Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari.
Musobaqalarning turi (birinchiliklar, saralash musobaqalari,
chempionatlar, Kubok musobaqalari, xotira musobaqalari, Osiyo yoki
Olimpiya o‘yinlari va boshqalar) miqyosidan (tuman, viloyat, shahar,
Respublika, Osiyo, Yevropa, Jahon) qat’iy nazar, har bir musobaqa
o‘ziga xos ssenariy va dastur asosida o‘tkaziladigan ochilish hamda
yopilish marosimlari bilan farqlanadi. Musobaqaning ochilishi va
yopilishiga doir ssenariyda rasmiy dasturlardan tashqari mahalliy, milliy
va umumbashariy an’analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar hamda
226
udumlarga xos turli ko‘ngilochar tadbirlar (san’atkorlar, yozuvchi va
shoirlar, davlat va jamoat arboblarining chiqishlari va boshqalar) joy
olishi mumkin.
Musobaqaning ochilish va yopilish ssenariysida belgilangan dastur
avvaldan puxta ishlab chiqiladi, muhokama etiladi va tashkiliy qo‘mita
tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng tayyorgarlik jarayoni tashkil etiladi.
Quyida namuna sifatida musobaqaning ochilish va yopilish marosimiga
doir ssenariysi keltirilgan:
- musobaqaning ochilishi: musobaqaning bosh hakami musiqa
sadolari ostida ishtirokchi jamoalarni maydonga olib chiqadi va ularni
saflantrib joylashtiradi;
- bosh hakam jamoalar e’tiborini ko‘rsatma (komanda) bilan
tashkiliy qo‘mita “markazi”ga qaratadi va tantanavor ravishda kelib,
tashkiliy qo‘mita raisiga ishtirokchi jamoalarning musobaqa ochilishiga
saf tortganlari haqida ma’lumot beradi;
- tashkiliy qo‘mita raisi qisqacha musobaqaning maqsadi va
ijtimoiy-siyosiy ahamiyati haqida fkir yuritib, tabrik so‘zini faxriy shaxs
(rahbar yoki rahbar nomidan tabriklaydigan shaxs)ga beradi;
- tabrik so‘zi yakunlanganidan so‘ng, bosh hakam ishtirokchi
jamoalar nigohini davlat bayrog‘i joylashtirilgan tomonga qaratadi;
- davlat madhiyasi yangraydi, davlat bayrog‘i ko‘tariladi;
- davlat madhiyasi tugab, davlat bayrog‘i ko‘tarilganidan so‘ng bosh
hakam musobaqa ishtirokchilariga murojaat qilib, ularga sihat-
salomatlik, musobaqa o‘yinlarida mahorat va yuksak natijalar tilaydi;
- bosh hakam ishtirokchi jamoalarni musiqa sadosi ostida
maydondan olib chiqadi;
- musobaqaning ochilishi marosimidan so‘ng musobaqa jadvali
bo‘yicha birinchi o‘yinda ishtirok etadigan jamoalar maydonga tashrif
buyurishadi va musobaqa o‘yiniga hozirlik ko‘rishadi.
Musobaqada
ishtirok
etuvchi
barcha
jamoalar
o‘yinlari
yakunlanganidan so‘ng musobaqaning yopilish marosimi o‘tkaziladi.
Musobaqaning yopilish marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar
(ayrim hollarda barcha jamoalar) ishtirok etadi.
Musobaqaning yopilish marosimi ham maxsus ssenariy asosida
o‘tkaziladi. Ssenariyda belgilangan dastur yakunida davlat bayrog‘i
tushiriladi va musobaqa yopiq deb e’lon qilinadi.
Musobaqaning yakuniy natijalari va tashkiliy ishlarning saviyasi
bo‘yicha rasmiy hisobot tuziladi va ushbu hisobotning nusxalari har bir
227
jamoa vakillariga taqdim etiladi (ilovalarda mavzuga doir andozalar
berilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |