O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


III BO‘LIM. IX BOB. SPORT  MASHG‘ULOTINING NAZARIY



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

III BO‘LIM. IX BOB. SPORT  MASHG‘ULOTINING NAZARIY 
ASOSLARI 
 
Sport 
mashg‘uloti  deganda  sportning  bir  turi  bo‘yicha 
mutaxassislikka  erishishga  qaratilgan  hamda  sport  bo‘yicha  yuksak 
natijalar 
rejalashtirilgan 
ixtisoslik 
tayyorgarlik 
mashg‘ulotlari 
tushuniladi. Sport trenirovkasi sportchilarni tayyorlashning asosiy shakli 
hisoblanadi.  U  sport  tayyorgarligining  barcha  turlarini  o‘z  ichiga  oladi. 
Sport  trenirovkasi  faqatgina  malakali  sportchi  tayyorlash  emas,  balki 
sog‘lomlashtirish jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal etadi.  
Sport amaliyotida “sport trenirovkasi” atamasi “sport tayyorgarligi” 
atamasi  bilan  mantiqan  yaqin  bo‘lsada,  ular  bir-biridan  tubdan  farq 
qiladi.  “Sport  tayyorgarligi”  tushunchasi  keng  qamrovli  ma’noga  ega 
bo‘lib,  sportchini  jamiyki  faoliyatini:  uyqu,  trenirovka,  ovqatlanish, 
tibbiy  profilaktika  va  hokazo  musoba-qaga  tayyorlashga  qaratilgan 
jarayondir.  “Sport  trenirovkasi”  esa  bir  maqsadga  yo‘naltirilgan 
jarayondir  va  nisbatan  torroq  ma’noni  anglatadi.  Muntazam  sport 
trenirovkasi  natijasida  insonning  harakat  faoliyati  shakllanib  boradi, 
yangi harakat shakllari vujudga keladi, hayotiy zarur harakat malakalari 
(chopish, sakrash, yurish va boshqa), ko‘nikmalari takomillashadi, psixik 
sifatlar (fikrlash, ong, iroda, diqqat, hissiyot va boshqalar) sayqal topadi. 
Muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukammallashadi.  
Voleybol  –  sport  turi  sifatida  insonni  har  tomonlama  jismoniy 
jihatdan  rivojlanishiga  olib  keladi.  Ma’lumki,  zamonaviy  voleybol  o‘z 
xususiyati,  mohiyati,  mazmuni  bilan  kishi  organizmiga  katta  talablar 
qo‘yadi. Voleybol bo‘yicha muntazam trenirovka qilish barcha jismoniy, 
texnik,  taktik,  psixo-funksional  sifatlarni  takomillashtiradi.  Voleybolga 
xos  turli  yo‘nalishda  va  tezlikda  uzoq  vaqt  davomida  1,5–2  soatgacha 
ijro etiladigan texnik va taktik malakalar shug‘ullanuvchini umumiy va 
maxsus  chidamkorligini  shakllantirib  boradi.  O‘yinda  ijro  etiladigan 
yakka,  guruh  va  jamoa  harakatlari  o‘zaro  qo‘llab-quvvatlash,  o‘zaro 
yordam, hamjihatlik xislatlarini namoyon qiladi. 
Sport  musobaqalari  sportchilarni  texnik,  taktik  va  jismoniy 
tayyorgarlik  darajasini  aniqlash  va  sportda  yuksak  natijalar  ko‘rsatishni 
nazorat  qiladi.  Sport  amaliyotida  musobaqalar  xilma-xil  turlarga  va 
shakllarga bo‘linadi. Shaxsiy sport musobaqalarida birinchilik, g‘oliblik 
uchun  kurash  yorqin  ifodalangan  bo‘lib,  u  absolyut  va  nisbiy 
birinchilikda  aniqlanadi.  Nazorat  musobaqalari  sportchilarning  jismoniy 


337 
texnik  va  taktik  tayyorgarlik  bo‘yicha  sinash  hisoblanib,  sportchilarga 
sport malakasi darajalari beriladi.  
Tayyorlov  musobaqalari  ko‘p  holatda  terma  jamoaga  saralash, 
sportchilarni  takomillashish  darajasini  aniqlash,  yoshlarni  sport  turiga 
jalb  etish  va  qiziqtirish  maqsadida  o‘tkaziladi.  Sport  musobaqalari 
sportchini  umumiy  va  maxsus  tayyorgarlik  darajasini  aniqlash  bilan 
birga uning har tomonlama jismoniy barkamollikka erishganligini hamda 
sportda yuksak natijalar olishga tayyorlik darajasini aniqlaydi.  
 
 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish