O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-variant. Ikkinchi qatordagi chetki o‘yinchi tomonidan to‘siqni



Download 3,65 Mb.
bet157/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

2-variant. Ikkinchi qatordagi chetki o‘yinchi tomonidan to‘siqni himoya (straxovka)lash. Ikkinchi qator o‘yinchilari tomonidan to‘siqni himoyalashning atigi ikkita klassik varianti bor. Ularning tafovutlari to‘siqni chetdagi yoki markaziy himoyachi himoyalashi bilan aniqlanadi. Himoyalanuvchi o‘yinchilarning joylashuvi standart holatda bo‘ladi, biroq maydonchaning ayrim muhum nuqtalarida turli zona o‘yinchilaridan tashkil topib, himoyadagi o‘yin tizimlarining farqlari aniqlandi.
Avvalo chekka himoyachining ikkitalik to‘siqni himoya (straxovka)lash variantini qarab chiqamiz. Himoyachi raqibning to‘r chetidan zarbasidan oldin, maydonchaga ancha ichkariga siljib, to‘siqni himoyalash uchun yon chiziq bo‘yicha chiqadi. Uning o‘rniga oltinchi zonadagi markaziy himoyachi keladi va hujumchi tomonidan yon chiziq bo‘ylab yo‘naltirilgan to‘pni qabul qilishni amalga oshiradi. O‘z navbatida, chekkada boshqa himoyachi oltinchi zonaga siljiydi va to‘siq ustidan oshirilgan yoki to‘siqchilar o‘rtasidan yo‘naltirilgan zarbani qabul qilish uchun javob beradi. To‘siq yonidan bo‘lgan egri zarbalarni oldingi chiziqdagi, to‘siqdan holi bo‘lgan o‘yinchi qaytaradi. Chekkadagi himoyachining himoyalash tizimida eng kamida ikkita afzallik bor:
To‘r chetida to‘siqdan holi bo‘lgan hujumchi himoyada o‘ynaydi yoki o‘yinga tayyorlanadi, ishning mohiyatiga ko‘ra, o‘z zonasida – chekka chiziq va hujum chizig‘i tarmog‘ida bo‘ladi. To‘siqdan himoya harakatlariga o‘tishda o‘yinchilarning zaruriy harakatlanishi shu tarzda minimallashtiriladi. Bunday dastlabki holatda o‘yinchi yakunlovchi hujumni tashkil etishi ancha oson bo‘ladi – bu yerda zarba uchun yugurishni boshlash ancha yengilroqdir.
Bog‘lovchi o‘yinchi orqa qatorga o‘tib qolgan vaziyatlarda, u odatda birinchi zona bilan almashtiriladi va ikkinchi bo‘lib to‘siqchilar himoyalanadi. Bu jamoaga ma’lum bir ustunliklarni beradi, chunki bog‘lovchi o‘yinchi himoyalashda, qoida tariqasida, boshqa mavqedagi voleybolchilarga qaraganda samaraliroq harakat qiladi. Boshqa tarafdan esa, himoyachilar tomonidan hujum zarbasi qabul qilingan holatlarda, bog‘lovchi o‘yinchi ikkinchi uzatishni bajarish uchun allaqachon chiqib kelgan bo‘ladi, bu ham foydalidir. Himoyadagi har qanday o‘yin tizimida bo‘lgani kabi, afzalliklardan tashqari unda ham zaif tomonlar – kamchliklar mavjud:
To‘r chetidan navbatma-navbat hujumlarda markaziy himoyachiga to‘pni qabul qilishga tayyorlanish uchun, dastlabki o‘rniga borguncha,
hujumchilar tomonidan yon chiziq bo‘ylab yo‘naltirilgan to‘pga yetib borguncha, 9 metr harakatlanishga tog‘ri keladi. To‘rga “urilganda”, yon chiziq bo‘ylab himoyalash (straxovka)ga chiquvchi o‘yinchiga uchinchi zonada to‘pni qabul qilishi qiyin bo‘ladi. Agar to‘pga birinchi tegishni bog‘lovchi o‘yinchi bajarsa, unda sifatli ikkinchi uzatishni bajarish uchun hech kim qolmaydi. Chunki qolgan o‘yinchilar hujum rejasida bo‘ladi.
Himoyalanuvchi jamoaning orqa qatorida faqat ikkita himoyachi qoladi (uchinchisi himoyalash). Ayrim vaziyatlarda to‘siqdan holi bo‘lgan o‘yinchi himoyada to‘laqonli o‘ynashga ulgurmay qoladi; bu holda maydonda himoyani faqat orqa qatordagi ikkita himoyachigina amalga oshiradi. Ikkitali to‘siqni himoyalashning ko‘rib chiqilgan har ikkala usuli ham “burchak bilan orqaga” deb nomlanuvchi himoyadagi o‘yin tizimiga kiradi. Himoya tizimining nomlanishi siniq chiziqdan iborat burchak cho‘qqisining yo‘nalishidan kelib chiqqan, ushbu burchak to‘rning orqasida, raqibning hujumi vaqtida orqa qatordagi uchta o‘yinchini birlashtiradi. Agarda burchak cho‘qqisi to‘rga qaragan bo‘lsa, unda bunday tizim “burchak bilan oldinga” deb ataladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish