99
minimal kattaligi oshadi. Shu tarzda, effektor tartibga solish jarayoni
ko‘proq qo‘llaniladi, bu bajariladigan harakatlarning aniqligida aks etadi.
Muskul faolligini boshqarish tizimi ishining ushbu xususiyatlaridan
sportchi aniq harakatlar samaradorligini oshirish uchun quyidagi tarzda
foydalanishi mumkin. Imkon qadar kamroq kuch sarflash bilan aniq
harakat vazifalarini hal etishga intilish kerak.
Ma’lumki,
muskul
kuchlanishi
qiyin
differensiyallanadi,
ta’kidlanganidek, muskul bo‘g‘in retseptorlari bog‘ichlarda va bo‘g‘in
xaltachalaridan alohida bo‘ladi. Bog‘ichlarda Goldji tugunlari joylashgan
(paylarning Goldji retseptori bilan adashtirmaslik kerak). Ular bo‘g‘in
a’zolarining holati to‘g‘risida ma’lumot beradi va muskul kuchlanishlari
kattaligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bo‘g‘in qobig‘ida Ruffini va Fater-Pachini gavdachasi joylashgan.
Ruffini retseptor tugallanishlari bo‘g‘in burchagidagi o‘zgarishlar tezligi
va yo‘nalishi, o‘zgarishlar holati to‘g‘risida ma’lumotlar berib turadi va
muskul
kuchlanishlari
oqibatida
bo‘g‘inda
vujudga
keluvchi
yuklanishning o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘ladi. Fater-Pachini gavdachasi
bo‘g‘inlaridagi tez harakatlar natijasida faollashadi va uning qismlari
harakat tezligi to‘g‘risida ma’lumot uzatadi.
Aniq ixtiyoriy harakatlarni boshqarishda muskul kuchlanishining
kattaligi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli emasligidan odam bo‘g‘in va
taktil retseptorlarining ma’lumotlaridan faol foydalanadi, ular bosh miya
qobig‘ida ancha ko‘p darajada mavjud. Shunday fakt barchaga ma’lum:
odam qo‘llaridagi ikkita predmetning og‘irlik farqlarini aniqlash uchun
ularning har birini o‘lchab ko‘rayotgandek qo‘llar yuqoriga-pastga
yengilgina harakatlantiriladi. Bu bo‘g‘in xaltachalaridagi bo‘g‘in
proprioretseptorlar va kaftlardagi taktil retseptorlardan kelayotgan
qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanish hisoblanadi.
Maxsus tadqiqotlar o‘tkazilib, ularda ishtirokchilar guruhi
a’zolarining
tirsak
bo‘g‘ini
xaltachasiga
novokain
kiritilib,
og‘riqsizlantirildi. Ushbu guruhda berilgan yuklanishlarni qayta
tiklashda va kuchlanishlar kattaligini farqlashdagi xatoliklar ancha
yuqori bo‘lib chiqdi.
Bunday holatlar katta aniqlikni ta’minlagani bois
gavda qismlarining
harakat yo‘lini aniqlashni taqozo etadi. Bunda qo‘shilayotgan kuchning
ta’sir vaqti ham ortadi, signallarning halqa bo‘ylab to‘g‘ri va teskari
holda bir halqada ko‘p takrorlanishi sababli harakatlarni to‘g‘rilash
uchun qulay sharoitlar yaratadi.
101
ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, yuqoridan uzatishda, boldir-tovon
bo‘g‘inlarida ishlashga asosiy e’tiborni qaratib, to‘pni “oyoqlar bilan
tezlantirishga” intilish kerak. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, odamning
prokrioretsepsiv reaksiyasi vaqti 100 dan 160
Do'stlaringiz bilan baham: