O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Tirab qadam qo‘yish va to‘xtab harakatlanish texnikasida xatolar



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Tirab qadam qo‘yish va to‘xtab harakatlanish texnikasida xatolar 
ham uchrab turadi: 
-
 
harakatlanish va to‘xtash jarayonida tik turish saqlanmaydi; 
-
 
kichik  tezlikda  harakatlanganda  bir  oyoq  kaftini  ikkinchi  oyoq 
kaftiga yaqin qo‘yish; 
-
 
harakatlarning juda “siqiqligi”.  
Odatiy yugurishda ko‘p uchraydigan xatolar: 
-
 
yugurish  jarayonida  qadam  tashlash  harakatlar  “yaqinligi”da 
oyoqlarni to‘xtatadi; 
-
 
oyoqlar ko‘tarilmaydi, balki yugurishda sudraladi; 
-
 
zarur bo‘lganda to‘xtash qiyinligi. 
 
4.7. Sakrashni o‘rgatish metodikasi 
 
Sakrash qanchalik  oddiy  va  oson  texnik  element  bo‘lib tuyulmasin, 
yuqori 
sakrashni 
o‘rganish  uchun  ko‘nikmani  o‘rganish  va 
takomillashtirishning  uzoq  yo‘lini  bosib  o‘tish  lozim  bo‘ladi.  Mavjud 
amaliyotda  murabbiylar  mashg‘ulotlar  yordamida  sakrash  balandligini 
oshirishdan  ko‘ra,  o‘yinchilar  tabiiy  sakrash  qobiliyati  va  yosh 
afzalligiga  umid  qilishadi.  Lekin  sakrovchining  harakat  vazifa-larini 


189 
samarali  hal  etish  imkonini  beradigan  o‘rgatish  va  takomillashtirish 
samarali  metodikasi  hisobiga  voleybolchilar  sakrash  balandligini  ancha 
oshirish mumkin
.  
Voleybolda 
yugurib  kelib  sakrash  texnikasiga 
o‘rgatishga 
mashg‘ulotlar  bilan  shug‘ullana  boshlagach  darhol  kirishish  kerak. 
Undan oldin sakrashga o‘xshash maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlarni 
bajarish  bosqichi  bosib  o‘tilishi  zarur.  Bunda  asosiy  e’tibor  kuchni 
rivojlantirish, 
kuchli 
boshlang‘ich 
siltanishni 
shakllantirish 
va 
itarilishdan so‘ng oyoq mushaklari bo‘shashishiga qaratiladi. 
Dastlabki  tayyorgarlik  bosqichlaridan  so‘ng  siltanib  sakrash 
texnikasini  bolalar  3-4  mashg‘ulotlarda  egallab  olishadi;  uni 
takomillashtirish jarayoni ko‘p yillar davom etadi. Sakrashning harakatli 
tuzilmasi toliqish, tushkunlik va asabiylik, shuningdek, o‘yinning boshqa 
texnik  uslublariga  qo‘shish  tendensiyasiga  ega.  Shu  sababli  u  bilan 
muntazam  nazorat  va  harakatlar  tuzilmasi  o‘z-o‘zini  nazorat  qilishda, 
harakat ko‘nikmasi barqaror bo‘lmaguncha shug‘ullanish kerak. 
Bir  oyoqda  itarilib  sakrash  ikki  oyoqda  itarilib  sakrashdan  ko‘ra 
bolalar uchun oson va odatiydir. Odatda yangi kelgan bolalar bir oyoqda 
itarilib sakray olishadi. Murabbiy harakat tuzilmasini to‘g‘rilashi, kerakli 
joyda urg‘u qo‘yish va muskullarning mashqlarga chidamliligini oshirish 
(tezlik-kuch xarakteristikasi) kerak bo‘ladi, xolos. Bir vaqtda bir va ikki 
oyoqda itarilib sakrash texnikasini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Itarilishning “siltanish” texnikasi bilan muntazam sakrash mashqlari 
voleybolchi qizlar qomatini shakllantiradi va qisqa masofalarga yugurish 
tezligini oshiradi. 
Sakrovchi  harakatlari  tuzilmasini  o‘rganishda  asosiy  maqsad  va 
asosiy  qiyinchilik  kuchli  itarilishni  shakllantirishdir.  Unga  ikkala  oyoq 
kaftidan  bir  vaqtda  itarilish  ko‘nikmasiga  o‘rgatish  yordam  beradi. 
Jismlar  ustidan  sakrab  o‘tish  sakrash  mashqlarini  bajarish  yaxshi  natija 
beradi.  Buning  uchun  to‘ldirilgan  to‘plar,  kursilar  va  matlardan 
foydalanish mumkin. Sakraganda jismlarga oyoq tekkizmaslik ikki oyoq 
kaftida uzun va baland sakrash qobiliyatini shakllantiradi, ularning qat’iy 
belgilanishi kuchli itarilish uchun yaxshi sharoitlarni ta’minlaydi. 
Sakrab  itarilish  texnikasi  o‘z  oddiyligi  va  hammabopligi  bilan,  shu 
jumladan, sport ustalari orasida ham eng katta xato hisoblanadi. Deyarli 
barcha  voleybolchilar  sakrashmaydi,  balki  oyoq  kaftiga  tayanib,  bir 
oyoqni oldinga chiqarib  (basketbolchilar kabi)  qadam tashlashadi. Unda 
qanday  qilib  tajribaviy  mashg‘ulotlarda  ko‘rsatilganidek  itarilib 
sakrashlar  yuqori  bo‘lishi  mumkin.  Bunda  itarilish  texnikasini 


190 
takomillashtirish  hisobiga  o‘yinchilar  sakrash  balandligini  oshirish 
mumkin. 
Itarilib 
sakrash 
texnikasini 
(ko‘pchilikni 
BO‘SMda 
o‘rgatishganidek) 
qadamlab 
sakrash 
texnikasiga 
almashtirish 
tayyorgarlik 
jarayoni 
sharoitlarini 
rivojlantiradi 
va 
harakatlar 
tuzilmasining  muntazam  nazorati  yo‘qolishiga  olib  keladi.  Ulkan 
jismoniy  zo‘riqishlar  harakatlar  texnikasi  ratsionalizatsiyasi  hisobiga 
o‘yinchilar  energiyani  tejashga  majbur  qiladi.  Sakrash  texnikasi 
ratsionalizatsiyasi  bu  vaziyatda  sakrash  balandligi  mezoni  bo‘yicha 
emas,  energiya  sarfini  kamaytirish  mezoni  bo‘yicha  olib  boriladi. 
Charchoq har doim ballistik harakatlar “oltin qoida”lari buzilishiga olib 
keladi. Ular harakatlantiruvchi kuch kattaligi o‘zgarishi bilan belgilanadi. 
Ushbu  omil  itarilish  texnikasiga  murabbiy  e’tibori  va  maxsus 
mashqlarsiz  harakatlarning  oddiylashishiga  olib  keladi.  To‘g‘ri 
o‘rgatilgan o‘yinchilar asta-sekin qadam tashlashga o‘tishadi. Sakrashlar 
texnikasiga qo‘yilgan talablar 31-rasmda “tayanch modeli”da keltirilgan.
 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish