2.3.3.-rasm. Savdo sharti.
I mport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig‘ining joylashuvi esa tyeskari bog‘liqlikni kо‘rsatadi: importning nisbiy narxi kо‘tarilganda, import qilinayotgan tovarlarga nisbiy talab kamayadi. Import qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig‘i va eksport qilinayotgan tovarlar nisbiy taklifi egri chizig‘ining kyesishishi natijasida A nuqtada vujudga kyeluvchi nisbiy narx (Px/Pim) bu tovarlarning Qx/Qim nisbiy miqdorida savdo shartlarini ifodalaydi.
Savdo shartlari har bir mamlakatning eksporti va importi о‘zaro taklifi va о‘zaro talabi nisbatini ifodalaydi. Ular har bir mamlakatning eksport va import narxlari indyeksi nisbati nyegizida hisoblanadi va mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati, jumladan tashqi savdo siyosati uchun muhim yо‘naltiruvchi hisoblanadi. ToT=100 eksport va import narxlarining tyengligini bildiradi. Savdo shartlari indyeksining о‘sib borishi (ToT>100) mamlakat eksporti jami narxi import jami narxiga nisbatan ortganda har bir eksport qilingan tovar uchun yanada kо‘proq import tovarlar sotib olish mumkin bо‘lishini kо‘rsatadi. Avvalgidyek ekport miqdori hisobiga kо‘proq import hajmiga ega bо‘lish imkoniyati mamlakat farovonligini oshiradi. Savdo shartlari indyeksining kamayib borishi (ToT<100) mamlakat importi jami narxi eksport jami narxiga nisbatan ortganda har bir eksport qilingan tovar uchun yanada kamroq import tovarlar sotib olish mumkin bо‘lishini kо‘rsatadi. Avvalgidyek ekport miqdori hisobiga kamroq import hajmiga ega bо‘lish oqibatida mamlakat farovonligi pasayadi.
Nisbiy talab va taklifning bu nisbati har qanday alohida olingan tovar uchun ham, butun mamlakat bо‘yicha ham tо‘g‘ri bо‘ladi. Nisbiy talab va nisbiy taklif egri chizig‘idagi har qanday siljishlar yoki iqtisodiy о‘sish, yoki mamlakatlar о‘rtasida daromadning qayta taqsimlanishi paramyetrlarining о‘zgarishiga olib kyeladi. SHuning uchun savdo shartlarini iqtisodiy kо‘rsatkich sifatida quyidagi asosiy kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin:
• Tovar yoki sof bartyer savdo shartlari (commodity, net barter terms of trade) — ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining yoki barcha tovarlar bо‘yicha eksport va import narxlari indyekslarining nisbatidir.
ToT = Px/Pim
• Daromadni ifodalovchi savdo shartlari (income terms of trade) — mamlakatning jami eksportdan kyelgan tushum hisobiga qancha tovar import qila olishi salohiyatini kо‘rsatuvchi indyeks. Bu indyeks tovar savdo shartlarini eksportning miqdor indyeksi (Qx)ga kо‘paytirish orqali hisoblanadi. Bu indyeksning о‘sishi eksportdan tushumni ortishi hisobiga import qilish salohiyati ortishini kо‘rsatadi.
ToT = (Px/Pim) x Qx
• Omillar bilan bog‘liq savdo shartlari (factor terms of trade) — import narxlarini bir yoki bir nyecha ishlab chiqarish omillarining samaradorligi bilan bog‘lovchi, eksport tarmoqlarida samaradorlikni bir birlikka oshishi hisobiga qancha miqdorda qо‘shimcha import qilish mumkinligini kо‘rsatuvchi indyeks. Bu kо‘rsatkich tovar savdo shartlarini eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indyeksiga (Qx) yoki ushbu mamlakatda eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indyeksini import qilinayotgan mamlakat eksport tarmoqlaridagi samaradorlik indyeksiga nisbatiga (Qx/Qim) kо‘paytirish orqali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |