A
B
V
G
44-rasm
Ikkinchi
zonadagi
to‘siqda
himoyachilar
va
himoyalov
(straxovka)chilar
“ko‘zgu”dagi
kabi
joylashadilar.
To‘siqda
qatnashmaydigan o‘yinchining himoyalanishida (straxovkada) bo‘lishi
varianti afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Maydonchaning himoyasida doimo orqa qatordagi uchta himoyachi
o‘ynaydi, bu uning yuqori samaradorligini belgilaydi. Himoyaning
ikkinchi eshelonidagi o‘yinchilarning funksiyalari soddalashadi – chunki
313
himoyalash (straxovkaga) va to‘siqda qatnashish uchun “qo‘shilish”
kerak emas.
Himoyachilarning zarba oldidan joy tanlash uchun harakatlanishi
kam darajada bo‘ladi. Bu ularning to‘pni qabul qilishda deyarli doimiy
tayyorligini ta’minlaydi. To‘siqni himoya (straxovka)lashning bunday
usuli kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
Qarshi hujumni tashkil etishdagi qiyinchiliklar, bular hujumga
qarshi turish jarayonida barcha hujumchilarning bitta “hududda”
to‘planib qolishlari sababli (ikki kishi to‘siqda qatnashadi, uchinchisi
to‘siqchilarni himoyalaydi) kelib chiqadi. Ikkinchi zonada to‘siqni
tashkil etishda muammo chuqurlashadi. To‘pning to‘rga yetib
kelmasligida ko‘pincha shunday vaziyat vujudga keladiki, hech kimga
to‘pni uzatib bo‘lmay qoladi, chunki, to‘rtinchi zonadagi o‘yinchilar
to‘siqdan keyin to‘rdan uzoqlashib joylasha olmaydi va zarba berish
uchun yugurib sakrashni birinchi tempda ham, ikkinchi tempda ham
bajarishning imkoni qolmaydi. Ikkinchi zonaga uzatish esa o‘ng qo‘llar
uchun noqulay bo‘ladi, chunki to‘p noqulay chap tomondagi hujumchiga
zarba uchun yaqinlashadi.
Vaziyatdan chiqish sifatida ikkinchi qatordagi o‘yinchilarning
hujumlaridan foydalaniladi. Ular ma’lum darajada himoyalash
(straxovka)ning ushbu tizim kamchiliklarini qoplaydi. Oldingi qatordagi
o‘yinchining to‘siqni himoyalash tizimidagi boshqa bir zaif tomoni
raqibning “tikka” trayektoriyali, to‘p yon chiziq hududiga tushadigan
aldovchi zarbasini qabul qilishdagi qiyinchiliklarni ko‘rsatish mumkin.
Himoyachi o‘yinchi odatda to‘rning chetidan qarshi hujumga ulgurish
uchun, maydonchaning ancha ichkarisiga kirib qolishdan cho‘chib turadi
va shu sababli ko‘pincha yon chiziq bo‘ylab to‘siqning orqa tomoniga
yo‘naltirilgan to‘pga yetishga ulgurmay qoladi.
Uchinchi kamchlikgi shundan iboratki, himoyada majburan
o‘ynayotgan
o‘yinchilar,
bog‘lovchilarga
qaraganda
kamroq
harakatchandir, bular odatda himoyalash (straxovka) harakatlarini
boshqalardan samaraliroq bajaradilar. Oldingi qatordagi o‘yinchining
ikkitalik to‘siqda himoyalash tizimida to‘rning o‘rtasida tez o‘ynaydigan
(bunda orqa qatordagi o‘yinchilar straxovkalashga yetib kelishga
ulgurmaydilar),
yoki
to‘rning
chekkasidan
ikkinchi
tempdagi
pasaytirilgan uzatishli kuchli hujumlar chiqaruvchi jamoalarga qarshi
o‘yinlarda qo‘llash (himoyalanayotgan jamoaning ikkinchi qatordagi
o‘yinchilari orqa qatordan samarali qarshi hujum qilishni eplasa)
foydaliroqdir.
314
Do'stlaringiz bilan baham: |