O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Orqa  hududdagi  bog‘lovchi  o‘yinchi  orqali  hujumni  tashkil



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Orqa  hududdagi  bog‘lovchi  o‘yinchi  orqali  hujumni  tashkil 
etish tizimi.  
Orqa  hududdan  chiqib keluvchi  bog‘lovchi  o‘yinchi  orqali  hujumni 
tashkil etish tizimining kuchli tomonlari mavjud. Hujum chizig‘ida doim 
uchta  asosiy  himoyachi  o‘ynaydi,  ulardan  biri  oldingi  qatordagi 
bog‘lovchi  o‘yinchi  bo‘lishi  mumkin  (agarda  jamoaning  o‘yinchilar 
tarkibi  4x2  bo‘lsa).  To‘p  tez  o‘ynalganda  oldingi  qatordagi  uch 
hujumchini  to‘siqlash  raqib  o‘yinchilariga  ancha  qiyinchilik  tug‘diradi. 
Tizimning boshqa bir ijobiy tomoni shundaki, ikkinchi qatordan chiqqan 
bo‘g‘lovchi  to‘pga  yetib  ulgurmagan  yoki  to‘pga  birinchi  tegishni 
amalga oshirganda, oldingi qatordagi bog‘lovchi sifatli uzatishni bajarish 
imkoniga  ega  bo‘ladi.  Ushbu  hujum  tizimi  obyektiv  ravishda  oldingi 
qatordagi  bog‘lovchi  o‘yinchi  orqali  to‘pni  yutishdan  ko‘ra,  umuman 
ancha samarali hisoblanadi, biroq ushbu tizim
 
kamchiliklardan ham holi 
emas. 
Tizimning  kamchiliklari  shundaki,  to‘pni  zarbaga  uzatishda  orqa 
qatordan chiqib keladigan o‘yinchilarga birinchi uzatishdan hujum qilishi 
istisnodir,  bu  qoida  tariqasida,  ancha  samarali  bo‘lardi.  Biroq  o‘yinda, 
agar  to‘siq  qo‘yuvchilar  orqa  qatordagi  bog‘lovchi  chiqqanini  hisobga 
olmagan  bo‘lsalar,  “sakragan”  to‘pga  zarba  berishlari  mumkin. 
Tizimning  boshqa  bir  kamchiligi  “o‘yin  qoidalari”da  orqa  qator 
o‘yinchilariga  to‘siqda  qatnashish  va  hujum  hududidan  to‘pni  raqib 
tomonga  hujum  qilib  o‘tkazishning  taqiqlanishi  bilan  jamoada  to‘pni 
sifatsiz  qabul  qilish  muammosi  vujudga  keladi,  bularga:  to‘p  to‘r 
yaqinida  qabul  qilinsa,  yoki  arqonga  urilsa,  uni  o‘ynash  bog‘lovchi 
o‘yinchilarga  ancha  qiyin kechadi.  Zarba  yoki  “aldash”  o‘rniga u qiyin 
sharoitlarda  himoyalashga  majbur  bo‘ladi.  Zarbaga  uzatish  uncha  aniq 
bo‘lmaydi,  uning  yo‘nalishi  to‘siq  qo‘yuvchi  raqiblar  tomonidan 
osongina aniqlanadi. 
Ikkinchi  qatordan  chiqib  kelgan  bog‘lovchi  o‘yinchi,  to‘p  qabul 
qilinganidan  keyin  raqib  tomonga  uchib  o‘tayotgan  to‘pga  zarbani 
bajaruvchi  raqiblarga  to‘siq  qo‘yish  bilan  qarshilik  ko‘rsatish  huquqiga 
ega  emas.  To‘g‘ri,  yuqori  darajadagi  o‘yinda  bog‘lovchi  o‘yinchi, 
ma’lum  bir  sharoitlarda,  yuqoridagi  tros  yaqinida  qabul  qilingan  to‘pni 
hujumchilarga  hujum  qilishlari  uchun  yetkazib  beradi  yoki  raqib  to‘siq 
qo‘yuvchilaridan  o‘tkazib  yuborishi  mumkin.  Shartli  kamchiliklarga, 
samarali hujum qilishga va raqibning zarbalarini to‘siqlashga qobiliyatli 


295 
bo‘lgan  baland  bo‘yli  ikkita  bog‘lovchi  o‘yinchining  jamoa  tarkibida 
bo‘lishi ham kiradi. Shu sababli, ko‘pchilik jamoalar o‘yinchilar tarkibini 
5:1  tamoyili  bo‘yicha  shakllantiradilar.  Bunday  jamoa  hujumda  juda 
kuchli bo‘ladi – axir beshta “sof” hujumchilar hujum qiladi, ulardan biri 
2-zonadan  hujum  qilishga  ixtisoslashgan bo‘ladi.  Agar  hujumdagi  o‘yin 
tizimining har ikkala taktikasini – birinchi va ikkinchi uzatishlar holatida 
baholasak, bunda ularning har ikkalasi ham o‘zlarining kuchli va kuchsiz 
tomonlariga ega bo‘ladi. 
Ikkinchi  uzatishdan  so‘ng  hujum  qilish  tizimi  jamoalar  tomonidan 
asosiy  taktika  sifatda  foydalaniladi.  O‘yin  jarayonida  hujumni  tashkil 
etishdagi  ko‘pchilik  taktik  qurilmalar  aynan  ushbu  tizim  asosida 
o‘tkaziladi.  U  o‘zida,  o‘yinchilarning  odatda  mustahkam  hamkorligida 
amalga  oshiriluvchi  birinchi  va  ikkinchi  tempdagi  hujumlarni 
birlashtirishi  mumkin.  Ko‘pchilik  hujumkor  kombinatsiyalar  bog‘lovchi 
o‘yinchining ikkinchi tegishidan keyingi uzatishlardan foydalanishi bilan 
o‘ynaladi.  Ikkinchi  tegishni  amalga  oshira  turib,  bog‘lovchi  o‘yinchi, 
to‘rgacha  yetib  kelmagan  to‘r  ostida  tez  harakatlanish  hisobidan,  qabul 
qiluvchilar  va  himoyachilarning  ko‘plab  xatolari  va  kamchiliklarini 
to‘g‘rilashga qodir bo‘ladilar. Bu hujumchi o‘yinchilar harakatini tashkil 
etishning  ishonchliligini  oshiradi.  Ikkinchi  uzatishdan  hujum  qilishda 
hujumchi  va  bog‘lovchi  o‘yinchilarga  tayyorgarlik  harakatlari  uchun 
ko‘proq  vaqt  bo‘ladi,  bu  o‘yinchilarning  hujumkorlik  salohiyatini,  shu 
jumladan,  hujumni  amalga  oshirishda  uzatish  va  zarbalarning  usul  va 
yo‘nalishlarini  tanlash,  hisobga  olishda  foydalanishni  yengillashtiradi. 
Biroq  qarshi  harakatni  tashkil  etish  uchun  raqib  jamoasining 
to‘siqchilari,  himoyachilari  va  himoyalovchi  (straxovkachi)  o‘yinchilari 
ham  xuddi  shuncha  vaqtga  ega  bo‘ladilar.  Ular  hujumni  rivojlantirish 
jarayonida  qulay  o‘rinni  egallashi  va  hujumning  ehtimoliy  yo‘nalishini 
hisoblashi  uchun  vaqt  va  imkoniyat  yetarli  bo‘ladi.  Ushbu  jihatdan 
qaraganda  birinchi  uzatishdan  va  birdan  qayta  hujum  qilish  ko‘proq 
samara  beradi.  Foiz  hisobida  olganda  esa  bu  ikkinchi  uzatishdagi 
hujumchilarga  qaraganda,  ochko  yutib  olishda  yuqori  ko‘rsatkichlarga 
ega bo‘ladi. Biroq ushbu hujum usulining ham qo‘llanilishi bilan bog‘liq 
kutilmagan  vaziyat  yuz  beradi.  Statistik  ma’lumotlarga  qaraganda 
birinchi uzatish hujumlaridan ko‘ra ikkinchi uzatish hujumlarida ko‘proq 
ochko  yutib  olinadi.  Agar  birinchi  uzatishdan  hujum  tizimini  asosiy 
hujum  sifatida  foydalanishga  urinilsa,  uning  samarasi  ikkinchi 
uzatishdan  so‘ng  tashkil  etilgan  hujumga  qaraganda  ancha  past  bo‘ladi. 
Buning sababi ikkita:  


296 
1.To‘pni  birdaniga  zarbaga  yetkazishni  ta’minlash  imkonsizligi  va 
doimo  foydalanuvchi  birinchi  uzatishni  hujumlarida  tasodifiy  omilining 
yo‘qligidir.  
2.O‘z  tarkibida  beshta  hujumchi  va  bitta  bog‘lovchiga  ega  bo‘lgan 
jamoalar,  ikkita  bog‘lovchisi  bo‘lgan  jamoalarga  nisbatan  to‘pni  qabul 
qilish  hamda  qisqa  hujum  va  uzoqroqqa  uzatish  hujumini  ko‘proq 
qo‘llaydilar. 
Hujumda jamoaning samarali o‘ynashi uchun kurash olib borishning 
yuqorida qarab chiqilgan tizimlarida asosan hujumni rivojlantirish tezligi 
katta ahamyatga ega. Musobaqalar jarayonida o‘yinchilar asosan birinchi 
va ikkinchi tempdagi zarbadan  foydalanishi mumkin. Birinchi tempdagi 
zarbani  qo‘llab  hujum  qilish  tezligi  odatda  “tez  hujum”  deb  ataladi. 
Qoida  tariqasida,  tez  hujumda  markaziy  to‘siqchilar  (ular  birinchi 
tempdagi  hujumchilarda  ham)  qatnashadi.  Birinchi  tempdagi  zarbadan 
foydalanmasdan,  faqat  ikkinchi  tempdagi  hujumlardan  foydalanish 
“sekin”  deb  ataladi.  Sekin  hujumga  o‘ta  yuqori  uzatishlardagi  zarbalar 
ham kiradi. Ularni odatda to‘rga teskari, ayniqsa, maydonchaning ancha 
ichkarisidan  uzatishlarda,  kuchli  zarbaga  ega  bo‘lgan  (o‘yinni  davom 
ettiruvchi va diagonal) hujumchilarga yo‘llanadi. 
“Sof”  holda  birinchi  tempdagi  hujumdan  foydalanmasdan  o‘ynash 
o‘tmishga  aylangan  voleybol  uchun  xosdir.  Afsuski,  u  to‘p  bog‘lovchi 
o‘yinchiga  yetkazib  berilmagan  juda  mas’uliyatli  vaziyatlarda 
maydonchada  ko‘rinadi  va  bunda  hujumdagi  o‘yinning  butun  taktikasi 
to‘r chetidan ikkinchi tempdagi zarbalardan iborat bo‘lib qoladi. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish