Birinchi tempdagi hujumdan foydalanib hujum qilishning taktik
tizimi.
Ikkinchi tempdagi hujumchilarga yordamlashish va sekin
hujumning kamchiliklarini qoplash uchun jamoalar tez o‘yinni – birinchi
tempdagi hujumni qo‘llaydilar. Birinchi tempdagi hujum markaziy
to‘siqlarni chalg‘itish vazifasi yoki ikkinchi tempdagi hujumchilarga
yakka yoki yaxshi tashkillashmagan guruhli to‘siq qarshi turishga olib
keluvchi hujum xavfi yaratishi bilan to‘la mazmunli samarali hujumga
aylangan. Hujumda o‘yinchilarning o‘zaro harakatlari ishonchliligini
ma’lum bir darajasiga erishilgandagina tez hujum qilish samarali bo‘ladi.
Hujumda o‘yin taktikasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
avvalo jamoaviy kelishilgan harakatlar va hujumni rivojlantirish tezligini
oshirish vazifalarini hal etilishida ifodalanadi. Birinchi tempdagi
hujumda yutib olingan ochkolar foizi doimo o‘sib boradi. Biroq o‘yinni
jadallashtirish g‘oyasini tezlashtirish mutlaqlashtirish o‘yinchilar
harakatida maqsadga muvofiqlik tamoyilining buzilishiga ham olib
keladi. Hujum tezligini oshirishga intilish amaliyotda to‘pni qabul qilish
trayektoriyasi pasaytirilishiga va hujumchi sakrashda zarba berishdan
foydalanishiga olib keladi. Ayrim vaziyatlarda (masalan, oxiriga
yetkazishda) bu taktika foydali bo‘lishi mumkin: raqib maydonchasidagi
o‘zini yo‘qotish va tartibsizlikdan foydalanish, hali to‘siqchilar va
himoyachilar himoyalanish uchun o‘z o‘rinlarini egallashga ulgurmagan
vaziyatda qayta tez hujumni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.
298
Standart, oson vaziyatlarda to‘pni past qabul qilish ham, hujumchi
sakrashda zarba berishi ham, raqibga qaraganda hujum qilayotgan
jamoaga ko‘proq muammolar keltiradi. Pasaytirilgan trayektoriyada
qabul qilishda to‘p ba’zida raqib tomonga uchib o‘ta olmaydi yoki
yuqori tros zonasiga tushadi, bunda, ayniqsa, to‘r chetidan uzatishni
bajarishda to‘pni o‘ynash qiyinlashadi. To‘pni qabul qilishning past
trayektoriyasi ko‘pincha bog‘lovchi o‘yinchiga uzatishning yo‘nalishini
qiyinlashtiradi, bu esa to‘siqchilar harakatini yengillashtiradi. Bunda
raqib jamoasi to‘siqchilari, to‘p uzatilganda, doimiy tayyorgarlik holatida
turadilar va ko‘proq o‘z hujumchilari harakatlariga e’tibor qaratadilar.
Ular ham himoyachilar ham, hujumga qarshi turishga doimo tayyor
bo‘ladi. To‘pni qabul qilish balandligi ular uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘lmaydi.
Tez
kombinatsion
hujumning
ijobiy
tomonlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchi tempdagi hujumchiga, qoida tariqasida, bitta to‘siqchi
qarshi turadi, ikkinchi tempdagi hujumchiga esa ko‘pincha yakka yoki
yaxshi tashkillashmagan ikkita to‘siqchi qarshi turadi.
Tez hujum o‘zining tez yuz berishi sababli ko‘plab nostandart
vaziyatlarni yaratadi, ularga himoyalanuvchi jamoa o‘yinchilarining
moslashuvi qiyin bo‘ladi. Raqiblarga qarshi harakatga tayyorlanishga
vaqt qolmaydi, bu himoyadagi o‘yin samarasiga ta’sir etadi:
o‘yinchilarining bir qismi himoyadan chetda qolishi mumkin. Tez hujum
kamchiliklariga bir necha vaziyatlarni kiritish maqsadga muvofiqdir:
Birinchi tempdagi zarbadan so‘ng to‘p, odatda, ikkinchi tempdagi
zarbadan ko‘ra kamroq tezlikda uchadi, uni qabul qilish oson bo‘ladi.
Birinchi temp bilan hujum qilish tizimi ikkinchi temp uzatish zarbasidan
ko‘ra kamroq ishonchli. Tezkor hujum uchun, vaqt tig‘izligida
bog‘lovchi o‘yinchi va birinchi tempdagi hujumchining birgalikdagi va
nozik darajadagi o‘zaro harakatlari talab etiladi. Vaqtida va joyiga to‘pni
yetkazish bo‘yicha eng kichik xato zarbani ijro etishda va uning sifatiga
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Odatda birinchi tempda hujumni barbod etishga
olib boruvchi asosiy kamchilik bo‘g‘lovchiga to‘pni sifatsiz yetkazib
berish hisoblanadi. Birinchi tempdagi hujumning buzulishi ikki sababga
ko‘ra yuz beradi:
To‘p yetkazib berilmagan hollarda birinchi tempda hujumni tashkil
etishni bilmaslik. Bog‘lovchi o‘yinchilar tomonidan joyning noqulay
tanlanishi – ular odatda bevosita to‘r yaqinida o‘z maydonchasiga
ko‘krak bilan burilgan holda joylashadilar. To‘pning yetkazib
berilmaslik darajasiga ham bog‘lovchilar to‘rdan uzoqlashish va to‘rni
299
ikki yon chetiga burilishlari bilan yuqori uzatishni bajarishga majbur
bo‘ladilar. Bunday harakatlar raqib tomonidan osongina aniqlanab
olinadi, bu ularning qarshi harakat qilishlarini yengillashtiradi. Biroq
jamoada to‘p yetkazib berilmagan hollarda ham oddiy o‘yinga o‘tib
ketmaslik imkoniyatlari mavjud.
Birinchidan, o‘yinchilar to‘pni yetkazib bermagan hollarda maydon
ichkarisidan uzatishlarda birinchi temp bilan hujum qilishga tizimli va
maqsadga muvofiq o‘rganib borishi lozim. Bunday hujumlar bajarilishi
mumkin, hozirda ham jahon jamoalarining eng yaxshi bog‘lovchilari,
maydonchaning chuqur ichki qismidan uzatishlarda ulardan samarali
foydalanadilar.
Ikkinchidan, to‘pni qabul qilish trayektoriyasi balandligini
birmuncha oshirish kerak, bu bog‘lovchiga to‘pning ostiga o‘tish uchun,
hujumchiga esa yugurish, sakrash uchun imkoniyat va vaqt beradi.
Uchinchidan, o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilish vaqtida
bog‘lovchi o‘yinchi turgan joydan biroz masofada (3-4 metr) oldinga
chiqib dastlabki holatni egallashi zarur. Bu o‘rinli va juda qulay. Aniq
yetkazib berilganda bog‘lovchi o‘yinchi 2-3 qadam bilan to‘r tomonga
o‘tayotgan to‘p orqasidan yetib olishi mumkin. Bunda to‘p qanchadir
vaqt davomida bog‘lovchi o‘yinchining oldida go‘yoki “osilib” turadi,
uning diqqat maydonida hujumchi va raqib to‘siqchilari ham bo‘ladi.
Bunday usul bilan kombinatsion hujumni tashkil etishga yaxshi
sharoitlar yaratadi.
Agar to‘p yaxshi yetkazib berilmasdan qabul qilingan bo‘lsa,
bog‘lovchining to‘p ostida zaruriy harakatlanishi ba’zan juda qisqaradi.
Bog‘lovchi o‘yinchining maydonni yanada yaxshi ko‘rish imkoniyati
paydo bo‘ladi. Bunday sharoitlarda maydonchaning ichkarisidan birinchi
tempdagi hujumchilarning “qaytmasligi”, jamoada raqibning guruhli
to‘siq qo‘yishiga qarshi samarali kurasha oladigan, kuchli zarbaga ega,
baland bo‘yli hujumchilar bo‘lmagan sharoitlarda, ayniqsa, foydali
bo‘ladi. Shuningdek, o‘yinchining noaniq qabul qilishdan kelib
chiquvchi qo‘shimcha ijobiy samarasini ham ta’kidlash mumkin:
uzatishni qabul qilishda to‘pni yetkazib berish sifati hayratlanarli
darajada yaxshilanadi. Bunday sharoitlarda qabul qiluvchi o‘yinchilarga,
to‘pga tushish uchun mo‘ljal olish mahorati oshirilgan bo‘lib chiqadi.
Axir yetkazib berilmaydigan qabul xato hisoblanmaydi – bunday
qabuldan jamoa ikkala tempga ham hujum qila oladi. Natijada qabul
qiluvchi o‘yinchi o‘zini ishonchliroq sezadi, bu esa sifatli qabul qilishga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
300
Do'stlaringiz bilan baham: |