boshqa xodimlarni, VM ortilgan vagonlar bilan ishlash tartibi xaqidagi mahalliy
Yo’riqnomaga muvofiq, xabardor qilishi shart.
436.
VM bor poezdlarni oraliq stansiyalarda lokomotivsiz qoldirish taqiqlanadi.
Favqulodda holatlarda (avariya holatlari yuzaga kelganda) VM bor poezd tarkibi
DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’ining yozma buyrug’i bo’yicha
oraliq
stansiyada lokomotivsiz qoldirilishi mumkin. Bunda DATK tashishlarni tashkil qilish
boshqarmasi rahbarlari va xodimlari vaqtincha qoldirilgan VM li tarkibni jo’natishni tezlatish
bo’yicha barcha zarur choralarni ko’rishlari shart. Poezd tarkibida VM bo’lsa, ularni oraliq
stansiyada lokomotivsiz qoldirish mumkinligini temir yo’llarda xavfli yuklarni tashish
qoidalariga muvofiq yuklarni kimga tegishli ekanligiga qarab kelishiladi:
agar yuk O’zbekiston Respublikasining Mudofaa Vazirligiga tegishli bo’lsa - temir
yo’l uchastkasi va stansiyaning harbiy komendanti bilan;
agar yuk O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligiga, Milliy Xavfsizlik Xizmati,
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi IIV ichki qo’shin qorovullari bilan qo’riqlanadigan
boshqa vazirlik, idora, tashkilotlarga tegishli bo’lsa - O’zbekiston
Respublikasi IIV maxsus
tashishlar bo’limi bilan.
Poezdlarda DATK harbiylashtirilgan qo’riqlash tomonidan qo’riqlanadigan VM
vagonlari bo’lganida, bu xaqda poezd dispetcheri, eng yaqin harbiylashtirilgan qo’riqlash
bo’linmasi (qorovul) boshlig’ini (uchastkasida stansiya joylashgan) xabardor qiladi.
437.
Harakatlanish vaqtida harbiylashtirilgan qo’riqlash kuzatuvidagi VM ortilgan
ayrim vagonlarda, shuningdek, maxsus harakat tarkibi (sxema) seksiyalari, harbiy transport va
eshelonlar tarkibiga kiruvchi vagonlarda aniqlangan texnikaviy va tijorat nosozliklar o’z
xususiyatlari va ish sharoitlariga bog’liq ravishda, ushbu vagonlarni ajratgandan so’ng
ixtisoslashtirilgan alohida yo’llarga o’tkazilib yoki tarkibdan ajratmasdan bartaraf etilishi
mumkin.
Stansiyalarda harbiylashtirilgan qo’riqlash bilan qo’riqlanayotgan vagonlar guruhidan
texnikaviy va tijorat nosozliklariga ko’ra ayrim xavfli yuklar ortilgan vagonlar faqat ular
qo’riqlansagina ajratilishi mumkin. Aks holda harbiylashtirilgan qo’riqlash naryadi
qo’riqlayotgan vagonlar guruhi to’lig’icha ajratiladi. Stansiya navbatchisi
harbiylashtirilgan
qo’riqlashning qo’shimcha naryadini chaqirtirishi va u yetib kelganidan so’ng ajratmaning soz
vagonlarini manziliga jo’natishi shart.
Harbiy transportdan, shuningdek, harbiy qorovul yoki yuk jo’natuvchi (yuk qabul
qiluvchi)ning mutaxassislari kuzatib borayotgan vagonlar guruhidan vagonlarni ajratish
taqiqlanadi. Nosozliklarni bartaraf etish yoki yuklarni soz vagonlarga qayta ortish uchun
transport (vagonlar guruhi) to’lig’icha ushlab qolinadi, bu to’g’rida stansiya boshlig’i YaDM
ning yo’nalish bo’yicha navbatchisiga xabar berishi lozim.
Transport ushlab qolingani
to’g’risida stansiya boshlig’i belgilangan tartibda temir yo’l uchastkasi va stansiya harbiy
komendantini xabardor qilishi shart. Ta'mir yakunlanganidan yoki yuklar qayta ortilgandan
so’ng vagonlar ushlab qolingan transport (vagonlar guruhi) tarkibiga qo’shilishi va
belgilangan manzilga jo’natilishi lozim.
Xavfli yuklarni tashish uchun mo’ljallangan maxsus harakat tarkibi seksiyalari,
shuningdek, maxsus tuzilgan seksiyalar tarkibiga kiruvchi vagonlarni ajratib ta'mirlash zarur
bo’lsa, bunday vagonlar faqat yuklarni kuzatib borayotgan mutaxassis, qorovul boshlig’ining
roziligi bilan va kuzatuvi ostida seksiya va sxemadan ajratilishi va ta'mir yo’llariga
o’tkazilishi mumkin. Bu holatda ajratilib ta'mirlashni talab qiladigan vagon aniqlangan
seksiya (sxema) tarkibi to’lig’icha ushlab qolinadi. Ta'mirlangan
vagonlar seksiya
(sxema)ning tegishli joyiga qo’yillishi lozim. Agar seksiya (sxema)dagi bo’sh vagon
texnikaviy nosozlik oqibatida belgilangan manzilgacha harakatlana olmasa, yuklarni kuzatib
borayotgan mutaxassis yoki qorovul boshlig’ining talabnomasiga binoan seksiya (sxema)dan
ajratilib, tegishlicha rasmiylashtirilgan tashish hujjatlari bo’yicha yangi manzilga yuborilishi
mumkin.
Ko’rsatilgan barcha holatlarda ushlab qolingan harbiy transportga,
maxsus harakat
tarkibi seksiya (sxema)lariga tegishli vagonlar, shuningdek, DATK harbiylashtirilgan
qo’riqlashi, harbiy qorovul, yuk jo’natuvchi (yuk qabul qiluvchi)ning mutaxassislari
kuzatuvidagi vagonlar guruhi ushbu Yo’riqnomaning 440-bandi
talablariga muvofiq
stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’zda tutilgan xavfli yuklar (VM) ortilgan
vagonlar turishi uchun mo’ljallangan yo’llarga qo’yiladi.
Xavfli yuklar (VM) ortilgan vagonlar va tarkiblarga texnikaviy va tijorat xizmati
ko’rsatish tartibi DATK tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: