О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


§ 7.2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari



Download 2,2 Mb.
bet61/126
Sana14.02.2023
Hajmi2,2 Mb.
#910930
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126
Bog'liq
Jahon iqt

§ 7.2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
Jaҳon iqtisodiyotida xalqaro valyuta tizimi dinamik rivojlanib boruvchi tizimdir. U evolyuцion rivojlanish bosqichlarda doimo о‘zgaradi va rivojlandi. О‘zining evolyuцion rivojlanishida Xalqaro valyuta tizimi tо‘rtta xalqaro valyuta tizimlarini о‘zida namoyon qiluvchi tо‘rt bosqichni bosib о‘tgan.
Xalqaro valyuta tizimida oltin standart dyeb ataluvchi birinchi tizim stixiyali ravishda XIX asr oxirida vujudga kyeldi. Unda qator davlatlarning valyutalari о‘z davlatlarining ichki bozorida erkin ravishda oltinga tyenglashtirilgan. Oltin standart tizimi quyidagilar bilan ajralib turgan:
- valyuta birligi ma’lum miqdorda oltin qiymatiga egaligi bilan;
- valyutaning oltinga konvyertaцiyalanishi aloҳida bir davlatning ichida ҳam tashqarisida ҳam ta’minlanganligi bilan;
- oltin quymalar erkin ravishda tangalarga almashtirilishi mumkin, oltin erkin eksport va import qilinadi, xalqaro oltin bozorlarida sotilishi bilan;
- milliy oltin zaҳirasi va ichki pul taklifi о‘rtasida kuchli nisbatning saqlanishi bilan.
Oltin standartga asoslangan xalqaro ҳisob-kitoblar myexanizmi qayd qilingan kursni о‘rnatadi. Oltin tanga, oltin yombi, oltin dyeviz standartlari oltin standartning turlaridir. Oltin standartning bir turidan ikkinchisiga evalyuцion о‘tishi xalqaro kapitalistik tizimining rivojlanishi mobaynida rо‘y byergan edi.
Kapitalistik xо‘jalik faoliyatining asta-syekin murakkablashuvi, jaҳon xо‘jaligi aloqalarining kyengayishi va chuqurlashishi, davriy rо‘y byerib turgan iqtisodiy inqirozlar iqtisodiyotni tartibga solishni, davlatning iqtisodiy jarayonlarni boshqarishga aralashuvini kuchaytirishni ob’yektiv zaruriyatga aylantirdi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kuchayib borishi bilan erkin raqobatchilik kapitalizm rivojlanishining alomatlariga javob byeruvchi oltin standarti myexanizmi bilan aniqlanadigan valyuta kurslari tizimlari ҳam о‘zgara boshladi.
Ikkinchi tizim - oltin-dyeviz standarti Gyenuya konfyeryenцiyasi (1922 y.) qarorlari natijasida vujudga kyeldi. Kyeyinchalik u kо‘pchilik kapitalistik davlatlar tomonidan tan olindi. Bunda banknotalar oltin emas, balki kyeyinchalik oltinga almashtirilishi mumkin bо‘lgan boshqa davlatlar dyeviziga (banknota, vyeksyelь, chyeklar) almashtirilgan. Dyeviz valyuta sifatida dollar va funt styerling tanlandi. Oltin-dyeviz standarti amalda tartibga soluvchi valyuta kurslari standarti tizimini oltin valyuta standarti tizimiga о‘tish bosqichi bо‘ldi. Oltin-valyuta standarti tizimi 30-yillarda tashkil topdi va 50-yillar oxirida tо‘liq shakllandi. Bu tizim sharoitida kog‘oz pullar oltinga almashtirilmaydigan bо‘ldi. 1944 yilda bо‘lib о‘tgan Bryetton-Vuds (AQSH) xalqaro konfyeryenцiyasida bu tizim ҳuquqiy maqomni oldi. Bryetton-Vuds valyuta tizimining о‘ziga xos tomonlari quyidagilardan iboratdir:
- oltin davlatlar orasida yakuniy pul ҳisob-kitoblari funkцiyasini saqlab qoldi;
- oltin bilan bir qator turli davlatlar valyutalari qiymati о‘lchovi, shuningdyek tо‘lovning xalqaro kryedit vositasi sifatida tan olingan AQSH dollari ryezyerv valyuta bо‘ldi;
- dollar boshqa davlatlarning markaziy banklari va ҳukumat idoralari tomonidan AQSH xazinasida 1 troya unцiyaga (31,1g.), ya’ni 35 dollarga tyeng bо‘lgan kurs (1944 i) bо‘yicha oltinga almashtirilgan. Bundan tashqari ҳukumat organlari va xususiy shaxslar oltinni xususiy bozorda sotib olishlari ҳam mumkin bо‘lgan. Oltinning valyuta qiymati rasmiy qiymat asosida shakllanib bordi va u 1968 yilgacha syezilarli о‘zgarmadi;
- valyutalarni bir-biriga tyenglashtirish. Ularning о‘zaro almashuvi oltin va dollarda byelgilangan rasmiy valyuta parityetlar asosida amalga oshirilgan;
- ҳar bir davlat о‘z valyutasining boshqa valyutaga nisbatan kursini barqaror saqlashi kyerak bо‘lgan. Valyutalarning bozordagi kurslari qayd qilingan oltin yoki dollar parityetidan u yoki bu tomonga 1% dan ortiq о‘zgarmasligi kyerak edi. Parityetlarning о‘zgarishi tо‘lovlar balansining doimiy buzilishi sodir bо‘lganda amalga oshirilishi mumkin bо‘lgan;
- valyuta munosabatlarini davlatlararo tartibga solish asosan Bryetton-Vuds konfyeryenцiyasida tashkil qilingan Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) orqali amalga oshirildi. U a’zo davlatlar tomonidan rasmiy valyuta parityetlari, kurslari va о‘zaro erkin valyuta almashtirishga amal qilishlari ta’minlangan.
Bryetton-Vuds kyelishuvi xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini eng muҳim bosqichi ҳisoblanadi. Birinchi marta xalqaro valyuta tizimi ҳukumatlararo kyelishuvlarga asoslana boshladi. Oltin-dollar standarti tizimini mustaҳkamlagan Bryetton-Vuds tizimi xalqaro savdo oborotining kyengayishda, sanoati rivojlangan davlatlar ishlab chiqarishining о‘sishida ҳam muҳim rol о‘ynadi.
60-yillarning oxiriga kyelib Bryetton-Vuds tizimi jaҳon xо‘jaligining kuchayayotgan baynalminallashuvi bilan, transmilliy korporaцiyalarining valyuta soҳasidagi faol chayqovchilik faoliyati bilan qarama-qarshi chiqa boshladi. Oltin-dollar standarti ryejimi amalda asta-syekin dollar standarti tizimiga aylana boshladi. SHu bilan birga 60-yillar oxirida dollarning jaҳondagi mavqyei G‘arbiy YEvropa davlatlari va YAponiyaning iqtisodiy quvvati va ta’sir doirasini oshishi natijasida syezilarli yomonlashdi. AQSHdan tashqaridagi dollar zaҳiralari jaҳon iqtisodiyotida juda katta summada bо‘lib, yirik yevrodollar bozorini tashkil qilgan edi. AQSH tо‘lov balansining kamomadi (dyefiцiti) mumkin bо‘lgan normalardan ortib bordi. Bryetton-Vuds tizimining dollarni oltinga aylantirish ҳaqidagi talabi AQSH uchun og‘irlik qilib qoldi, chunki о‘z zaҳiralari ҳisobidan oltinning past narxini saqlab turishi kyerak edi. 70-yillar boshida Bryetton-Vuds tizimi amalda о‘z faoliyatini tо‘xtatdi. AQSH dollarni oltinga rasmiy narxlarda almashtirishdan bosh tortdi. Natijada jaҳon bozorlarida oltinning baҳosi kyeskin kо‘tarilib kyetdi.
1976 yilda Kingstonda (YAmayka) bо‘lib о‘tgan XVFning navbatdagi majlisida dunyoda xalqaro valyuta tizimining asoslari aniqlandi. YAmayka kyelishuvidan kyelib chiqqan ҳolda xalqaro valyuta myexanizmini tashkil etuvchilar dyeb quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:
1. Oltinning qiymat о‘lchovi va valyuta kurslarini ҳisoblashning boshlang‘ich nuqtasi sifatidagi vazifasi byekor qilindi. Oltin erkin narxli oddiy tovarga aylanadi. SHu bilan bir qatorda u aloҳida likvidli tovar bо‘lib ҳam qoldi. YA’ni, zarur bо‘lganda oltin sotilishi mumkin, olingan valyuta esa tо‘lov uchun ishlatilishi mumkin bо‘lib qoldi.
2. Asosiy zaҳira valyuta qilish va boshqa ryezyerv valyutalarning rolini kamaytirish maqsadida SDR (Special drawing rights - SDR) - “maxsus о‘rnini olish ҳuquqi” standarti kiritildi.
3. Davlatlarga valyuta kursining xoҳlagan ryejimini tanlab olish ҳyquqi byerildi. Davlatlar о‘rtasidagi о‘zaro valyuta munosabatlari ularni milliy pul birliklarining suzuvchi kursiga asoslanadigan bо‘ldi.
Xalqaro moliyaviy qonunlarda kurslarning о‘zgarishi ikki asosiy omil bilan byelgilanadi:
a) davlatlarning ichki bozorlarida valyutalarning ryeal qiymatlari nisbati bilan;
b) xalqaro bozorlarda milliy valyutalarga bо‘lgan talab va takliflar nisbati bilan.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish