Murabbiy o‘yin vaqtida:
Har bir partiyadan avval hakam-kotib yoki 2-hakam taqdim etgan
o‘yinchilarning joylashish kartochkasiga o‘z jamoasining asosiy
o‘yinchilari raqamlarini qayd etib, imzo chekib berishi kerak. O‘z
jamoasi o‘rindig‘ida kotib-hakamga yaqin o‘tiradi, vaqti-vaqti bilan bu
joyni tark etib turishi mumkin. Tanaffus yoki o‘yinchi almashtirish
haqida murojaat qilishi mumkin. O‘yinga xalaqit bermasdan zahiradagi
o‘yinchilar va maydondagi o‘yinchilarga ko‘rsatma berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |