harakatga to’siq uchrasa, darhol to’xtashga tayyor holda yuritish, so’ngra avtoblokirovka
signallari bo’yicha harakatlanish xuquqiga ega.
Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda poezd
peregonga kirganidan so’ng mashinist ushbu Yo’riqnomaning 34-bandida ko’zda tutilgan
tartibda harakatlanadi.
Stansiya rezerv boshqaruvida bo’lganda, nosoz chiqish svetoforida poezdni jo’natish
ushbu Yo’riqnomaning 30 va 31-bandlarida ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
68.
Strelkani markaziy pultdan o’tkazishning iloji bo’lmasa,
poezd dispetcheri
strelkalarni tozalovchi xodimni yoki stansiyaning boshqa xodimini chaqirib, strelkani
ko’rikdan o’tkazishni va imkon bo’lsa, boshqaruv buzilishi sababini bartaraf etishni (masalan,
ostryak va rom relsi orasiga tushgan yot jismni olib tashlashni) talab qiladi. Agar tegishli
xodim tashqi ko’rik natijasida strelkani o’tmasligi sababini aniqlay olmasa va bartaraf
etolmasa, dispetcher ushbu strelka boshqa holatga o’tkazilishi lozim bo’lgan marshrutlar
bo’yicha poezdlarni o’tkazishni to’xtatadi, uni ko’rikdan o’tkazish va ta'mirlash
uchun
elektrmexanikni chaqirtiradi, ushbu strelka esa mahalliy boshqaruv pultidan o’tkaziladi yoki
stansiya rezerv boshqaruvga o’tkaziladi.
Strelkani mahalliy boshqaruv pultidan o’tkazishning iloji bo’lmasa, strelka ushbu
Yo’riqnomaning 389-bandida belgilangan tartibda qo’lda boshqaruvga topshiriladi, bu holat
poezd dispetcherining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Navbatchi xodimlar xizmat ko’rsatmaydigan alohida punktlarda strelkalarni ko’rikdan
o’tkazish, zarur hollarda ularni o’tkazish uchun ham DATK boshqaruvi raisi tomonidan
belgilangan tartibda o’tayotgan poezdlarning lokomotiv brigadalari jalb etilishi mumkin.
69.
Strelkali ajratilgan uchastka nosozligi sababli soxta bandlikni ko’rsatsa,
strelkalarning tegishli guruhi mahalliy boshqaruv pultidan o’tkaziladi
yoki stansiya rezerv
boshqaruvga topshiriladi.
70.
Tablo qabul qilish yo’lining sohta bandligini ko’rsatayotganda, shikast
tuzatilgunga qadar poezd dispetcheri, odatda, poezdlarni ushbu yo’lga qabul qilmasligi kerak.
Zarur holatda, stansiya boshlig’i yoki poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifalari
yuklatilgan o’zga xodim orqali qabul qilish yo’lining bo’shligini poezd dispetcheri
tekshirgandan so’ng, uning qayd etiluvchi buyrug’iga binoan, poezd ushbu yo’lga yopiq
kirish svetoforida qabul qilinadi yoki stansiya rezerv boshqaruvga topshiriladi.
Tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi navbatchi xodimlari tomonidan xizmat
ko’rsatilmaydigan
alohida punktlarda, qabul qilish yo’lining bo’shligini tekshirish DATK
boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan tartibda lokomotiv brigadasiga yuklatilishi mumkin.
71.
Bir yoki bir necha stansiyaning kodli boshqaruvi nosozligida poezd dispetcheri
ushbu stansiyalarni rezerv boshqaruvga o’tkazishi lozim. Bunday hollarda ushbu
stansiyalarning yo’llari, strelkalari va svetoforlari holatini nazorat qiluvchi asboblarning
ko’rsatmalariga tayanish taqiqlanadi.
72.
Peregonni chegaralovchi stansiyalardagi avtoblokirovkaning nosozligida,
dispetcherning ko’rsatmasi bo’yicha navbatchilikka stansiya boshliqlari yoki poezdlarni qabul
qilish va jo’natish vazifalari yuklatilgan o’zga xodimlar kirishadilar.
Poezd dispetcherining buyrug’iga binoan avtoblokirovka amal qilishi to’xtatiladi va
poezdlar harakati telefon aloqa vositalari orqali o’rnatiladi. Telefon aloqaga o’tishni
rasmiylashtirishdan avval poezd dispetcheri stansiyalararo peregonning bo’shligini aniqlashi,
stansiyalarni esa rezerv boshqaruvga topshirishi kerak.
Agar, nosoz avtoblokirovkali peregonlar poezdlarni qabul qilish va jo’natish
vazifalarini bajaruvchi navbatchi xodimlar shtati bo’lmagan
alohida punktlar bilan
chegaralangan bo’lsa, toki stansiyaga tegishli xodimlar chaqirtirilgunga qadar, poezd
dispetcheri yo’l va strelkalar holatini nazorat qilayotgan bo’lsa, alohida poezdlarni bo’sh
peregonga bevosita lokomotiv mashinistiga ushbu Yo’riqnomaning 42-bandida belgilangan
shaklda uzatiladigan poezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug’iga binoan jo’natilishi
mumkin. Bunday tartibni qo’llash ruxsat etilgan peregonlar va poezdlar harakati xavfsizligini
ta'minlash bo’yicha talablar DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
73.
Avtoblokirovkani boshqarish asboblari yordamchi rejim dastaklari yoki knopkalari
bilan jihozlangan bir yo’llik peregonlarda, xaqiqatda bo’sh peregon band deb ko’rsatilishi
oqibatida poezd dispetcheri harakat yo’nalishini o’zgartira olmasa va chiqish svetoforini
ocholmasa, avtoblokirovka amal qilishini to’xtatish talab etilmaydi.
Bu holatda peregonning
bandligini aniqlagandan so’ng poezd dispetcheri chegaralovchi alohida punktlarga stansiya
boshliqlarini yoki poezdlarni qabul qilish va jo’natish vazifalari yuklatilgan boshqa
xodimlarni chaqirib, maxsus dastak (knopka) lar yordamida avtoblokirovka yo’nalishini
o’zgartirishga ko’rsatma beradi. Chaqirtirilgan xodimlar plombalarni yechadilar,
avtoblokirovka yo’nalishini o’zgartiradilar va nazorat asboblarining ko’rsatmalari bo’yicha
yo’nalish o’zgarganligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, yordamchi dastak (knopka)larni
normal holatga keltiradilar. Shundan so’ng poezdlar avtoblokirovka bo’yicha poezd
dispetcheri tomonidan jo’natiladi.
Stansiyaga harakat yo’nalishini o’zgartirish bilan bog’liq
vazifalarni bajarish uchun
chaqirtirilishi mumkin bo’lgan xodimlar shtati mavjud bo’lmagan alohida punktlar bilan
chegaralangan ayrim peregonlarda avtoblokirovka bo’yicha yo’nalishni o’zgartirish
yordamchi dastak (knopka) lari bevosita poezd dispetcherining pultida o’rnatilishi mumkin.
Bunday peregonlar ro’yxati va harakat yo’nalishini o’zgartirish bo’yicha poezd dispetcheri
bajaradigan amallar tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Yo’nalishini o’zgartirish imkoni bo’lmagan hollarda avtoblokirovkadan foydalanish
to’xtatiladi.
74.
Ushbu bobda ko’rsatilgan tartib markazlashtirilgan dispetcherlikda poezdlar
harakati va manyovr ishlarini tashkil etishning asosiy qoidalarini belgilaydi.
Ushbu qoidalarga muvofiq har bir uchastka (yo’nalish) uchun konkret sharoitlarni
hisobga olib DATK boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Yo’riqnoma ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: