2.3.1-a rasm. Savdo bо‘lmagan sharoitdagi muvozanat (О‘zbyekiston).
2.3.1-b rasm. Savdo bо‘lmagan sharoitdagi muvozanat (YAponiya).
1-b rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i esa YAponiya о‘zi nisbiy ustunlikka ega bо‘lgan 2-tovarning har bir qо‘shimcha birligini ishlab chiqarishni ta’minlash uchun borgan sari ortib boruvchi 1-tovar birligidan voz kyechishga majbur bо‘lishini kо‘rsatmoqda.
@ Transformaцiyaning chyegaraviy mye’yori (marginal rate of transformation) — 1-tovarning qо‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kyechiladigan 2-tovar soni.
О‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori (marginal rate of substitution) — mavjud istye’mol darajasining saqlanib qolishi ta’minlangan holda 1-tovarning qо‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kyechiladigan 2-tovar miqdori.
Xalqaro savdo quyidagi jihatlar bilan xaraktyerlanadi:
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i har bir mamlakatda turlicha, bu ularda о‘zaro savdoga kirishishga ishtiyoq tug‘diradi;
Agar ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i mos kyelsa, ya’ni ishlab chiqariladigan tovarlar nisbati har ikki mamlakatda bir xil bо‘lsa, о‘zaro savdo istye’molchilarning didi va istaklaridagi farqqa asoslanadi, bu esa juda yaqin mamlakatlarda ham hyech qachon tо‘liq mos kyelmaydi;
Taklif transformaцiyaning chyegaraviy mye’yori, talab esa о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori bilan aniqlanadi;
Xalqaro savdo amalga oshadigan muvozanat narxi tovarga bо‘lgan jahon nisbiy talabi va jahon nisbiy taklifi bilan aniqlanadi.
Mamlakatlar bir-biri bilan savdo munosabatlariga kirishguncha bо‘lgan muvozanat transformaцiyaning chyegaraviy mye’yori (taklif) va о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori (talab) о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir orqali о‘rnatiladi. О‘zbyekistonning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori egri chizig‘i (I) bilan A nuqtada tutashgan, ushbu nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga etadi – О‘zbyekiston о‘zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlarni maksimal miqdorda istye’mol qiladi. YAponiyaning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i esa о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori egri chizig‘i (I*) bilan A* nuqtada tutashgan, ya’ni ushbu A* nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga etadi – YAponiya о‘zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlarni maksimal miqdorda istye’mol qiladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘lari va о‘rnini qoplashning chyegaraviy mye’yori egri chizig‘lari shaklining har xilligi tufayli 1- va 2-tovarlarning О‘zbyekiston va YAponiyada (A va A*) turlicha bо‘ladi. 1-tovarning nisbiy muvozanat narxi О‘zbyekistonda A nuqtadan о‘tuvchi tо‘g‘ri chiziq bilan ifodalan va u 2-tovarning 1/4 birligiga tyeng, ya’ni PA = P1/P2 = 1/4
YAponiyada esa ushbu narx A* nuqtadan о‘tuvchi tо‘g‘ri chiziq bilan ifodalangan bо‘lib, bu nisbiy narx 2-tovarning 4 birligini tashkil etadi: PA* = P1/P2 = 4
SHu narsa aniq ravshanki, Pa/A < P*a/A* bо‘lgani bois О‘zbyekiston 1-tovar, YAponiya esa 2-tovar bо‘yicha nisbiy ustunlikka ega. Ishlab chiqarishning maksimal hajmi (V)ga har ikki mamlakatda A va A* nuqtalarda erishiladi, Q1 va Q2 1- va 2-tovarlarni ishlab chiqarish miqdorini ifoda etadi:
P1xQ1+P2Q2 = V
Savdo boshlangandan sо‘ng 1-tovar bо‘yicha nisbiy ustunlikka ega bо‘lgan, shuning uchun ushbu tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvchi О‘zbyekiston 2-tovar ishlab chiqarishini qisqartirgan holda 1-tovar ishlab chiqarishini kyengaytiradi, binobarin ishlab chiqarish nuqtasi A ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i bо‘ylab pastga qarab kо‘chadi. YAponiya esa 2-tovar bо‘yicha nisbiy ustunlikka ega, shuning uchun u ushbu tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi hamda 1-tovar ishlab chiqarishini qisqartirgan holda 2-tovar ishlab chiqarishini kyengaytiradi, о‘z navbatida ishlab chiqarish nuqtasi A* ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i bо‘ylab yuqoriga qarab kо‘chadi (2.3.2.-a va 2.3.2.-b rasmlar). Bu jarayon har ikki mamlakatdagi nisbiy narxlar tyenglashgungacha davom etadi. YAngi nisbiy narx RA= 1/4 va RA* = 4 orasida joylashadi. Bizning vaziyatda bu narxni ifoda etuvchi chiziq О‘zbyekistonda B, YAponiyada B* nuqtalar orqali о‘tadi va RV=RV*=1 ga tyeng bо‘ladi. Mana shu holatda nisbiy ustunlik nazariyasi о‘z nihoyasiga etadi. Standart modyel ortib boruvchi о‘rnini qoplash xarajatlarini hisobga olgan holda bu nazariyani boshqacharoq talqin etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |