O’zbyekiston ryespublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 51,68 Kb.
bet6/10
Sana02.07.2021
Hajmi51,68 Kb.
#107647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
boshlangich sinf darslarida insoniy fazilatlarni singdirish muammolarii

Iroda - odamning ichki va tashqi intilishlari, imkoniyat va salohiyatini maqsad yo’lida safarbar etish, qat’iyat bilan harakat qilish, sinov va mashaqqatlarni yengib o’tishga, har qanday sharoitda ham ruhiy muvozanatni saqlashga asos bo’ladigan ma’naviy fazilat. Odam iroda tufayli turli havoyi, keraksiz hoyu-havaslardan voz kechadi, o’z hayot yo’lini belgilab oladi. Iroda inson ma’naviy faoliyatining yuksak bosqichi bo’lib, uning har qanday

murakkab vaziyatda ham o’z sha’niga munosib holda aql-idrok, aql-zakovat bilan ish tutishga undaydi. Iroda orqali inson o’z xohish-istaklari, xatti- harakatlarini qat’iy nazorat qilib turadi, turli ma’naviy va moddiy qiyinchiliklarga bardosh beradi. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat



  • yengilmas kuch” asarida iroda haqida to’xtalib, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Bu hayotda odam ba’zan o’zini yo’qotib qo’yadigan g’oyat murakkab muammolarga duch keladi. Keskin vaziyatdan chiqishning iloji yo’qdek tuyuladigan holatlar bor. Shunday paytda, ishda va hayotda, jamiyatda og’ir savdolarga duch kelganda kim o’zining yo’lini yo’qotmasligi mumkin? O’ylaymanki, birinchi navbatda o’z kuchiga ishongan, ruhiy dunyosi, ma’naviy olami baquvvat bo’lgan odamgina bunday vaziyatdan yorug’ yuz bilan chiqa oladi. Ma’naviy boylik shunday paytda odamga katta kuch va madad beradi. Shu ma’noda, insonning ma’naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham kuchayib boradi, desak, yanglishmagan bo’lamiz. Iroda — bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o’ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o’z zimmasiga olishdan qo’rqmaydi. Shuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo’lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo’lidan kelgancha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi. Lekin birovning hayotiga, yon-atrofda sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarga betaraf va beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi bo’lib yashaydigan odamdan qo’rqish kerak. Ulardan hyech qachon yaxshilik chiqmaydi. Chunki ularda na iymon, na iroda bo’ladi. Ular hatto o’z xalqi va Vatani taqdiriga ham bamisoli begona odamdek qaraydi” (“Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”, 123-b.). Darhaqiqat bu murakkab va qaltis zamonda yo’limizda og’ir sinov va to’siqlar duch kelganda, ular qarshisida chorasiz qolganda, mislsiz mashaqqatlar holdan toydirganda biz kuch-qudratni qayerdan olamiz? Eng avvalo Alloh taoloning bizga ko’rsatayotgan marhamatidan olamiz. Mana shunday vaziyatlarda bizga metin

iroda, sabot-matonat baxsh etadigan buyuk va cheksiz yana bir manba bor. Bu manba — ulug’ ajdodlarimizning qonimizda jo’sh urayotgan azmu shijoatidir. Bu manba — Imom Buxoriydek mumtoz bobolarimiz dahosining hayotbaxsh qudratidir. Bu manba — ularning bizga hamisha madadkor bo’ladigan o’lmas ruhi poklaridir, deb uqtiradi Yurtboshimiz. Psixologik n.nazardan insonning turli qiyin va murakkab vaziyatlarda mardlik ko’rsatishi ham bevosita uning I.siga bog’liq. Sh.u. ham I.ni tadqiq etishda psixologiya fanida avtogenetik (V.Vundt, N.Ax, I.Lindvorskiy) va geterogenetik naz-ya alohida o’rin tutadi. Ba’zi xorijiy olimlarning (I.F.Gerbart, K.Erenfels, E.Myoyman) tadqiqotlarida I.ning tafakkur va hissiyot bilan chambarchas bog’liq ekani alohida qayd etiladi. G’arb ilm-fanida nemis faylasufi Artur Shopengauer « iroda falsafasining» asoschisi sifatida e’tirof qilinadi. Vaholanki, iroda masalasi Sharqda, xususan, O’.O.dagi mavjud tarixiy manbalar va buyuk allomalar merosida yuksak darajada ta’rif va tasnif etilgan. Jumladan, «Avesto»da iroda tangrining inson qalbidagi tajassumi sifatida talqin qilingan. Sh-dek, islomda ilohiy adolat insonning iroda erkinligini taqozo etishi uqtirilib, Allohning odilligi uning faqat "eng yaxshi" (al–aslah) narsalarni qilish, dunyoning tartibini hyech qachon buzilmaslik hamda barcha uchun barobar ekanida namoyon bo’lishi ta’kidlanadi. Deyarli bir yarim asr mobaynida adolatsizlik, o’zgalar xohish-I.sining zo’rlab qabul qildirilishi bilan bog’liq xo’rlik va zulm azoblarni boshdan kechirgan xalqimiz mustaqillikka erishib, o’z xohish-I.si bilan yashash, qonunlar qabul qilish, o’z parlamenti, hkumati va prezidentini saylash baxtiga muyassar bo’ldi. Bosiqlik, kamtarinlik, kamsuqumlik, mehnatkashlik, bag’rikenglik kabi xalqimizga xos bo’lgan ko’plab ezgu fazilatlar ko’proq I. kuchi natijasida yuzaga keladi. El-yurtimiz biron bir qaror qabul qilishdan oldin atroflicha o’ylab, ko’pchilik bilan maslahatlashib, xalqimiz ta’biri bilan aytganda “yetti o’lchab, bir kesib”, keyin aniq bir xulosaga keladi. Bu esa hayotda yengil-yelpi gaplarga uchmasdan, aniq maqsadlarni ko’zlab, qat’iyat bilan yashashga asos bo’ladi. Inson I.sining yuksak ma’naviy ko’rinishi mardlik

hisoblanadi. Mard kishi boshqalarni aldamaydi. Unda o’riyat va g’urur kuchli bo’ladi. Chunonchi, ma’rifatparvar ajdodimiz Abdurauf Fitrat “Oila” risolasida iroda masalasiga alohida to’xtalib, ota-onalarni farzandini irodali qilib tarbiyalashga da’vat etadi. U iroda tarbiyasining to’rt banddan iborat bosqichini taklif etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda ota-onaning nazorati va cheklovi emas, balki bolaga beriladigan muayyan erkinlik muhim ekanini ta’kidlaydi. Ma’naviyat, uning uzviy qismi bo’lgan iroda inson qalbida kamol topishi uchun kishi qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak. Chunki mehnat



  • eng buyuk tarbiyachi. U I.ni mustahkamlaydi. Xalqimizning xotirasi Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari farzandlari irodasi baquvvat bo’lgani uchun o’z faoliyat sohalarida mislsiz yutuqlarga erishganlar. irodali odamda maqsad va faoliyat izchilligi kuzatiladi. Oldinga qo’yilgan maqsadga erishishga bo’lgan ishonch irodaning muhim kuchi, bosh mezonidir. Qat’iy ishonch maqsad yo’lidagi qiyinchiliklarni yengish uchun ma’naviy asos yaratadi. Har bir jamiyat taraqqiyoti, uning ilg’or g’oyalarini amalga oshishi mazkur jamiyat a’zolarining I.siga bog’liq. Shunung uchun ham xalq va millat irodasini shakllantirishga, iroda tarbiyasiga ajdodlarimiz azaldan katta e’tibor qaratgan. Irodali bo’lish e’tiqodli bo’lish bilan chambarchas bog’liq. Chunki hayotda ma’lum bir qarash va ta’limotlar, e’tiqodlarning g’oyaviy asosini yaratib beradi. E’tiqodning zaif yoki mustahkamligi, umuminsoniy va milliy manfaatlarga mos kelishi yoki kelmasligi ham irodaning mustahkam bo’lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixdan ma’lumki, daho zotlar, umuman o’zini shaxs sifatida namoyon eta olgan barcha insonlar kuchli iroda egasi bo’lgan. Ular o’zida xatti- harakatini ongli ravishda tartibga solish va ko’zlangan maqsadi yo’lidagi har qanday to’siqlarni bartaraf etish layoqatini shakllantirgan. Negaki, bu hayotda men shuni xohlayman, degan bilan ish bitmaydi. Irodali odam shu ishni bajarishim shart, deb o’z oldiga qat’iy vazifa qo’yadi va uni amalga oshirish

uchun dadillik bilan kirishadi. Hozirgi kunda odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilib tarbiyalash ustuvor vazifa hisoblanadi. Buning uchun esa ularda o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat kilish kabi fazilatlarini qaror toptirish lozim. Ular kuchli iroda egasi bo’lishi lozim. Shundagina ularni hyech qanday zararli oqimlar, vayronkor kuchlar yo’ldan ura olmaydi. Shu ma’noda, iroda barkamol avlod va komil insonning shakllanishida muhim o’rin tutadi. M.Qarshiboyev, M.Usmonov, D.Bozarov

O’quuvchilarda insoniy fazilatlar tarkib toptirilishi uchun ularda quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi nazarda tutilgan:



- odobli bo’lishga intilish xissi;

  • insoniy fazilatlarni o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoj;

  • salom-alikning mohiyatini bilish va unga amal qilish;

  • myehir va muruvatli bo’lishning afzalliklarini his etish;

  • izzat-hurmat ko’rsata olish uquviga ega bo’lish;

  • saranjom-sarishtalikka rioya qilish;

  • o’z mulki va davlat mulkiga munosabat bildirish;

  • savob va gunoh so’zlarining lug’aviy ma’nosini bilish va amaliyotda ularga e’tibor qilish;

  • “siz” va “syen” so’zlarining farqini bilish, sizlab gapirishni odat qilish;

  • yaxshilik va yomonlikni farqlash, yaxshilik qilishga o’rganish;

  • ajdodlarimiz hayotiga qiziqish bilan qarash, ular ruhini shod etishga o’rganish;

  • oilani muqaddas dyeb bilish, uning shanini yuqori ko’rsatishga intilish;

  • tyejamkorlik fazilatini amaliy o’rganish;

  • iltifot ko’rsata bilish;

  • halollikni odat qilish;

  • mfehnat qadrini bilish, mehnatsevarlikni ulug’lash;

  • komil inson tushunchasini farqlash, komillikka intilish;

  • Vatan va vatanparvarlik uchun kurashish;

  • ogohlik sababi nimada ekanligini bilish;

  • tabiatga oqilona munosabatda bo’lish myezonlarini o’zlashtirish;

  • o’qib, uqib olganlarini hayotga tadbiq qila olish.

Boshlang’ich ta’limda milliy-ma’naviy qadriyatlarni, insoniy fazilatlarni odobnoma darslari orqali boshlang’ich sinf o’quvchilariga singdirish muammosi bilan profyessor O.Hasanboyeva bir necha yillardan buyon samarali mehnat qilib kyelmoqda.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga insoniy fazilatlarni intyegrativ yondashuv orqali milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’rgatish muammosi bilan profyessor R.Mavlonova samarali ijod qilib kelmoqda.

Bugungi kunda ota-bobolarimizdan myeros sifatida qoldirilgan ulkan boy ma’naviy boyliklarni o’qish kitobi orqali o’quvchilarga o’rgatishda A.Shojalilov, G.Toshmatova, S.Matjonov, Sh. Sariyevlar ilmiy izlanishlar olib borib ularning samaralarini darsliklarda aks ettirmoqda.


Download 51,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish