) to’g’ri yo’ldan
jo’natilganligi xaqida xabar olinganidan so’ng, barcha xo’jalik poezdlari (maxsus o’zi yurar
harakat tarkibi) qo’shni stansiyaga yetib kelishini kutmasdan, poezd dispetcheriga peregonni
avtoblokirovka bo’yicha poezdlar harakati uchun ochishga ruxsat etiladi.
229
. Peregonda ishni yakunlab ketma-ket qaytayotgan xo’jalik poezdlari va o’zi yurar
harakat tarkibini stansiyaning bitta yo’liga yoki harakat tarkibi egallagan boshqa yo’lning
bo’sh uchastkasiga qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda peregondan qaytayotgan poezdlar
stansiya yo’lining bo’sh uchastkasiga kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida ushbu
Yo’riqnomaning 265-bandida belgilangan tartibda kiritiladi.
Poezdni stansiyaga kiritishda mashinist o’ta ehtiyotkor bo’lishi va harakatga to’siq
uchragan holda darhol to’xtashga tayyor bo’lishi lozim.
230.
Ikki va ko’p yo’llik peregonlarda yo’llardan biri ta'mir ishlari uchun yopilganda
qolgan bitta yo’l bo’ylab, o’tkazish qobiliyati samaraliroq foydalanish uchun zarur choralarni
(birlashtirilgan poezdlarni o’tkazish, poezdlarni vaqtni taqsimlash
usuli bilan harakatlanishi,
vaqtinchalik avtoblokirovka qurilmalarini qo’llash, vaqtinchalik postlarni ochish va h.z.)
amalga oshirishni hisobga olgan holda poezdlarning harakatlanish tartibi DATK boshqaruvi
raisi tomonidan belgilanadi.
231.
Xususiyatlariga ko’ra yo’lni yopilishini talab etmaydigan yo’l, inshoot va
qurilmalarni ta'mirlash ishlari, odatda, poezdlar o’tadigan vaqt oraliqlarida bajariladi. Bunday
ishlar paytida xavfsizlikni ta'minlash tartibi DATK ning yo’riqnomalarida belgilanadi.
232.
Inshoot va qurilmalarni ta'mirlash ishlari olib borilmayotgan yoki ishlarning
xususiyati peregon (yo’l)ni yopilishini talab etmaydigan peregonlar (peregonlarning
yo’llari)ga xo’jalik poezdlari poezd dispetcherining og’zaki ko’rsatmasiga binoan jo’natiladi.
Ushbu poezdlar peregonga tegishli signalizatsiya va aloqa vositalari uchun ko’zda
tutilgan ruxsatnomalar bo’yicha jo’natiladi.
Ishlar rahbari va mashinistga poezdning stansiyaga kelish (qaytish) vaqti to’g’risida
ogohlantirish taqdim etiladi. Peregonni ogohlantirishda qayd etilgan vaqtdan ortiq muddatga
band etish taqiqlanadi.
Xo’jalik poezdi peregondan chiqishidan avval ishlar
rahbari poezdlarning normal
harakati uchun to’siq yo’qligiga ishonch hosil qilishi lozim.
233.
Ikki yoki ko’p yo’llik peregonlarning yo’llaridan birida, shuningdek, stansiyaning
qabul qilish-jo’natish yoki asosiy yo’llarida maxsus o’zi yurar harakat tarkibi ishlaganda
qo’shni yo’l, yo’l ishlarini bajarishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha
Yo’riqnomada ko’rsatilgan holat va tartibda to’siladi. Ushbu yo’ldan harakatlanadigan
poezdlarga ishlar rahbarining talabnomasiga muvofiq ogohlantirishlar taqdim etiladi.
234.
Ikki yoki ko’p yo’llik uchastkalarda, shuningdek,
stansiyaning qabul qilish-
jo’natish yoki asosiy yo’llarida vagon turidagi qor tozalagich yoki struglar, ballaster,
puteukladchik, ko’tarma kran, shag’al tozalovchi va boshqa mashinalar ishlaganda qo’shni
yo’ldan o’tadigan poezd mashinistlariga quyidagi mazmunda ogohlantirishlar taqdim etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: